1. Tarix fani o’qituvchisi Homidov Bahodirning “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusidagi darsini tahlil qilish va ommalashtirishga tavsiya etish
Download 16.45 Kb.
|
omalashtirish Bahodir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Homidov Bahodirning
- Homidov Bahodirning
- YIG’ILISH QAROR QILADI 1 “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusida
Yangiqo’rg’on tumani 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi metodika kengashining navbatdan tashqari yig’ilishining Bayonnomasi № Yig’ilish raisi : M.Jo’raboyeva Kotiba: F.Xasanova. KUN TARTIBI 1. Tarix fani o’qituvchisi Homidov Bahodirning “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusidagi darsini tahlil qilish va ommalashtirishga tavsiya etish ESHITILDI: Masala yuzasidan ijtimoiy fanlar metodika birlashma a’zosi U.Dadamirzayev so’zga chiqib, maktabning tarix fani o’qituvchisi Homidov Bahodirning 6-“A” sinfda “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusidagi darsini tahlili haqida gapirib o’tdi. Homidov Bahodirning “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusidagi dars ishlanmasini ommalashtirish mumkinligi aytib quyidagilarni ta’kidlab o’tdi. Darsning borishi: 1. Salomlashuv va davomat aniqlash; 2. Baholash va o’quvchilarni rag’batlantirish noana’naviy usulda amalga oshirildi; 3. Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanildi; 4. Yangi mavzuni noan’anaviy usulda bayon etildi, muammoli vaziyat yuzaga keltirildi; 5. Ko’rgazma va tarqatma materiallardan foydalanildi; 6. Rolli, o’yinli texnologiyalardan foydalanildi 7. Yangi mavzuni ingliz tili, rus tili, geografiya, tasviriy san’at fanlariga bog’lab o’tildi; 8. Darsda ko’rgazmalardan, texnika vositalaridan foydalanildi; 9. Yangi mavzu takrorlash va amaliy mashg’ulot usulida mustahkamlandi; 10. Darsda o’yinli texnologiyadan foydalanildi; 11. Darsda maqsadga erishildi. Masala yuzasidan maktab oquv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A. Ergashev so’zlab, darsni yaxshi tashkil etilganligini, o’qituvchining ko’rgazmali dars, kompyuterdan o’rnida foydalanilganligi unga ma’qul bo’lganligini aytdi. Masala yuzasidan maktab boshlang’ich sinflar bo’yicha o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M . Haydarova so’zga chiqib, Homidov Bahodirning o’z bilimi, tajribasi va mahorati bilan yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning 6- “A” -sinfdagi “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusidagi darsi DTS talablari asosida tashkil etildi. Darsga qo’yilgan maqsadga erishildi. Darsda o’quvchilar faol ishtirok etishdi. Dars mobaynida kompyuter texnologiyalaridan, tarqatma materiallardan, ko’rgazmalardan, o’yinli texnologiyalardan, test savollaridan keng foydalanildi. Darsni ommalashtirishga tavsiya etdi Yuqorida keltirilgan o’qituvchilar fikri asosida YIG’ILISH QAROR QILADI 1 “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusida tarix fanidan 6-“A” sinfdagi o’tkazilgan dars «NAMUNALI» deb topilsin; 2.Og’zaki nutq malakalariga ko’proq e’tibor berilsin; 3. Homidov Bahodirning 6- “A” sinfdagi “ Buxoro amirligi shaharlari. Ichki va tashqi savdo ” mavzusidagi dars ishlanmasi tuman miqyosida ommalashtirish uchun tuman xalq ta’limi bo’limi metodik kengashidan so’ralsin; Yig’ilish raisi maktab direktori: M.Jo’raboyeva Kotiba: F.Xasanova. Download 16.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling