1. Tarixi Amir Haydar asari A. Jyenkinson elchiligi


Download 45.75 Kb.
bet2/4
Sana12.10.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1700865
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

2.A.Jyenkinson elchiligi. Moskva davlati mulklarida joylashgan Volga
yo’lidan O’rta Osiyo va Eron orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borish
maqsadida foydalanish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Bunda 1555 yilda paydo
bo’lib XVI – XVII asrlarda ingliz-rus aloqalari muhim hissa qo’shgan «Moskva
kompaniyasi» katta rol o’ynaydi. Bu kompaniya yordamida inglizlar Rossiya
orqali Sharqiy O’rta Osiyo va Eronga yo’l ochishga mayassar bo’ldilar, bu yerda
1558 yilda 7 ta ingliz sayyohatchilari tashrif buyurib, ular orasida Xiva va
Buxoroga borgan Antonii Jyenkinson ham bor edi. A.Jyenkinson to’g’risida juda
biografik ma’lumotlar kam. A.Jyenkinson va uning hamrohlari (Richard va
Robyert Jonsonlar hamda tarjimon tatar Aziz) sayyohatni 21 oy (1558 y.
apryelidan 1559 y. 2 syentyabrgacha ) davom etdi.
A.Jyenkinson «Rossiyadagi Moskva shahridan Baktriyadagi Buxoro
shahrigacha 1558 yildagi sayyohati» bayonini qoldirgan. A.Jyenkinson o’zining
O’rta Osiyoga bo’lganligidan Xitoyga olib boriladigan yo’llar to’g’risida
ma’lumotlar to’plash maqsadida foydalangan. U Buxoro va butun O’rta Osiyo
bilan savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirib ko’rsatmagan. A.Jyenkinsonning
Saroychik, Xorazm shaharlari – Vazir va Urgyench to’g’risidagi ma’lumotlari
18qimmatlidir, ular A.Jyenkinson bu shaharlarda bo’lgan Vazir Xorazmning markazi
bo’lib, Urgyench inqirozi yuz tutganligini tasdiqlaydi.
A.Jyenkinson va uning hamrohlari Buxoroda uch oy bo’ldilar. U shahar uning
ijtimoiy va iqtisodiy turmushi, xon hamda uning hokimiyati to’g’risida juda
qiziqarli ma’lumotlar qoldirdi. Jyenkinson Buxoroning xalqaro savdodagi roli va
o’rnini byelgilashga katta ahamiyat byeradi.
Qo’lida rus podshosining shahodatnomalari bo’lgan A.Jyenkinsonni
Abdullaxon qabul qiladi. Buxoro xoni Rossiyadagina emas, balki Turkiya,
Angliyadagi ahvol, shuningdyek Yevropa armiyalari qurollari bilan ham qiziqadi.
A.Jyenkinson, Ridard Jonson bilan birga Buxorodan Xitoygacha boradigan
yo’llar to’g’risida ma’lumotlar to’pladi, Astraxandan Xitoygacha bo’lgan yo’lni
aniqladi. Bu elchilikning natijalari Rossiya uchun ham O’rta Osiyo uchun ham
katta ahamiyat kasb etib, natijada Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida
faol diplomatik savdo aloqalari boshlanib kyetgan edi.

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling