1. tarbiyaning umumiy metodlari reja
Tarbiya metodlari va ularni guruhlash
Download 39.75 Kb.
|
1. tarbiyaning umumiy metodlari reja
2.Tarbiya metodlari va ularni guruhlash.
Tarbiya metodlari - pedagogik tushuncha bo’lib, respublikamiz milliy tarbiya tizimida yangicha shakl va mazmun kasb etadi. U avtoritar, pedantik pedagogikadagi tarbiya metodlari bilan chiqisha olmaydi. Xalqning qadimdan foydalanib kelinayotgan milliy pedagogikasida ilgari surilgan, mahlum darajada nazariy jihatdan asoslangan tarbiya metodlari mavjudki, bular minglab yillar davomida oila, mahalla, jamoat joylarida unumli va o’ta ustalik bilan qo’llangan va o’zining yashovchanligi tufayli bugungi kungacha o’zining ta’sirchanligini yo’qotmagan. Tarbiya metodlari o’zining vazifasiga ko’ra mazkur davlat, tuzum ideologiyasi, g’oyasi va qarashlariga xizmat qiladi. SHuning uchun ham metodlar nazariyasi va amaliyoti o’z tizimini shaxs yashayotgan jamiyat talablari, ehtiyojlari va buyurtmasidan kelib chiqib belgilashi va amalga oshirishi zarur. Tarbiya metodlari muammosining murakkabligidan kelib chiqib, ilmiy asoslangan tasnif mavjudki, bu masala turli pedagogik adabiyotlarda turlicha munozaralarga sabab bo’lmoqda. O’rganilayotgan mavzu uchun ajratilgan vaqtning chegaralanganligi va oldimizda turgan maqsad yo’nalishining o’zgacha ekanligini hisobga olib, ushbu masala yuzasida keng tahlilga berilmadik. SHu jihatdan tarbiya metodlari jamiyat oldida turgan maqsadlardan kelib chiqishini hisobga olgan holda, pedagogik fanlarda mavjud bo’lgan tarbiya metodlariga oid ilmiy imkoniyatlar, ilmiy - uslubiy manbalardan foydalanish orqali ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilindi. Tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1.SHaxs ongini shakllantirish metodlari. 2.Faoliyat, muomala, ijtimoiy xulq tajribalarinitashkil etish metodlari. 3.Faoliyat va xulqni rag’batlantirish va motivlarnichuqurlashtirish metodlari. 4.Faoliyat va xulqni nazorat qilish, o’z-o’zini nazoratqilish, o’z-o’zini baholash metodlari. Ushbu metodlarni ajratishga shaxs faoliyatining yaxlit tizimi asos qilib olingan bo’lib, u faoliyat jarayonini anglab yetish, uni tashkil etish, faoliyatni rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil etishni o’z ichiga oladi. Pedagogik jarayonning rivojlanish dialektikasida tarbiya metodlari murakkab va ziddiyatli birlikda ishtirok etadi. Hal qiluvchi ahamiyatga bu o’rinda ayrim birlashgan vositalar mantiqi emas, balki ularning tizimini o’zaro uyg’un tarzda tashkil etish ega bo’ladi. Albatta, tarbiya jarayonining mahlum bosqichida bu metod alohida ajratilgan holda qo’llanilishi mumkin. Lekin boshqa metodlar yordamida, ular bilan bevosita bog’liq holda qo’llanilmasa, o’zining ahamiyatini yo’qotadi, ko’zlangan maqsad sari borish jarayonini sekinlashtiradi. Download 39.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling