Ma’ruza 4: Fikrlar mantiqi. Fikrlar mantiqining tatbiqlari.
Reja:
Fikr tushunchasi.
Fikrlar ustida mantiqiy amallar.
CHinlik jadvali.
Fikrlar algebrasining formulalari.
Fikr tushunchasi
Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday darak gap fikr bo‘lavermaydi.
Masalan, oliy o‘quv yurtining talabasi degan darak gap fikr emas, chunki talaba haqida hech narsa tasdiqlanmagan.
SHuningdek, agar uchburchakning barcha tomonlari bir-biriga teng bo‘lsa, bunday uchburchak teng tomonli deyiladi degan darak gap ham fikr bo‘la olmaydi, chunki u tasdiqlovchi bo‘lmay, balki, aniqlovchi gapdir.
Demak, fikr deganda, chinligi yoki yolg‘onligini bir qiymatli aniqlash mumkin bo‘lgan har qanday tasdiqlovchi darak gap tushinilar ekan.
Fikrlar bosh harflar, masalan,
bilan, ulardan tuzilgan to‘plam harfi bilan belgilanadi.
Matematik mantiqda fikrlarning ma’no yoki mazmuni bilan emas, balki ularning chin yoki yolg‘on ekanini aniqlash bilan shug‘ullaniladi.Har bir fikr faqat ikkita: chin yoki yolg‘on «qiymat»-larga ega bo‘ladi. qulaylik uchun chinni 1, yolg‘onni 0 «qiymat» lar bilan belgilaymiz.
Demak, fikrlar to‘plami da shunday
*
funksiya aniqlanib,
bo‘lar ekan. mantiqiy funksiya, ga esa mantiqiy qiymat deyiladi. (2-bet)
Odatda, fikrlar bir-birlari bilan turli usullarda bog‘lanib, yangi murakkab fikrlarni yuzaga keltiradi. Albatta, bunday fikrlarning murakkabligi ularning bog‘lanishlariga bog‘liq bo‘ladi. Quyida shunday bog‘lanishlarni (mantiqiy amallarni) qaramaymizki, bunda murakkab fikrning chinligi, unda qatnashgan fikrlarning chinligi orqali bir qiymatli aniqlanadigan bo‘lsin.
Endi fikrlar ustida bajariladigan mantiqiy amallarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |