1. Tarmoq topologiyalari: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa


Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari


Download 360.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana08.03.2023
Hajmi360.69 Kb.
#1254334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shaybonov M (KT-12-DI) (M3)

Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari 
Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish – bu texnologiyalarni tanlash, ishchi 
stansiyalar sonini, ularning o’zaro joylashuvini aniqlash bo’lib, faoliyat turiga qarab 
foydalanuvchilarning ishchi guruhlari aniqlanadi. Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) 
cheklangan hududda ishlaydi, uni yaratishda odatda maxsus o’rama juft yoki 
koaksial kabellardan foydalaniladi. Ayrim hollarda uzoq masofalarda aloqani 
ta’minlashda yoki himoya bo’yicha yuqori talab qo’yilganda optik tolali kabellar 
ko’llaniladi. Lokal tarmoqlar uchun kabel bir vaqtda ko’plab abonentlar 
foydalanuvchi monokanal rolini bajaradi. 
Belgilangan maqsadi, atxitekturasi, ma’lumot almashinuvini tashkil qilish va 
abonentlarni o’zaro aloqa qilish qoidasi bo’yicha lokal tarmoqlarning har xil 
turlarini belgilash mumkin. LHT barcha turlari axborot tizimlari hisoblanib, axborot 
resurslari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ko’p hollarda LHT katta 
tarmoqning bir qismi bo’lib, bo’lim, departament, laboratoriya, markaz, ofis yoki 
ishlab chiqarish sohalariga bog’liq bo’lgan hududiy harakterdagi ma’lumotlarga 
ishlov berish vazifasini bajaradi. Bo’limlarning faoliyat turi servislar va xizmat 
sifatini o’z ichiga oluvchi lokal tarmoqlarning arxitekturasiga ta’sir ko’rsatadi. 
Funksional vazifasiga ko’ra lokal tarmoqlar quyidagi turlarga bo’linadi: 
- ish hujjat almashinuvi, normativ-ma’lumotnoma, kutubxona va axborot 
arxivi bo’yicha foydalanuvchilarning axborot xizmatini bajaruvchi tarmoq; 
- asosiy vazifasi ilmiy-texnik hisoblashlarni bajaruvchi va tadqiqot 
loyihalarini avtomatlashtirish bo’lgan lokal tarmoq; 
- qaror qabul qilish tizimlari, ekspert tizimlari, masofaviy o’qitish, dizayn va 
loyihalash tarmoqlari; 
- mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va marketing bo’yicha 
korxona faoliyatini boshqaruvchi lokal tarmoq. 
O’tkazuvchanlik xususiyati bo’yicha LHT quyidagi darajalarga bo’linadi: 
- ingichka koaksial kabel yoki o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi
o’tkazuvchanlik xususiyati past (ma’lumot uzatish tezligi 10 Mbit/s atrofida) 
bo’lgan LHT; 


- yo’g’on koaksial kabel yoki ekranlangan o’rama juft kabellaridan 
foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati o’rtacha (ma’lumot uzatish tezligi 100 
Mbit/s gacha) bo’lgan LHT; 
- optik tolali aloqa kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati 
yuqori (ma’lumot uzatish tezligi 1000 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT. 
Lokal 
tarmoqning 
dastlabki 
texnologiyalarida 
fizik 
pog’onada 
kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan 
foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI, 
Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning 
o’rtalariga kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori 
ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini 
paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi. 
Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat 
Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan 
algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda 
aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet 
texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi. 

Download 360.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling