1. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari. Rejalashtirishning qulayligi Rejalashtirishning harakatliligi


Download 185.26 Kb.
bet2/5
Sana02.04.2023
Hajmi185.26 Kb.
#1319548
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU- 13

Yuk tashishda qatnov – bu jo‘natuvchi manzilda yukni avtomobilga ortish va tashishga qabul qilish, yuklangan avtomobilni qabul qilish manziligacha harakatlantirish va bu manzilda yukni avtomobildan tushirish va uni oluvchiga topshirish hamda keyingi qatnovni bajarish uchun avtomobilni yana yuk jo‘natuvchi manzilga harakatlantirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Yo‘lovchi tashishda esa qatnov – bu boshlang‘ich manzildan oxirgi manzilgacha bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish va oxirgi manzildan yana boshlang‘ich manzilgacha bo‘lgan teskari yo‘nalishda tashish uchun avtobusni jo‘natish jarayonlaridan iborat bo‘ladi.
Yuk yoki yo‘lovchilar tashiladigan marshrutda ma’lum bir turdagi avtotransport vositasida ma’lum bir qatnovlarni bajarish asosida amalga oshiriladigan jarayon elementar tashish jarayoni hisoblanadi. Elementar tashish jarayonini asosiy yadrosi, ya’ni bir birligi – bu qatnovdir. Qatnovlar, ya’ni turli avtotransport vositalarida va ma’lum bir hududdagi barcha marshrutlarda bajarilayotgan qatnovlar kompleksi (majmuasi), shu hududdagi tashish jarayonini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashish marshrutlarida bajarilayotgan transport ishi yanada yuqoriroq va umumiyroq bo‘lgan jarayonlarni, ya’ni iste’molchilarga transport xizmati ko‘rsatish jarayonlarini elementi sifatida namoyon bo‘ladi va mazkur yuqori tizim manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Yuqori darajadagi maqsad yoki manfaat esa bu raqobatli bozor sharoitida yuk sotuvchi (yoki sotib oluvchi, yoki marketing bo‘lim va tashkilotlari)ga va yo‘lovchilarga yuqori sifatli transport xizmati ko‘rsatish va shu asosda ko‘zlangan iqtisodiy samaraga erishish-foyda ko‘rishdir. Sifatli xizmat ko‘rsatish-bu nafaqat belgilangan transport ishini bajarish, balki bu ishni vaqt mobaynida amalga oshirilishini iste’molchilar ehtiyojiga maksimal ravishda muvofiqlashtirish, raqobatli bozor sharoitida tashishga va uning sifatiga bo‘lgan talablarni tahlil etish va shu asosda tashishni ishonchliligini va rejalashtirilgan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash, tashiladigan yuklarni tovarlik xususiyatlarini saqlash, yo‘lovchilarni tashishda esa ko‘zda tutilgan qulaylik darajasiga erishish, transport xizmatlarini ko‘rsatishda ratsional narx-navo siyosatini olib borish, raqobatda yutib chiqish imkoniyatlarini o‘z vaqtida ishga solish va shu kabi ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.

Download 185.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling