1. Ta’limni tashkil etish shakli deganda nimani tushunasiz?


Download 38.03 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi38.03 Kb.
#1016459
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу



Reja:
1. Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari.
2. Darsning turlari va tuzilishi.
3. Nostandart darslar.
4. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
5. O’qituvchining darsga tayyorlanishi.

1. Ta’limni tashkil etish shakli deganda nimani tushunasiz?
1. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha talabalarning faoliyati unga tasir etuvchi faktorlar (talimning maqsad va vazifalari; talabalar soni; alohida o‘quv muassasining o‘ziga xosligi; talabalarning o‘quv ishlari vaqti va joyi; darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligi) xarakteridan kelib chiqib turli shakllarda amalga oshiriladi. Didaktikada ta’lim tashkil etish shakllariga ta’rif berishda quyidagicha qoida qabul qilingan: “ talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish vaqtida o‘qituvchining faoliyati bilan o‘zaro bog‘langan o‘quv jarayonining eng muhim tarkibiy qismi (O.N.Maksimov)” “Aniq boshqaruvga oldindan belgilangan tartib va rejimlarga asoslangan talaba va o‘qituvchilarning birgalikdagi faoliyati” (I.A.Lerner) va boshqalar.Pedagogika va ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishning 3 asosiy tizimi o‘rin olgan: individual, sinf-dars, lektsiya-amaliy tizimi.Individual ta’lim tizimi ibtidoiy jamoa tuzumida bir odam boshqasiga, kattalar yoshlarga o‘z tajribasini o‘rgatishi asosida paydo bo‘lgan. Yozuv paydo bo‘lishi bilan o‘rgatuvchi ular bilan shug‘ullanib, o‘z fikrlarini belgilar vositasida ifodalagan. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi va ta’lim oluvchilar guruhining o‘sishi individal ta’limi tizimini individual guruhiy ta’lim tizimiga aylantirgan. Bunda o‘qituvchi 10-5 ta o‘qituvchini individual o‘qitgan. Dastlab o‘qituvchi materialni bittasiga bayon etgan. Unga mustaqil ishlash uchun topshiriqni bergan. So‘ng boshqasiga xuddi shunday davom etgan.
O‘rta asrlarda ta’lim oluvchilar sonining o‘sishi bilan bog‘liqlikda bir yoshdagi bolalarni guruhlarga taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu ta’limni tashkil etishning samaraliroq tizimini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu XVII asrda Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan sinf-dars tizimi bo‘ladi. Ya.A.Komenskiy o‘z zamonasining taraqqiyparvar maktablari tajribasini umumlashtirib, sinf-dars tizimini nazariy asoslab berdi. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:
1) talabalar yoshlari va tayyorgarlik darajalariga ko‘ra sinflarga guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar;
2) o‘quv predmetining mazmuni va bir qator bo‘lim va temalar esa bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval bo‘yicha keladilar;
3) darslar tanaffuslar bilan olib boriladi;
4). metodik jihatdan darslar 3 tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi kerak: boshlanishi (o‘qituvchi savollar yordamida avval o‘rganilganlarni talabalarning xotirasida tiklaydi va o‘tilganlarni qisqa bayon etadi), davomiyligi (o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi), tugashi (yakuniy talabalar eshitganlarini mustahkamlaydi va mashqlar bajaradilar).
Dastlabki universitetlar paydo bo‘lgan davrdayoq ta’limning lektsiya-amaliy tizimi yaratilgan. U yaratilgan davrdan hozirgacha amaliy o‘zgarishlarga uchramadi. Lektsiya-amaliy tizimida asosiy shakllar lektsiya va amaliylardir. Unga shuningdek, o‘quv jarayonini alohida zvenolarga bo‘lishi va har bir zvenoda o‘quv jarayonining ixtisoslashgan formalari (lektsiyalar, amaliylar, amaliy mashg‘ulotlar, kollokvium) ning bo‘lishi xarakterlidir. O‘qitishning bu tizimida turli o‘quv guruhlari-potoklar, guruhlar, kichik guruhchalar tashkil qilinadi. Bundan tashqari ayrim ta’lim oluvchilar individual plan bo‘yicha shug‘ullanishlari mumkin.
Lektsiya-amaliy tizimining o‘z kamchiliklari va afzalliklari bor. Uning kamchiligi o‘qituvchining talabalardan ma’lum darajada uzoqlashganidir. Shu bilan birga o‘qitishning chuqurligi, ilmiyligi, eng yaxshi texnik jihozlanganlik, tejamkorlik ta’minlanadi. O‘qitishning bu tizimi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlari uchun xarakterlidir.
Ta’limni tashkil etishning shakllari: asosiy, qo‘shimcha va yordamchi: frontal, individual, guruhiy. Zamonaviy didaktikada ta’limni tashkil etish turlari 3 ga bo‘linadi: frontal, guruhiy va individual. Frontal ta’limda o‘qituvchi butun sinfdagi o‘quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ular biror bir vazifa ustida ish olib boradi. Guruhli shaklda o‘qituvchi sinfdagi talabalarning guruhlardagi o‘quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ularni bo‘g‘inli, brigadali, kooperirovan (ko‘chma) va differentsialli guruhli shaklga bo‘lish mumkin. Individual ta’lim talabalar boshqa talabalar bilan bog‘liqlikda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshiradi. Ya’ni, butun sinf butun topshiriqni, har bir talaba alohida mustaqil bajaradi. 


Download 38.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling