1. Ta’lim va tarbiya metodologiyasi. Ziddiyat. Qonun va qonuniyat
Download 33.71 Kb.
|
Ta’lim va tarbiya metodologiyasi. Ziddiyat. Qonun va qonuniyat. Dialektika qonunlari
Ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.
Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o‘rganish ularni tahlil qilish va mukammallashtirish ustida ish olib borilmokda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish masalasi ham doimo faol masala bo‘lib kelgan. Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib ko‘rsatmoqda: 1. Ta’limning ilmiy bo‘lishi; 2. Ta’lim va tarbiyaning birligi; 3. Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi; 4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishini ta’minlash; 5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish; 6. Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali va ko‘rgazmali bo‘lishi; 7. Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish; 8. Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish; 9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. Ta’lim tamoyillarini guruhlarga ajratish va ularga tavsif berish ishi butunlay yakunlangan deya olmaymiz. Chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek bu tamoyillar davr talablari va ehtiyojlaridan kelib chiquvchi ta’lim xususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari pedagogika va xususan didaktikaning fan sifatida mukammallashib borishi yangi bilimlarning xosil bo‘lishi ham ushbu tamoyillarni guruhlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda 7 ta, ba’zi adabiyotlarda 9 ta, ba’zi adabiyotlarda esa 10ta tamoyilni sanab o‘tilgan. Hozircha biz 9 ta tamoyil guruhini ajratishni lozim topdik. Asrlar mobaynida odamlar hayot jarayonlarini tushuntirishga harakat qilishdi va hayotni tushunishni muayyan naqshlarga kamaytirishdi. Falsafada bu harakatlar, ularning universalligi, sog‘lomligi va universalligi bilan ajralib turadigan dialektika qonunlarini shakllantirishga olib keldi. Download 33.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling