Hatto Yaratganga ham murojaat bir xil. Shundan ehtiyot boʻlish kerak emas mi?“ („OʻzA sayti“). T.larning tili maqola, xabar, reportaj kabilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Chunki ularda ham, T.da ham neytral til vositalarining qoʻllanilishi koʻproq koʻzga tashlanadi. Lekin farqli tomoni shundaki, T.da ifodalilikni oshiruvchi til vositalari juda kam qoʻllaniladi. Maqola, reportaj kabilarda ekspressivlikni ifodalash imkoniyatlari birmuncha kengroq, T.da esa iboralar, oʻxshatish, metaforalar, baʼzan soʻroq gaplar, ayrim grammatik shakllar ekspressivlikni ifodalashda maʼlum darajada rol oʻynaydi. Frazeologizmlar, xalq maqollari T.larda deyarli ishlatilmasligini ham qayd etish mumkin. Shu bilan birga, soʻnggi yillar mobaynida T.larning tilida taʼ sirchanlikni oshiruvchi vositalar avvalgiga qaraganda koʻproq uchrayotganini ham inkor etib boʻlmaydi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |