1. Talab miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va Giffen samarasi


Download 468.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi468.68 Kb.
#1011323
  1   2   3   4   5
Bog'liq
talab



 
1. Talab miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va Giffen samarasi.
2. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning shakllanishi.
 3. Zarar kormaslik nuqtasi. Umumiy foyda.
 
 
1. Talab miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va Giffen samarasi.  
Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning 
barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy 
vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi 
ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil 
iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan 
iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa 
va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi. 
Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib 
olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib 
qolaveradi. 
Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning tovar va 
xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati 
bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi. 
Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va 
ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi. 
Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va 
nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu yakka talab deyiladi. Bir 
qancha iste‘molchilarning 
tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari 
yig’indisi bozor talabi deyiladi. 


Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5 kg bo’ladi (bir 
oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, talab 10 kg 
chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va xaqozo bo’lishi mumkin. 
Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan 
teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. 
Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham 
ta‘sir qiladi: 
1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki 
olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir. 
2. Bozor iste‘molchilarning soni. 
3. Iste‘molchilarning daromadlari 
4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi 
5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. 
Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga 
harakat qilamiz: 
1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa, narxning 
tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi. 
2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni 
kamaysa talab qisqaradi. 
Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, 
undagi qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini 
mislsiz kamaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan 
talabning o’sishiga olib keladi. Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va 
maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi. 
3. Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda 
ancha murakkab. Daromad yuqori bo’lsa, iste‘molchilar yuqori sifatli tovarlarni 
xarid qiladilar va aksincha. Masalan, non, kartoshka o’rnida go’sht, asal va sut 
maxsulotlari xarid qilinadi. 


Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan 
tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori 
teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. 
Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori 
o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste‘molchi daromadi bilan u 
tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlik Engel qonuni deyiladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi 
bilan tovarlar ko’proq xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham 
pasayadi. 
Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchi ko’rinishda bo’lib, 
daromadlar oshib borishi bilan iste‘molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. 
Agar tovarning iste‘moli daromad darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri 
chizig’i tik holda bo’ladi. 

Download 468.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling