1. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari


Download 20.45 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi20.45 Kb.
#1245311
1   2   3   4
Bog'liq
9.Taqrizning turlari va 10. taqrizning tuzilishi

Taqrizda muallifning mazkur mavzudagi uzoqni ko‘ra bilishi xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tanqidchining dunyoqarashi qanchalik keng bo‘lsa. ishonchli sharhlar, diqqatni tortadigan muallif fikrlari uchun isbot mazmunli tasvir ahamiyat chiqadi.
Asarni tahlil qilish jarayonida kitobning, asarning, filmning yoki spektaklning g‘oyaviy-tematik o‘ziga xosligidan yangilik topishni xarakat qiladi. Asar tasviridan yangilik topish–bu nafaqat tanqid ko‘lamini kengaytiradi. SHu bilan birga o‘quvchining diqqatini o‘ziga qaratadi, maqola yoritishda publitsst faktga asoslangan manbaga ko‘pincha alohida muammo sifatida qarab tahlil qiladi. Retsepsiyada esa yuqorida aytganimizday, publitsist materialni “ikkinchi qayta” ko‘rib chiqishdan o‘tkazadi.
Rus tanqidchilari tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko’tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunshaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko’taruvchi , kitobxonni hayot va adbiyot haqida o’ylashga o’rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko’ra xilma-xil bo’ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse xarakteridagi taqrizda taqrizchi o’z fikr-tuyg’ularini, asarni o’qish jarayonida hosil bo’lgan taasurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif o’z asariga ham taqriz yozishi mumkin(avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
O’zbek adabiyotida taqriz XX-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlanagan. Endilikda taqriz o’zbek tanqidshiligining eng muhim janrlaridan biri bo’lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G’afur Gulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharofiddin, V.Zohidov , I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo’sjonov, Ozod SHarafiddinov, U.Normatov, N.Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o’zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Taqrizning vazifasi u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o’rnini aniqlash , yutuq va kamchiliklarini ko’rsatish, fikrni isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo’lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarki tarzda o’z ifodasini topadi.
Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’iy nazar, yangi asar haqida o’quvchida ma’lum taassurot uyg’otsin, rost so’zlasin. Ba’zan shunday bo’ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo’lingizga olgan kitob sizni tortmaydi, yolg’on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatga berilgan baho asosiydir.

Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling