Amaliyot ishi №2 Mavzu: Siqiq havoning zaruriy miqdorini aniqlash, kompressorli stansiyani tanlash va hisoblash


Download 30.43 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi30.43 Kb.
#1226195
  1   2
Bog'liq
2-amaliy


Amaliyot ishi №2
Mavzu: Siqiq havoning zaruriy miqdorini aniqlash, kompressorli stansiyani tanlash va hisoblash.
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni qurilma pnevmomexanizmlari texnologiyasi va shaxta uchastkalari ta’minotining texnologik qismi, siqiq havoni hisoblash va kompressor qurilmasi bilan tanishtirish.
Pnevmatik energiya elektr energiyadan 6÷8 marta qimmat. SHuning uchun ham ko‘pgina foydalanish shaxtalari loyihalarida kompressor stansiyalari nazarda tutilmaydi. Biroq, qurilish jarayonida, ayniqsa, birinchi asosiy davrda (stvollarni kovlab o‘tishda), xavfsizlik sharoitlari va texnik sabablarga ko‘ra, katta miqdorda siqiq havo talab qilinadi. Ikkinchi asosiy davrda, odatdagidek, siqiq havo elektroenergiya bilan bir qatorda qo‘llaniladi (kapital va tayyorlash lahimlarida stvol oldi maydonlarini qurish). Bular hammasi unumli muvaqqat kompressor stansiyalarni yaratish zarurligiga olib keladi.
Siqiq havoning bir vaqtda sarflanishi (m3/min) shaxta qurilishining birinchi va ikkinchi davrlarida bir vaqtda ishlaydigan havo qabul qiluvchilarning maksimal miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bunda, - bitta havo qabul qiluvchi tomonidan siqiq havo sarflanishi, m3/min; p- bir turdagi havo qabul qiluvchilar soni; k0 — havo qabul qiluvchilarning smenada bir vaqtda ishlash koeffitsienti; kn— mexa­nizmlarning o‘rtacha eskirishini hisoblovchi koeffitsient; Uut — siqiq havo sizib chiqishi ( 1000 m havo simida 1,5 m3/min); L — havo simi uzunligi, km.
Ayrim iste’molchilarning siqiq havo sarflashi ularning texnik xarakteristikasi bo‘yicha belgilanadi.
k0 siqiq havo iste’molchilarining bir vaqtda ishlash koeffitsienti havo qabul qiluvchilarning soniga bog‘liq holda teng bo‘ladi: 5 tagacha havo qabul qiluvchilarda —1—0,95; 5÷10 uchun — 0,95÷0,85; 11÷30 — 0,85÷0,75; 30÷60 — 0,75÷0,65; 60 dan ortiqda — 0,65 dan ortmagan holda.
Pnevmoyuklovchilarning bir vaqtda ishlash koeffitsienti ularning yuklash darajasiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Ikkita pnevmoyuklovchi uchun 0,85 ga, uchta uchun — 0,87 ga, to‘rtta uchun — 0,9 ga teng bo‘ladi. Bir greyferli stvolli yuklash mashinalari uchun bir vaqtda ishlash koeffitsienti 1 ga teng deb qabul qilinadi.
Burg‘ulovchi va maydalovchi bolg‘alar uchun o‘rtacha eskirish koeffitsienti 1,15 ga ; boshqa mexanizmlar uchun — 1,1 ga teng deb qabul qilinadi.
Siqiq havoning bir vaqtda sarflanishi bo‘yicha ikkita ishlovchiga bitta zahirani hisobga olgan holda, uzatilishi bo‘yicha kompressorlar tanlanadi. 6VKM, 7VKM vintli va porshenli 2M10-50/8, 4M10-100/8 kompressorlari qo‘llaniladi.
So‘ngra kompressorlarni sovutish uchun zaruriy xarajat aniqlanadi va uni sovutish uchun jihoz tanlanadi. Suvning umumiy sarfi bo‘yicha nasoslar turi, ularni uzatish, suv bosimi va soni aniqlanadi. Nasoslar uchun elektrodvigatel tanlanadi. Keyin sig‘imli havo yig‘uvchining turi va soni aniqlanadi, havo yig‘uvchi tarmoq sxemasi tuziladi va u uchun quvur tanlash amalga oshiriladi. Hisoblash oxirida elektroenergiyaning yillik sarfi hisoblab chiqiladi.
Kompressorlarni sovutish uchun taxminiy sarf m3/s
bunda, b —sovutuvchi suvning solishtirma sarfi (porshenli •kompressorlar uchun b=5 l/m3 havoda).
Kompressorli stansiya nasoslar uzatishi sovutish uchun zarur bo‘lgan suv sarfi bo‘yicha, suv bosimi esa kompressorli stansiyalar va gradirnyalar, shuningdek, oxirgi balandlik o‘rtasidagi masofa bo‘yicha qabul qilinadi. Amaldagi nasoslar uchun u 0,36 dan 0,55 MPa. gacha o‘zgarib turadi. SHu maqsaddagi nasoslarning texnik xarakteri­stikasi 1.20 jadvalda berilgan.
Siqiq havoning uzatish notekisligini to‘g‘rilash va sarflash uchun, siqiq havodan suv bug‘larini va moyni tutib qolish uchun har bir kompressorli qurilma havo yig‘uvchi bilan jihozlanadi.

Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling