1-Tajriba ishi: Quyosh va shamol generatorlarining ishlash prinsipini o’rganish Ishning maqsadi
Download 1.01 Mb.
|
1-Tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning dasturi
№1-Tajriba ishi: Quyosh va shamol generatorlarining ishlash prinsipini o’rganish Ishning maqsadi: monokristalli quyosh batareyalarining tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish, volt-amper xarakteristikasini aniqlash. Ishning dasturi: 1. Monokristall quyosh batareyasining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. 2. Tajriba o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va volt-amper xarakteristikasini qurish. 3. Hisobot tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot. Quyosh Yerda hayot mavjud bo‘lishini ta’minlovchi asosiy energiya manbasi hisoblanadi. Quyosh nurlanishini xarakteristikasi uchun quyidagi asosiy kattaliklardan foydalaniladi: - Nurlanish oqimi–ixtiyoriy yuza orqali bir sekundda elektromagnit to‘lqinlari bilan uzatilgan energiyaga teng bo‘lgan kattalik. Nur oqimining o‘lchov birligi –J/s=Vt. - Nurlanish oqimi zichligi (energetik yoritilganlik) – nurlanish oqimini bir tekis nurlanayotgan yuzaning maydoniga nisbatiga teng bo‘lgan kattalik. Nurlanish oqimining zichligini o‘lchov birligi – Vt/m2. - Yorug‘lik oqimi. Yorug‘lik oqimini inson ko‘ziga ta’siri bo‘yicha baholanadigan nurlanish oqimiga yorug‘lik oqimi deb ataladi. Inson ko‘zi turli to‘lqin uzunliklari bilan keladigan yorug‘lik oqimiga turlicha sezgirlikka ega. Odatda kundalik yoritishda ko‘z 555 nm to‘lqin uzunligi bilan keladigan yorug‘likka eng ko‘p sezgir. Shuning uchun nurlanish oqimi quvvati bo‘yicha bir xil, ammo to‘lqin uzunliklari bo‘yicha turlicha bo‘lganligi sababli insonga turlicha yorug‘lik ta’sir etadi. Inson ko‘zini yorug‘lik oqimini qabul qilish nuqtai nazaridan yorug‘lik oqimini o‘lchov birligi lyumen (lm) qabul qilingan. 1 lm oq nurning yorug‘lik oqimi 4,6(103 Vt (yoki 1 Vt=217 lm). - Yoritilganlik – yuzaga tushayotgan yorug‘lik oqimini xuddi shu yuza maydoniga nisbatiga teng bo‘lgan kattalik. Yoritilganlik lyukslarda (lk) o‘lchanadi. 1 lk=1 lm/m2. Oq nur uchun 1 lk=4,6(10-3 Vt/m2 (yoki 1 Vt=217 lk). Yoritilganlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan asboblarga lyuksometrlar deb ataladi. Quyosh elektr energiyasi –quyosh nurlanish energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartirish bilan shug‘ullanadigan energetika yo‘nalishi hisoblanadi. Quyosh energiyasini o‘zgartirishning ikkita usuli mavjud: fototermik va fotoelektrik. Birinchisida issiqlik tashuvchi quyosh kollektorida yuqori haroratgacha qizdiriladi va undan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi turbogeneratorni aylantirishda va xonalarni issiq suv bilan ta’minlash hamda isitishda foydalaniladi. Ikkinchisida – yarim o‘tkazgich fotoelementlar – quyosh batareyalari yordamida quyosh nurlanish energiyasi elektr tokiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartiriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling