1. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari. Rejalashtirishning qulayligi Rejalashtirishning harakatliligi


Tashish jarayoni elementlarining holatlar grafi


Download 185.26 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi185.26 Kb.
#1319548
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU- 13

12.3. Tashish jarayoni elementlarining holatlar grafi.
Elementar jarayonlar ma’lum ketma-ketlikda bajariladi va “avtomobil-haydovchi” mos ravishda ma’lum ketma-ketlikda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi. Masalan, ma’lum bir yuk jo‘natish manzilida elementar jarayonlarni quyidagi ketma-ketlikda bajarilishini ko‘rishimiz mumkin. YUk avtomobilini haydovchisi yukni olib ketish haqidagi xujjatlarni yuk jo‘natuvchi korxona eshigidagi navbatchilarga ko‘rsatib (1.1 rasmdagi 1 blok), avtomobilni korxona hududiga darvozasidan xaydab kiradi. Yuk jo‘natishni belgilangan texnologiyasiga muvofiq haydovchi avtomobilni yuksiz holatdagi og‘irligini o‘lchash uchun uni taroziga harakatlantiradi (2 blok). Tarozi oldida ikki xil holat bo‘lishi mumkin:
1) agar avtomobil taroziga kelgan paytda u bo‘sh bo‘lsa, unda avtomobil tarozi platformasiga chiqadi va tarozida yuksiz avtomobilning og‘irligi o‘lchanadi hamda o‘lchov natijalari ma’lum daftarlarda qayd etiladi (4 blok);
2) agar tarozi band bo‘lsa, unda avtomobil tarozida undan oldingi avtomobil (lar) ning og‘irligini o‘lchaguncha vaqt mobaynida kutib turishga (3 blok) majbur bo‘ladi (1.1-rasm).
Tarozidan keyin avtomobil yuk ortish joyiga qarab harakatlanadi (5 blok) va agar ortish joyi oldingi avtomobillar bilan band bo‘lsa, unda ma’lum muddat kutib turadi (6 blok), aksincha band bo‘lmasa, unda u ma’lum muddat yuk ortish jarayonida turib qoladi (7 blok). Endi yuklangan avtomobilning og‘irligini o‘lchash lozim bo‘ladi va haydovchi uni yana tarozi joyiga harakatlantiradi (8 blok) va agar tarozi band bo‘lmasa, unda yukli avtomobilning og‘irligi o‘lchanadi va qayd etiladi (10 blok), aksincha band bo‘lsa, unda u ma’lum muddat tarozi bo‘shashini kutib qoladi (9 blok). Avtomobilni yuk bilan to‘la og‘irligi o‘lchangandan so‘ng, yukni o‘zini og‘irligini aniqlashga imkon tug‘iladi va “haydovchi-avtomobil” tizimi hujjatlarni oxirgi ma’lumotlarni rasmiylashtirish (12 blok) uchun tegishli idora tomon harakatlanadi (11 blok), keyin esa korxona hududidan chiqib (13 blok) yukli qatnovni bajarish uchun (14 blok) harakatlanadi. Avtotransport vositasi yukni oluvchi korxonaga etib borgach, yukni qabul qilish jarayoni (15 blok) boshlanadi va bu jarayon tugagach, avtomobil yuksiz qatnovni bajarib (16 blok) yana yuk jo‘natish manziliga qaytib keladi (12.1-rasm).

12.1-rasm. Marshrutning yuk jo‘natish manzilida amalga oshirilayotgan elementar jarayonlar.


bu erda 1,2, ...- ketma-ket bajariluvchi elementar jarayonlar bloklarini raqamlari.
Quyida 1.1-rasmda kiritilgan belgilashlarni mohiyati keltiriladi :
- jo‘natish manzilidan yukni olib ketish hujjatlarini korxona (tashkilot) darvozasi oldidagi nazoratchilarga ko‘rsatishga va avtomobilni korxona hududiga haydab kirishga ketgan vaqt;
- haydovchi avtomobilni korxona darvozasidan haydab kirgandan so‘ng uni yuksiz holatdagi og‘irligini o‘lchash uchun tarozigacha harakatlantirishga ketgan vaqt;
- agar tarozi oldida navbat kutib turgan avtomobillar qatori bo‘lsa, unda bu avtomobilni tarozi navbati unga etib kelguncha kutib turish vaqti;
- tarozida yuksiz avtomobilni og‘irligini o‘lchashga va hujjatlarda bu haqda qayd etishga ketgan vaqt;
- yuksiz avtomobilni og‘irligi o‘lchanganidan so‘ng uni yuk ortish joyigacha harakatlanishiga ketgan vaqt;
- agar ortish joyida avtomobillar navbatda turgan bo‘lsalar, unda bu mazkur avtomobilni yuk ortish navbati unga etib kelguncha kutib turish vaqti;
- avtomobilga yuk ortish vaqti;
-yuklangan avtomobilni yuk ortish joyidan tarozi manziligacha harakatlanish vaqti;
-agar tarozi oldida navbat kutib turgan avtomobillar qatori bo‘lsa, unda to navbat bu avtomobilga etib kelguncha kutib turish vaqti;
- yuklangan avtomobilning og‘irligini tarozida o‘lchash va natijani xujjatlarda qayd etish vaqti;
-yuklangan avtomobilni tarozi manzilidan to korxona darvozasi oldidagi nazoratchi manziligacha harakatlanish vaqti;
-korxonadan chiqishdagi nazoratchi tomonidan tegishli ma’lumotlarni qayd etish vaqti;
-yukli qatnovni boshlash uchun korxona darvozasidan chiqib marshrut yo‘lida harakatlanishni boshlaguncha o‘tadigan vaqt;
- yukli qatnovni bajarish uchun harakatlanish vaqti;
-manzilda yukni qabul qilish va tushirish jarayonlarida avtomobilni turib qolish vaqti.
-qabul qilish manzilidan yana yuk jo‘natish manziligacha yuksiz qatnovda harakatlanish vaqti;
YUk qabul qilish manzilidagi elementar jarayonlar ketma-ketligi yuqorida bayon etilgan jo‘natish manzilidagi jarayonga deyarli o‘xshash bo‘ladi. Asosiy farq shundaki, yuk qabul qilish manzilida avtomobilni og‘irligi avval yuklangan xolda (4 blok) keyin esa yuksiz holda (10 blok) o‘lchanadi. (1.2-rasm).

12.2-rasm. Marshrutning yuk qabul qilish manzilida amalga oshirilayotgan elementar jarayonlar.


12.2-rasmda kiritilgan belgilashlar yuqorida bayon etilgan jo‘natish manzilidagi belgilashlardan mazmun-mohiyati bilan farq qilmaydi, faqat ular , ya’ni qabul qilish manzilidagi vaqt elementlari sifatida beriladi.
Endi yo‘lovchi tashish marshrutining boshlang‘ich bekatida bajariladigan elementar jarayonlarni ko‘rib chiqaylik(12.3a-rasm). Avtobus boshlang‘ich bekatga etib kelgach tegishli joyda to‘xtaydi va birinchi navbatda yo‘lovchilarni avtobusdan tushiradi (1blok). Undan keyin haydovchi avtobusni belgilangan texnologiyaga muvofiq yo dispetcherlik manzili tomon harakatlantiradi (2 blok) va u erda tegishli ma’lumotlar rasmiylashtiriladi (3 blok) yoki avtobusni yo‘lovchilar chiqadigan yo‘lakka qo‘yib (5 blok), avtobusga yo‘lovchilar chiqarishni boshlaydi, o‘zi esa dispetcherlik manziliga ma’lumotlarni rasmiylashtirish uchun boradi (3 blok). Hujjatlashtirish tugagandan so‘ng haydovchi yana avtobusga qaytadi (5 blok). Agar bajarilgan reysdan so‘ng haydovchiga dam olish (ovqatlanish) ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda dispetcherlikda tegishli ma’lumotlar qayd etilgandan so‘ng (3 blok) bu jarayon amalga oshiriladi (4 blok), keyin esa avtobus yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish yo‘lakchasiga olib boriladi. Ma’lum muddat davomida yo‘lovchilar avtobusga chiqarilgandan so‘ng u harakatga tushadi va boshlang‘ich bekat xududidan marshrut yo‘liga chiqib ketadi.

12.3a-rasm. Avtobus marshrutining boshlang‘ich bekatida amalga oshirilayotgan elementar jarayonlar.


12.3 a - rasmda kiritilgan belgilashlar:
- avtobus marshrutining boshlang‘ich manzilida avtobusdan yo‘lovchi tushirishga ketgan vaqt;
- avtobusni yo‘lovchilar tushirilgan joydan hujjatlarga ma’lumotlar yozish va reysni bajarilganini belgilash joyiga harakatlantirish vaqti;
- boshlang‘ich manzilda reysni bajarilganini qayd etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti;
-boshlang‘ich manzilda haydovchini dam olish va ovqatlanishga ketgan vaqti;
-marshrutni boshlang‘ich manzilida yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish uchun ketgan vaqt;
-avtobusni yo‘lovchilar chiqish joyidan marshrut yo‘ligacha harakatlanish vaqti.
Avtobus marshrutining oxirgi bekatida amalga oshiriladigan elementar jarayonlar grafi 1.3b-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, ularni mazmun-mohiyati va ketma-ketligi yuqorida marshrutni boshlang‘ich bekati uchun bayon etilgan jarayonlardan deyarli farq qilmaydi.



12.3b-rasm. Avtobus marshrutining oxirgi bekatida amalga oshirilayotgan elementar jarayonlar.
12.3b-rasmda kiritilgan belgilashlar mazmun-mohiyati jihatdan yuqorida 12.3a-rasm uchun keltirilgan belgilashlardan farq qilmaydi, faqat ular marshrutning oxirgi manzilida bajarilayotgan elementar jarayonlarga oid bo‘lganligi tufayli vaqt belgisiga oxirgi manzil uchunligini ko‘rsatuvchi indeks “ ” kiritilganligi bilan ajralib turadi.
Avtobus marshrutining oraliq bekatlaridagi elementar jarayonlar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshishi mumkin. Avtobus oraliq bekatiga etib kelgandan keyin, agar bekat yo‘lakchasi band bo‘lmasa, unga kiradi (2 blok), band bo‘lsa, unda yo‘lakcha bo‘shaguncha kutib turadi (1 blok) va bo‘shagandan keyin kiradi (2 blok). Keyingi jarayonda avtobusdan yo‘lovchilar tushiriladi (3 blok) va yangi yo‘lovchilar avtobusga chiqariladi (4 blok). Undan keyin esa avtobus eshiklarini yopib, bekat hududidan marshrut yo‘liga chiqib ketadi (5 blok). Mazkur jarayonlar sxemasi 12.4-rasmda ko‘rsatilgan.





12.4-rasm. Avtobus marshrutining n-oraliq bekatida bajariladigan elementar jarayonlar

12.4-rasmda kiritilgan belgilashlar:
- avtobus marshrutini - oraliq bekatiga kirishni kutish vaqti;
- avtobusni kutib turgan joydan -oraliq bekatda yo‘lovchi tushirish joyigacha kirish (harakatlanish) vaqti;
- yo‘lovchilarni avtobusdan tushirishga ketgan vaqt;
- yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish vaqti;
- avtobusni yo‘lakcha bandligi tufayli bekatdan chiqishni kutish vaqti;
-bekatdan marshrut yo‘liga chiqishgacha ketgan vaqt.

Download 185.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling