1. Tarixi Amir Haydar asari A. Jyenkinson elchiligi
Download 45.75 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ivan Xoxlov elchiligi
3.I.Maqsudov missiyasi. XVIII asrning ikkinchi yarmi Rossiya Buxoro savdo
va diplomatik aloqalari tarixida Rossiya elchiligining 1774-1776 yillarda Rossiyaga borishlik katta qiziqish uyg’otdi. Shu bilan birga bu elchilik siyosiy ahamiyati ham bor edi. I.Maqsudov rus hukumatiga qilgan takliflariga ko’ra, Rossiya bilan Buxoro o’rtasidagi savdo aloqalari yanada rivojlantirish uchun qozoq juzlarida Rossiya mavqyeini mustahkamlash zarur edi. Impyerator kyengashi majlisida ko’rib chiqilgan bu taklif Rossiya diqqatini jalb etdi. Rus hukumati I.Maqsudov elchiligida katta e’tibor byerar edi. 1779-1780 yillarda I.Maqsudov Rossiyaga ikkinchi elchilik boshlig’i bo’lib bordi. 1797 yilda esa Rossiyaga Shomurodning elchisi Polvonqul qurchi tashrif buyurdi. Ivan Xoxlov elchiligi. 1620-1622 yillarda rus podshosi Mixail Fyodorovich Ruslano Buxoroga boyon Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilik yuboradi. U 1620 yildan boshlab diplomatik xaraktyerdagi turli xil topshiriqlarni bajarib kyelardi. Ivan Xoxlov Eron elchisi Pirqulibyekka nazoratchilardan biri etib tayinlanib, uni Saratovga kuzatib qo’ygandi. Usha vaqtda Ivan Xoxlov akasi Vasiliy bilan birga «o’z vatani bo’lmish Qozonda davlat xizmatidagi stryelyec boshliqlar hisoblanardilar». Ivan Xoxlov n Buxoro xoni Imomqulixonga elchi etib tayinlangan… 1620 yildayoq tilga olingan. Ivan Xoxlov elchi sifatida Buxoro elchisi bilan birga Imomqulixon huzuriga yuboriladi. U Rossiya bilan savdo va elchilik aloqalarini mustahkamlash, rus asirlarini ozod qilish to’g’risida xon bilan olib boriladigan muzokaralar muvaffaqiyatini ta’minlash, shuningdyek Buxoroning tashqi siyosati ahvoli to’g’risida ma’lumotlar to’plashi kyerak edi. U xonni Rossiyaning kuch-qudrati va ulug’vorligiga ishontirib, u bilan savdo hamda siyosiy aloqalarni mustahkamlashga ko’ndirishi lozim edi. Elchiga, xususan buxoroliklarga turli narsalar bilan savdo qilishga ijozat byerish hamda ularni «siquvlar va ranjitishlaridan» himoya qilish to’g’risida Qozon va Astraxan askarboshilariga, shuningdyek boshqa shaharlar 19askarboshilariga podsho farmoyishi bilan byeriladigan xonni xabardor qilish qiziqtirar edi. Ivan Xoxlovning elchiligi 1620 yil 21 iyulda Buxoro va Xiva elchilari Odambiy va Rahimqul bilan birga Qozondan jo’nab kyetadi. Elchilik tarkibida tarjimonlar Ivan Tirkov va Syemyeyki Gyerasimovlar bor edi. Elchilik bosib o’tgan yo’l Astraxan Kaspiy dyengizi – Tupkaragan pristani – Xayrobod-Buxoro orqali tushgan edi. Xoxlov va uning hamrohlari yo’lga kyetgan vaqtini hisoblaganda 30 oyga (1620 yil 21 iyuldan 1622 yil 12 dyekabrga) qadar bo’lgan edilar. Ivan Xoxlov hisobidan ma’lum bo’lashicha elchilik o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishgan edi. Elchilik qaytib kyetayotganida Xivada unga Imomqulixonning elchisi Odambiy boy sovg’alar bilan yetib oladi. Elchilik Moskva podshosi uchun «ikki arg’umoq, chodir uy, pichoq, toshlar bilan byezatilgan qinlar, oltita baxmal, to’qqizta ipak, tuya» byeriladi. Imomqulixon unga yo’l xarajatlari uchun 400 tanga, o’zi uchun boy sovg’alar – egar va yuganlik arg’umoq, tilla ip bilan tikilgan shohi byelbog’ byergan edi. U o’z saroyidagi 23 nafar rusni ozod etgan edi. Elchilikning moddama-modda ro’yxati va boshqa hujjatlarda ikkala O’rta Osiyo xonligi – Xiva va Buxoro xonliklarining XVII asr birinchi choragidagi ichki va xalqaro ahvoli to’g’risida eng qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Download 45.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling