Mavzuga oid savollar


Download 13.13 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi13.13 Kb.
#265422
Bog'liq
tasavvuf savol17


Mavzuga oid savollar:

1. Нақшбандияда нафс тарбияси, фақр тушунчаси ва қаноатга муносабат.

2. Абдураҳмон Жомий ва нақшбандия тариқати.

3. Нақшбандияда комил инсон маънавияти.

4. Нақшбандия ва илм-ҳунар аҳли.

5. Илоҳий ишқнинг мазмуни нақшбандия тариқатида қандай англанган?

6. Глобаллашув шароитида нақшбандия тариқати.

7.“Ваҳдат ал-вужуд” таълимоти ва нақшбандия.

Naqshbandiya tariqati. Osiyo va Onado‘li zaminida eng keng tarqalgan tariqatlardan biri naqshbandiyadir. Asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389) bo‘lib, Buxoro yaqinidagi Qasri orifon qishlorida dunyoga kelgan, Bahouddin Naqshbandni yoshligida Xojagon tariqati shayxlaridan Muhammad Bobo Samosiy ma’naviy farzandlikka qabul qiladi. Bir muddat keyin Samosiy uning tarbiyasini Amir Kulolga topshiradi. Shu bilan birga Bahouddin Naqshbandning haqiqiy shayxi — «uvaysiylik» yo‘li orqali tarbiyalagan Abduholiq G‘ijduvoniy (1220 vafoti) hisoblanadi. Bir muddat Samarqandda yashab, u erdagi shayxlarniig suhbatlari va tavajjuhlariga musharraf bo‘ladi. Amir Kuloldan xalifalikni olgach, Qusam shayx, Xalil ota va Mavlono Orif kabi yassaviy shayxlarining huzurida ko‘p yillar qolib, ulardan ilmu fazl olishga muyassar bo‘ladi. Ikki marotaba hajga borib kelgan Bahouddin Naqshband hayotining oxirgi yillarini Buxoroda o‘tkazdi. Islom olamiga juda katta obro‘‑e’tiborga ega bo‘lgan Naqshbandning hayoti manoqiblarga ega bo‘lib, bugungacha uning ko‘p qirrali faoliyatini ifodalovchi juda ko‘plab asarlar bitilgan. Shulardan, Mavlono Ali Safiyning «Rashahot ul aynul-hayot» risolasidir. Mazkur asarda naqshbandiya.tariqati shayxlari haqida keng ma’lumot beriladi. Naqshbandiyaning silsilasi ikki boshqa-boshqa shaxobchalar orqali hazrati Ali va Abu Bakrga borib etadi. Mashoyix silsilasiga qaraganda, bu tariqatning boshqa ba’zi tariqatlar bilan algaqador ekanligi va shunga ko‘ra o‘sha davrda farqli nomlar bilan atalgani ma’lum bo‘ladi. Chunonchi, hazrati Abu Bakrdan Boyazid Bistomiyga qadar siddiqiya, Bistomiydan Abduholiq G‘ijduvoniyga qadar tayfuriya, G‘ijduvoniydan Bahouddin Naqshbaqdga qadar xojagoniya, Naqshbanddan Xoja Ubaydulloh Ahrorga qadar naqshbandiya, Xoja Ubaydulloh Axrordan Imom Rabboniyga qadar naqshbandiya-ahroriya, Imom Rabboniydan Shamsiddin Mazharga qadar naqshbandiyai-mujaddidiya, Shamsiddin Mazhardan mavlono Xolidi Bag‘dodiyga qadar naqshbandiya-mazhariya, Xolidi Bag‘dodiydan keyin esa naqshbandiya-xolidiya, deya tilga olingan. Bu tariqatning silsilasidan bo‘lgan Abduholiq G‘ijduvoiiy bilan Ahmad Yassaviyning shayxlari Yusuf Hamadoniydir .

Naqshbavdiylik asosan Abduholiq G‘ijduniydan keyin Osiyo zaminida juda tez va keng tarqaldi. Hatto yassaviya tariqatidan ham kuchliroq nufuzga ega bo‘la boshladi. Imom Rabboniy davrida Hindiston va uning atrofida keng yoyildi. Fotih Sulton Muhammadxon davrida Xoja Ubaydudloh Ahrorning xalifasi Mulla Ilohiy vositasida Istambulga ham etib bordi. XVIII asrda Mavlono Holid Bag‘dodiyning g‘ayrati bilan usmonli turk davlatida keng tarqalib, eng faol e’tiqodiy harakatta aylandi. Hatto usmonli podsholaridan Sulton Vahdiddinning ham holidiya tariqatiga mansub bo‘lganligi rivoyat qilinadi. Istambulning o‘zidayoq oltmish beshta naqshbandiya dargohlarining mavjudligi bu tariqatning Istambul va Onado‘li zaminida qay darajada keng tarqalganini ko‘rsatmoqda. XIX asrda naqshbandiyaning Onado‘lida yana ham keng tarqalishiga mashhur olim va mutasavvif Ahmad Ziyovuddin Kumushxonaviy (1893 yil vafoti) ulkan hissa qo‘shadi.

Naqshbandiya ahli sunnat e’tiqodiga amal qiluvchi tariqat bo‘lib, xufiy zikriga asoslangan. Zohiran ko‘zga tashlanadigan xatti‑harakatlardan yiroq, suhbat va robitaga kuchli e’tibor beriladi. Ko‘pchilik bilan qilinadigan naqshbandiya zikriga «Xatmi xojagon» deyiladi. Bu zikrga tariqatga kirmaganlarning qatnashishlari ta’qiqlanadi. Naqshbandiyada tariqatga kirgan darvesh ushbu shartlarga amal qilishi shart: tavba qilish, payg‘ambarimiz sunnatlariga qatiy amal qilmoq, shariatga zid bid’atlardan qochish, diniy masalalarda qulayliklardan voz kechib, qiyinga, ya’ni taqvoni kuchaytirishga amal qilish, zulm va nohaqlik qilmaslik, qarzini to‘lash, rozilik so‘rash, qazo namozlarini o‘qish, Allohni har lahza zikr qilish.

Naqshbandiya tariqati quyidagi to‘rt tamal asos ustiga qurilgan: 1. SHariat bilan zohirni poklash. 2. Tariqat bilan botinni poklash. 3. Haqiqat bilan qurbi ilohiyga erishmoq. 4. Ma’rifat ila Allohga erishmoq..

Bundan tashqari yana o‘n bir asos tamoyil ham borki, naqshbandiya tariqatiga kirgan har bir darvish bu jihatlarga rioya qilishi talab qilinadi. Abdulholiq G‘ijduvoniy ishlab chiqqan deya rivoyat qilingan bu asoslar quyidagilardir:

1.Hush dar dam: "hush" - aql, "dam" esa nafas degani. Hush dar dam - nafas olib chiqarishda hushyor bo‘lish, g‘aflatga tushmasliq har

lahza Allohni eslash demakdir. Nafas olib, chiqarishdagi "he" ovozi, "huviyat" (mohiyat, insonning o‘zligi)ning "he"siga dalolat etishini doimo xotirda tutish kerak . Ya’ni har nafas olish-chiqarish chog‘ida Allohni zikr qilish, agar g‘aflatga tushsa, istig‘for aytish demakdir.

2.Nazar bar qadam: solik qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar, yurayotganida oyoq uchiga qarab yurishi kerak. Toki qalb ko‘zi va nazari

bo‘lmag‘ur manzaralarga qarashdan xalos bo‘lgay. Ma’naviy safarda

ro‘para keladigan tahlikalar tezda oshib o‘tiladi. Bu tamoyil - kamtar bo‘lish va holiga shukr qilishni o‘zida mujassam etadi.

3.Safar dar vatan: solikning yomon axlokdan yaxshi xulqqa, bashariy sifatlardan ilohiy sifatlarga yo‘nalishi demakdir. Darvish bir murshidi komil topgunga qadar badanan (jismonan) sayohat qilishini bildiradi. Naqshbandiylar fikricha, sayru suluk chog‘ida solikni umidsizlikka tushirib, qiyinchilik keltirib chiqargani uchun murid murshidi komil topgach sayohat qilmasligi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyil sayru suluk martabalarini bosib o‘tishni o‘zida mujassam etadi.

4.Xilvat dar anjuman: zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan

birga bo‘lish demakdir. Solik moddiy borlig‘i bilan xalqqa aralashib, turli bashariy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashib, hayot talab qilayotgan amallarni ijro etayotib, qalban doimo Allohning huzurida ekanini, Uni bir lahza bo‘lsa-da, esdan chiqarmasligidir.

Bu hol doimiy zikr ma’nosini ham bildirib, zikrda erishiladigan eng oxirgi bosqich-maqomdir. Bahouddin Naqshband naqshbandiyaning tamalini "xilvat dar anjuman" tashkil etishini ta’kidlagan. "Xilvatda shuhrat bor, shuhratda esa ofat bor" deya naqshbandiyada xilvatga ko‘p rag‘bat ko‘rsatilmaydi. Shu bois bu tariqatda suhbat va xalq bilan aralashib, ularning dardlariga sherik bo‘lib, Haq roziligi yo‘lida xalqqa xizmat qilish muhim o‘rin to‘tadi: "...U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Ollohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas "(Nur - 24:37) oyati ushbu holga ishora qilmoqda.

5. Yod kard: eslash, zikr etish, ya’ni Allohni yod etib, mosivodan

ko‘nglini uzish; naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir:

murid o‘zini huzur ichra shayxining ko‘ngli ro‘parasida tasavvur qilib,

ko‘zi-og‘zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-

biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban kalimai tavhidni zikr qiladi. Bir nafas olib-chiqarishda uch daf’a zikr etishga o‘rinadi. Bu zikrni nafy va isbot shuuri bilan qilishi keraq

6. Bozgasht: zikr qilib bo‘lgach, "ilohi anta maqsudi va rizoka

matlubi" (Allohim, maqsadim sensan, talabim-istagim sening rizoligingdir) deydi ma’nosini ham o‘ylaydi. Shu zaylda nafy va

isbot zikrining ma’nosi va fayzi qalbga naqsh etilib, ko‘ngil

mosivodan aloqasini uzadi.

7. Nigohdosht: qalbdagi fikr va xotiralarni muroqaba qilish

demakdir. Nafy va isbot zikrining ma’nosini o‘ylab, ko‘ngliga

mosivoni kiritmaslikka harakat qiladi. Shu holni ikki soat yoki

undan ko‘p saqlay olgan kishining qalbiga boshqa xotiralar ortiq

kirmaydigan holga keladi.

8. Yoddosht: har lahza Hakdan xabardor bo‘lish demakdir. Nigohdoshtning bir pog‘ona yuqorisidir.

9. Vuqufi hamon: solik har lahza o‘z holidan xabardor bo‘lishi,

vaqtidan unumli foydalanishi, shukr, tavba-istig‘for etishi, shunga

ko‘ra xatti-harakat qilishi demakdir.

10. Vuqufi adadiy: murid, shayx bergan zikr vazifasining

sanog‘iga rioya qilishi demakdir. Zikrdan nazarda tutilgan ma’no

hosil bo‘lgach, sanog‘i muhim bo‘lmasa ham, farz ibodatlarida bo‘lganidek zikrda ham shaxs o‘zini muayyan sanog‘ va vaqt bilan qayd

ostiga olishi, hayotining tartib-intizomli bo‘lishida muhim ahamiyat

kasb etishi aniq.

11. Vuqufi qalbiy: qalbning Hakdan xabardor bo‘lishi demakdir.

Bu martabada ko‘ngil Allohdan boshqa hech narsani o‘ylamaydi. Shuhud va vusul martabasiga erishganlarning holi shunday. Vuqufi qalbiy ayni vaqtda zikrning eng yuqori pog‘onasi demakdir.

Naqshbandiya tariqatining eng mashhur shahobchalari: ahroriya, mazhariya, mujaddidiya va holidiya. Mujaddidiyaning asoschisi Imom Rabboniy, Ibn Arabiyning "vahdati vujud" falsafasini tanqid qilib, "vahdati shuhud"ni yoklab chiqqan. Sunniy aqidaga zid kelmaydigan tasavvufiy tushunchaga ega bo‘lgan Imom Rabboniyning eng mashhur asari "Maktubot" turkchaga ilk bor Mustaqimzoda Sulaymon Sa’diddin tomonidan o‘girilgan va Istanbulda nashr etilgan. Bu asar bugun ham naqshbandiya tariqati ahli sevib o‘qiydigan asarlardandir.

Show more...

17-mavzu: Naqshbandiylik va Qalandariylik tariqati - (ma’ruza-2 soat)

Reja:

1. Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha ta’limoti.



2. Naqshbandiylik xojagon tariqatining davomi sifatida. Bahouddin Naqshband ta’limoti. “Dil ba yoru dast ba kor”ning mohiyati.

3. Maqomotlarda naqshbandiylikning suluk yo‘li, darvishlik sifati, ahvol va axloqlari.

4. Qalandariylik tariqati. Malomatiylikda qalandariylik asoslari. YAssaviylik va qalandariylik munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Islom tasavvufi manbalari (Tasavvuf nazariyasi va tarixi). Ilmiy majmua. Nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi va izohlar muallifi H.Boltaboev). – T.: O‘qituvchi, 2005.

2. Komilov N. Tasavvuf. Birinchi kitob. Toshkent: «Yozuvchi», 1996.

3. Ishoqov Y. Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti. Toshkent, 2002.

4. Komilov N. Tasavvuf. Toshkent: “MOVAROUNNAHR” – “O’ZBEKISTON”, 2009.

5.. Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992.

6. Ishoqov Y. Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti, Toshkent: “Fan”, 2002

Naqshbandiya tariqati. Osiyo va Onado‘li zaminida eng keng tarqalgan tariqatlardan biri naqshbandiyadir. Asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389) bo‘lib, Buxoro yaqinidagi Qasri orifon qishlorida dunyoga kelgan, Bahouddin Naqshbandni yoshligida Xojagon tariqati shayxlaridan Muhammad Bobo Samosiy ma’naviy farzandlikka qabul qiladi. Bir muddat keyin Samosiy uning tarbiyasini Amir Kulolga topshiradi. Shu bilan birga Bahouddin Naqshbandning haqiqiy shayxi — «uvaysiylik» yo‘li orqali tarbiyalagan Abduholiq G‘ijduvoniy (1220 vafoti) hisoblanadi. Bir muddat Samarqandda yashab, u erdagi shayxlarniig suhbatlari va tavajjuhlariga musharraf bo‘ladi. Amir Kuloldan xalifalikni olgach, Qusam shayx, Xalil ota va Mavlono Orif kabi yassaviy shayxlarining huzurida ko‘p yillar qolib, ulardan ilmu fazl olishga muyassar bo‘ladi. Ikki marotaba hajga borib kelgan Bahouddin Naqshband hayotining oxirgi yillarini Buxoroda o‘tkazdi. Islom olamiga juda katta obro‘‑e’tiborga ega bo‘lgan Naqshbandning hayoti manoqiblarga ega bo‘lib, bugungacha uning ko‘p qirrali faoliyatini ifodalovchi juda ko‘plab asarlar bitilgan. Shulardan, Mavlono Ali Safiyning «Rashahot ul aynul-hayot» risolasidir. Mazkur asarda naqshbandiya.tariqati shayxlari haqida keng ma’lumot beriladi. Naqshbandiyaning silsilasi ikki boshqa-boshqa shaxobchalar orqali hazrati Ali va Abu Bakrga borib etadi. Mashoyix silsilasiga qaraganda, bu tariqatning boshqa ba’zi tariqatlar bilan algaqador ekanligi va shunga ko‘ra o‘sha davrda farqli nomlar bilan atalgani ma’lum bo‘ladi. Chunonchi, hazrati Abu Bakrdan Boyazid Bistomiyga qadar siddiqiya, Bistomiydan Abduholiq G‘ijduvoniyga qadar tayfuriya, G‘ijduvoniydan Bahouddin Naqshbaqdga qadar xojagoniya, Naqshbanddan Xoja Ubaydulloh Ahrorga qadar naqshbandiya, Xoja Ubaydulloh Axrordan Imom Rabboniyga qadar naqshbandiya-ahroriya, Imom Rabboniydan Shamsiddin Mazharga qadar naqshbandiyai-mujaddidiya, Shamsiddin Mazhardan mavlono Xolidi Bag‘dodiyga qadar naqshbandiya-mazhariya, Xolidi Bag‘dodiydan keyin esa naqshbandiya-xolidiya, deya tilga olingan. Bu tariqatning silsilasidan bo‘lgan Abduholiq G‘ijduvoiiy bilan Ahmad Yassaviyning shayxlari Yusuf Hamadoniydir .

Naqshbavdiylik asosan Abduholiq G‘ijduniydan keyin Osiyo zaminida juda tez va keng tarqaldi. Hatto yassaviya tariqatidan ham kuchliroq nufuzga ega bo‘la boshladi. Imom Rabboniy davrida Hindiston va uning atrofida keng yoyildi. Fotih Sulton Muhammadxon davrida Xoja Ubaydudloh Ahrorning xalifasi Mulla Ilohiy vositasida Istambulga ham etib bordi. XVIII asrda Mavlono Holid Bag‘dodiyning g‘ayrati bilan usmonli turk davlatida keng tarqalib, eng faol e’tiqodiy harakatta aylandi. Hatto usmonli podsholaridan Sulton Vahdiddinning ham holidiya tariqatiga mansub bo‘lganligi rivoyat qilinadi. Istambulning o‘zidayoq oltmish beshta naqshbandiya dargohlarining mavjudligi bu tariqatning Istambul va Onado‘li zaminida qay darajada keng tarqalganini ko‘rsatmoqda. XIX asrda naqshbandiyaning Onado‘lida yana ham keng tarqalishiga mashhur olim va mutasavvif Ahmad Ziyovuddin Kumushxonaviy (1893 yil vafoti) ulkan hissa qo‘shadi.

Naqshbandiya ahli sunnat e’tiqodiga amal qiluvchi tariqat bo‘lib, xufiy zikriga asoslangan. Zohiran ko‘zga tashlanadigan xatti‑harakatlardan yiroq, suhbat va robitaga kuchli e’tibor beriladi. Ko‘pchilik bilan qilinadigan naqshbandiya zikriga «Xatmi xojagon» deyiladi. Bu zikrga tariqatga kirmaganlarning qatnashishlari ta’qiqlanadi. Naqshbandiyada tariqatga kirgan darvesh ushbu shartlarga amal qilishi shart: tavba qilish, payg‘ambarimiz sunnatlariga qatiy amal qilmoq, shariatga zid bid’atlardan qochish, diniy masalalarda qulayliklardan voz kechib, qiyinga, ya’ni taqvoni kuchaytirishga amal qilish, zulm va nohaqlik qilmaslik, qarzini to‘lash, rozilik so‘rash, qazo namozlarini o‘qish, Allohni har lahza zikr qilish.

Naqshbandiya tariqati quyidagi to‘rt tamal asos ustiga qurilgan: 1. SHariat bilan zohirni poklash. 2. Tariqat bilan botinni poklash. 3. Haqiqat bilan qurbi ilohiyga erishmoq. 4. Ma’rifat ila Allohga erishmoq..

Bundan tashqari yana o‘n bir asos tamoyil ham borki, naqshbandiya tariqatiga kirgan har bir darvish bu jihatlarga rioya qilishi talab qilinadi. Abdulholiq G‘ijduvoniy ishlab chiqqan deya rivoyat qilingan bu asoslar quyidagilardir:

1.Hush dar dam: "hush" - aql, "dam" esa nafas degani. Hush dar dam - nafas olib chiqarishda hushyor bo‘lish, g‘aflatga tushmasliq har

lahza Allohni eslash demakdir. Nafas olib, chiqarishdagi "he" ovozi, "huviyat" (mohiyat, insonning o‘zligi)ning "he"siga dalolat etishini doimo xotirda tutish kerak . Ya’ni har nafas olish-chiqarish chog‘ida Allohni zikr qilish, agar g‘aflatga tushsa, istig‘for aytish demakdir.

2.Nazar bar qadam: solik qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar, yurayotganida oyoq uchiga qarab yurishi kerak. Toki qalb ko‘zi va nazari

bo‘lmag‘ur manzaralarga qarashdan xalos bo‘lgay. Ma’naviy safarda

ro‘para keladigan tahlikalar tezda oshib o‘tiladi. Bu tamoyil - kamtar bo‘lish va holiga shukr qilishni o‘zida mujassam etadi.

3.Safar dar vatan: solikning yomon axlokdan yaxshi xulqqa, bashariy sifatlardan ilohiy sifatlarga yo‘nalishi demakdir. Darvish bir murshidi komil topgunga qadar badanan (jismonan) sayohat qilishini bildiradi. Naqshbandiylar fikricha, sayru suluk chog‘ida solikni umidsizlikka tushirib, qiyinchilik keltirib chiqargani uchun murid murshidi komil topgach sayohat qilmasligi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyil sayru suluk martabalarini bosib o‘tishni o‘zida mujassam etadi.

4.Xilvat dar anjuman: zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan

birga bo‘lish demakdir. Solik moddiy borlig‘i bilan xalqqa aralashib, turli bashariy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashib, hayot talab qilayotgan amallarni ijro etayotib, qalban doimo Allohning huzurida ekanini, Uni bir lahza bo‘lsa-da, esdan chiqarmasligidir.

Bu hol doimiy zikr ma’nosini ham bildirib, zikrda erishiladigan eng oxirgi bosqich-maqomdir. Bahouddin Naqshband naqshbandiyaning tamalini "xilvat dar anjuman" tashkil etishini ta’kidlagan. "Xilvatda shuhrat bor, shuhratda esa ofat bor" deya naqshbandiyada xilvatga ko‘p rag‘bat ko‘rsatilmaydi. Shu bois bu tariqatda suhbat va xalq bilan aralashib, ularning dardlariga sherik bo‘lib, Haq roziligi yo‘lida xalqqa xizmat qilish muhim o‘rin to‘tadi: "...U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Ollohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas "(Nur - 24:37) oyati ushbu holga ishora qilmoqda.

5. Yod kard: eslash, zikr etish, ya’ni Allohni yod etib, mosivodan

ko‘nglini uzish; naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir:

murid o‘zini huzur ichra shayxining ko‘ngli ro‘parasida tasavvur qilib,

ko‘zi-og‘zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-

biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban kalimai tavhidni zikr qiladi. Bir nafas olib-chiqarishda uch daf’a zikr etishga o‘rinadi. Bu zikrni nafy va isbot shuuri bilan qilishi keraq

6. Bozgasht: zikr qilib bo‘lgach, "ilohi anta maqsudi va rizoka

matlubi" (Allohim, maqsadim sensan, talabim-istagim sening rizoligingdir) deydi ma’nosini ham o‘ylaydi. Shu zaylda nafy va

isbot zikrining ma’nosi va fayzi qalbga naqsh etilib, ko‘ngil

mosivodan aloqasini uzadi.

7. Nigohdosht: qalbdagi fikr va xotiralarni muroqaba qilish

demakdir. Nafy va isbot zikrining ma’nosini o‘ylab, ko‘ngliga

mosivoni kiritmaslikka harakat qiladi. Shu holni ikki soat yoki

undan ko‘p saqlay olgan kishining qalbiga boshqa xotiralar ortiq

kirmaydigan holga keladi.

8. Yoddosht: har lahza Hakdan xabardor bo‘lish demakdir. Nigohdoshtning bir pog‘ona yuqorisidir.

9. Vuqufi hamon: solik har lahza o‘z holidan xabardor bo‘lishi,

vaqtidan unumli foydalanishi, shukr, tavba-istig‘for etishi, shunga

ko‘ra xatti-harakat qilishi demakdir.

10. Vuqufi adadiy: murid, shayx bergan zikr vazifasining

sanog‘iga rioya qilishi demakdir. Zikrdan nazarda tutilgan ma’no

hosil bo‘lgach, sanog‘i muhim bo‘lmasa ham, farz ibodatlarida bo‘lganidek zikrda ham shaxs o‘zini muayyan sanog‘ va vaqt bilan qayd

ostiga olishi, hayotining tartib-intizomli bo‘lishida muhim ahamiyat

kasb etishi aniq.

11. Vuqufi qalbiy: qalbning Hakdan xabardor bo‘lishi demakdir.



Bu martabada ko‘ngil Allohdan boshqa hech narsani o‘ylamaydi. Shuhud va vusul martabasiga erishganlarning holi shunday. Vuqufi qalbiy ayni vaqtda zikrning eng yuqori pog‘onasi demakdir.

Naqshbandiya tariqatining eng mashhur shahobchalari: ahroriya, mazhariya, mujaddidiya va holidiya. Mujaddidiyaning asoschisi Imom Rabboniy, Ibn Arabiyning "vahdati vujud" falsafasini tanqid qilib, "vahdati shuhud"ni yoklab chiqqan. Sunniy aqidaga zid kelmaydigan tasavvufiy tushunchaga ega bo‘lgan Imom Rabboniyning eng mashhur asari "Maktubot" turkchaga ilk bor Mustaqimzoda Sulaymon Sa’diddin tomonidan o‘girilgan va Istanbulda nashr etilgan. Bu asar bugun ham naqshbandiya tariqati ahli sevib o‘qiydigan asarlardandir.
Download 13.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling