1. Tasavvuf, sufiylik haqida
Download 0.62 Mb.
|
Pedagogika mustaqil ish (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Tasavvuf ilmining paydo bo’lishi Reja: 1. Tasavvuf, sufiylik haqida 2. Tasavvuf qachon va qayerda, qanday sharoitda paydo boldi.
Buxoro davlat pedagogika instituti 2-oliy(sirtqi) ta’lim bo’limining Matematika va informatika yo’nalishi 1MI-22IM guruh talabasi G’oyibova Nargizaning Pedagogika fanidan “Tasavvuf ilmining paydo bo’lishi ” mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Tasavvuf ilmining paydo bo’lishi Reja: 1. Tasavvuf, sufiylik haqida 2. Tasavvuf qachon va qayerda, qanday sharoitda paydo bo'ldi. 3. Tasavvuf oziqlangan manbalar haqida ma'lumot. Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan, Maʼruf al Karxiy (815 y) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y) "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd al Bagʻdodiy (909 y) "tasavvuf — qalbni sof tutmoq, tugʻma zaiflik va noxush axloqlardan forigʻ boʻlib, hayvoniy va nafsoniy tuygʻular ustidan gʻalaba qilmoq", deb taʼrif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy boʻlsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. Soʻfi Olloyor bu taʼrifni quvvatlab "Shariatsiz kishi uchib havogʻa, Koʻngil berma aningdek xudnamogʻa" deb yozadi. Misrlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda tasavvufning paydo boʻlishi" kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta taʼrifini keltiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan holda zuxd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni oʻzida mujassam etib, nafsni poklash yoʻli bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat tasavvufning oʻziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida koʻpgina olimlar tasavvufga doir soʻzlar izohiga bagʻishlangan lugʻat va qomuslarni yozib qoldirganlar. Ulardan ayrimlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan eʼtirof etilsada, baʼzan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlari va karomatlarini inkor etish koʻzga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406—1480)ning "Tasavvuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya taxlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Aziz avliyolarning maqbara va mozorlarini ziyorat qilish shirk deb sanalgan. Vaholanki, ularning bu daʼvolari sharʼan asossizdir. Islom huquqshunosligida, yaʼni sharʼiy koʻrsatmalarni amalga tatbiq etishda 4 ta fiqxiy mazhab boʻlganidek, Tasavvufda ham bir necha tariqatlar shakllangan. Mashhurlari — tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviylik, malomatiylar, rifoiya, kubroviylik, suhravardiylik, chishtiya, akbariya, shoziliya, bektoshiya, mavlaviya, naqshbandiya, sanusiya tariqatlaridir. 1.Rifo‘iya tariqati. Bu tariqat o‘z asoschisi Ahmad ibn Ahmad Rifo‘iy rahmatullohi alayhning nomi bilan atalgan. U kishi Iroqda Basra bilan Vosit orasidagi Ummu Ubayda qishlog‘ida hijriy 512 sanada tavallud topgan. Yoshligida otasidan erta yetim qolib, tog‘asining tarbiyasini olgan. Avval Shofe’iy mazhabi bo‘yicha fiqhni o‘rgangan. Tog`asidan tassavvuf bo‘yicha ta’lim olib, keyinchalik uning o‘rniga tariqat shayxi bo‘lib yetishgan. Ahmad ibn Ahmad Rifo‘iy rahmatullohi alayhi hijriy 578 sanada vafot etgan. 2.Shoziliya tariqati. Bu tariqat Abul Hasan Shoziliy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgan. U kishi hijriy 593 sanada tug‘ilib, hijriy 656 sanada vafot topgan. Abul Hasan Shoziliy rahmatullohi alayhi olim, obid, zohid va va mashxur so‘fiylardan bo‘lgan. U kishi Tunis, Misr, Iroq va Makka shaharlariga ko‘p marotaba safar qilgan. Qohiraning Komiliya madrasasida qozi Iyozning “Shifo” kitobini, “Risolai Kushayriya”, “AlMuxarrar al vajiyz”ni talabalarga o‘qitgan. U kishi uzlatni va maxrumlik hayotini o‘ziga loyiq ko‘rmagan. Odamlarga aralashib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lib yashagan. 3.Qodiriya tariqati. Bu tariqat o‘z muassisi Abu Muhammad Muxyiddin Abdul Qodir Jiyloniy rahmatullohi alayhining nomi bilan atalgan. Abdul Qodir Jiylony rahmatullohi alayhi hijriy 470 sanada Bag`dodda tavallud topib, hijriy 562 sanada o‘sha yerda vafot etgan. U kishi mashhur faqih bo‘lib, ham shofe’iy, ham hanbaliy mazhabi bilan fatvo berar edi. 4.Mavlaviya tariqati. Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgan bu tariqat Onado‘lida keng tarqalgan edi. Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayhi hijriy 604 sanada tavallud topgan. U kishining nasabi ota tomondan Abu Bakr Siddiqqa, ona tarafdan Movarounnahrda hukm surgan Xorazmshohlar sulolasiga borib taqaladi. U kishi juda ko‘p safarlardan keyin Sulton Alouddin Saljuqiyning poytaxti Ko‘niya shahrida uzoq vaqt yashab, o‘sha yerda vafot etib dafn qilingan[4]. 5.Yassaviya tariqati. Bu tariqat ulug` mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhining nomi bilan atalgan. U kishi hijriy 562 sanada vafot etgan. Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhi shayx Yusuf Hamadoniyning xalifalaridan bo‘lgan. U kishi Buxoroda tahsil olgan. Yassaviylik tariqati silsila jihatidan naqshbandlikka aloqadordir. Bu tariqatda zikr jahriy bo‘ladi. 6.Naqshbandiya tariqati. Manbalar asosida Bahouddinning tavalludi hijriy 718 yili muharram oyida va rihlati hijriy 791 yili robi’ul avval. oyining 3 sanasi, dushanba kechasi ekanligi ko‘rsatilgan. Bahouddinga tarbiya bergan ustozlar shartli ravishda ikkiga ajratilgan:[5] 1. Bevosita muloqotda bo‘lib tarbiya bergan ustozlar. 2. Bevosita uchrashmasdan, ruhlari orqali tarbiya bergan uvaysiy ustozlar. Birinchi guruhga Xoja Muhammad Boboi Samosiy, Xalil Og‘a, Amir Kulol, Orif Digtaroniy, Qusam Shayx va hadisshunoslikni o‘rgatgan ustozlari kiritiladi. «Rashohot»da Bahouddin Amir Kuloldan so‘ng Orif Digtaroniy va Qusam Shayxdan va «keyinchalik esa Xalil Otadan tarbiya olgan», deyilgani voqealar mantiqiga mos kelmaydi. Chunki «Maqomot»da Naqshbandning o‘zi keltirgan naqli bu voqeaning boshqa tarzda bo‘lganligini ko‘rsatadi: Mustaqillik yillari mamlakatimizda tasavvuf tariqatlarini oʻrganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqlii mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va taʼmirlashga ahamiyat berilmoqda. Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur va boshqa koʻplab tasavvuf tariqatlariga mansub piri komillarning xayot va ijodlarini chuqur oʻrganilayapti. Tasavvuf qachon va qayerda, qanday sharoitda paydo bo'ldi. Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad a.s. vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar Tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. 2. Zohidlik va oriflik davri haqida so'zlang. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan.Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdaba bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar . Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarida zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mulalliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Falsafiy mushohadakorlik, ajzu-irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomat-mo’jizalar ko’rsatish zohidlarda yo’q edi. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Shu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan edi. Ularning fe’l-atvori, yurish-turishi, odatdan tashqari so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan “so’fiy” nomi ko’proq qo’llanilgan, chunki so’fiy so’zining ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi. 3. Tasavvuf oziqlangan manbalar haqida ma'lumot bering. Musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma’naviy hayotiga chuqur kirib borgan tasavvuf ta’limoti fan, madaniyat va adabiyot rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XI asrdan boshlab, Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik g’oyalaridan ruhlanganlar. Shuni nazarda tutib, atoqli olim Y.E.Bertels qayd etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini o’rganmasdan turib, o’rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo’lmasdan Sharqning o’zini ham anglash qiyin» . Arablar yurtida paydo bo’lib, X–XI asrlarda gurkirab rivojlanayotgan Hallojiya, Junaydiya, Suhravardiya, Uvaysiya, Qodiriya tariqatlari ta’siri ostida Markaziy Osiyoda ham XI–XII asrlarga kelib Yassaviya, Kubraviya, Xojagon tariqatlari paydo bo’ldi va zo’r shiddat bilan rivojlandi. Garchi tasavvuf maktablarining tashkil topishi dastlab Kufa, Bag’dod, Basra, Misr kabi islom dini keng tarqalgan hududlar bilan bog’liq bo’lsa-da, lekin keyinchalik Markaziy Osiyoda butun islom olami miqyosida umum e’tirof etilgan Yassaviya, Xojagon-Naqshbandiya va Kubraviya kabi nufuzli mustaqil tariqatlar vujudga keldi. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. – B 4. 2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. – B 5. 3. A. Sh. Juzjoniy. Tasavvuf va inson. Toshkent. 2001. – B. 9. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. – B 7. 5. Buxoriy Sadriddin Salim. Bahouddin Naqshband yoki yetti pir. Buxoro. 2006. – B. 14. 6. Voxidov R., Maxmudov M, Azimov Yu. Ulug‘ Xojaning ibrat va hikmatlari. Pedagogik mahorat, 2005. 1-son. –B. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling