1-tajriba ishi. O’zgarmas tok elektr zanjirlarida elektr energiya iste'molchilarini ketma-ket, parallel va aralash ulash. Bir nechta eyukli o’zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish


Download 277.9 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi277.9 Kb.
#1198676
  1   2   3   4
Bog'liq
1 tajriba ishi O’zgarmas tok elektr zanjirlarida elektr energiy


1-TAJRIBA ISHI.
O’zgarmas tok elektr zanjirlarida elektr energiya iste'molchilarini ketma-ket, parallel va aralash ulash. Bir nechta EYUKli o’zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish.

  1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad:

a) Oddiy elektr zanjirlarini yig`ishni o`rganish (ketma-ket, parallel va aralash ulanishlar);
b) Zanjirning istalgan qismidagi kuchlanishlar tushuvi va tokini o`lchash;
v) Zanjirning bir qismi uchun Om qonunini amalda tekshirish;
g) O`zgarmas tok zanjiri uchun Kirxgofning I va II qonunlarini amalda ko`rish;
d) Zanjirning to`la va alohida qismlaridagi quvvatni aniqlash;
e) quvvatlar balansini amalda tekshirish.

  1. Ishga tushintirish.

Elektr zanjiri deb-elektr energiya manbasida, elektr energiya iste'molchilaridan o`lchovchi simlardan tuzilgan zanjirga aytiladi. Elektr zanjiri tarkibida kommutatsion apparatlar va elektr o`lchov asboblari bO`lishi mumkin.


Oddiy elektr zanjiri I-rasmda tasvirlangan E.YU.K. manbasi YE, batareya B tarzida va elektr energiya iste'molchilari hisoblangan cho`g`lanma lampa L bilan ifodalangan. Bu zanjirdagi tok E.YU.K. YE ga to`g`ri proportsional bo`lib Om qonuni bilan ifodalanadi.
(1)
- zanjirning qarshiligi, tokning o`tishiga to`sqinlik qiladigan kattalik.
Kuchlanish va tokni o`lchash elektrotexnikada bevosita o`lchanayotgan kattalikni ko`rsatuvchi ishlash uslublari turlicha sistemaga taaluqli bo`lgan ampermetrlar va voltmetrlar yordamida amalga oshiriladi.
Kuchlanish o`lchovchi voltmetr manbaga yoki iste'molchiga parallel ulanadi va uning ichki qarshiligi o`lchanayotgan qism qarshiligidan bir necha barobar katta bo`lishi kerak. (2a-rasm). Tok kuchini o`lchovchi asbob ampermetr tok o`lchanayotgan qismga ketma-ket ulanadi va uning ichki qarshiligiga nisbatan bir necha barobar kichik bo`lishi kerak (nolga yaqin bo`lishi kerak).

Л

Б

U

R

I

Е





a) b)


1-rasm. Oddiy elektr zanjiri sxemasi.
A) Printsipial sxemasi. B) Elektr sxemasi


a) b)
2-rasm. Tok kuchini o`lchash va kuchlanishni o`lchash.


A) Kuchlanishni o`lchash. B) Tok kuchini o`lchash.
Tarmoqlangan elektr zanjirlarida (manbadan toklar har xil tarmoqlar orqali og`ishi mumkin) tugunga keluvchi toklar yig`indisi tugundan ketuvchi toklar yig`indisiga teng bo`lishi kerak. Bu Kirxgofning I-qonunidir. Agar tugunga kelayotgan toklarni musbat, tugundan ketayogan toklarni manfiy deb olsaq, u vaqtda bu qonun matematik ravishda quyidagicha ifodalanadi.
(2)
Kirxgofning II-qonuni bo`yicha ifodalanuvchi har qanday yopiq konturda konturda E.YU.K. bilan kuchlanish orasida bog`lanish bor: elektr zanjirining hqu qanday yopiq konturida kuchlanishlar tushuvining algebraik yig`indisi shu konturdagi energiya manbalarining (E.YU.K. larning) algebraik yig`indisiga teng:
(3)
Elektr energiya manbasining quvvati quyidagicha aniqlanadi.

(4)
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuniga asosan shu zanjir qismida iste'mol qilinayotgan quvvatni quyidagicha ifodalash mumkin.

(5)
bu yerda va mos holda zanjir qismining qarshiligi va o`tkazuvchanliklari.
qarshilikdan tok o`tganda undan issiqlik aIralib chiqadi (buni (5) ifodaga mos ravishda Ioul-Lents qonuni tasdiqlaydi).
Energiyaning saqlanish qonuniga asosan vaqt birligi ichida sxema qarshiliklarida aIralib chiqayotgan issiqlik miqdori, shu vaqt ichida elektr energiya manbalari berayotgan energiyaga teng bo`lishi kerak. Shunday qilib, sxema E.YU.K. manbalari berayotgan energiyaga asosan energetik balans tenglamasi quyidagicha bo`ladi.
(6)



  1. Download 277.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling