1. tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash. O’quvchilarni diqqatini darsga jalb qilish


Download 40.08 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi40.08 Kb.
#1522760
Bog'liq
23-mavzu Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari. Prokuratura va tergov idoralari



DARSNING MAQSADI: ta’lim oluvchilarni O’zbekiston Respublikasi prokuratura o’rganlari faoliyati maqsad va vazifalari bilan tanishtirish.


TA’LIMIY AHAMIYATI: O’zbekiston Respublikasida prokuratura organlari faoliyati xususiyatlarini ko’rsatib berish.


TARBIYAVIY AHAMIYATI: ta’lim oluvchilarni o’z yurish – turishini huquq normalariga moslashtirishga o’rgatishni davom ettirish.


RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD: Qonunlar ijro etilishi ustidan nazorat qilish borasida prokuratura organlari faoliyati haqida, prokuratura xodimlarining huquqlari va majburiyatlari haqida bilib oladilar.


DARSNING JIHOZI: 9-sinf “ Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura to’g’risida”gi Qonuni. Doska , bo’r vatman, flomaster.


DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINING TALABLARI: O’zbekiston Respublikasida prokuratura organlari faoliyatining xususiyatlari xaqida bilib oladilar.


D A R S N I N G B O R I S H I


1. TASHKILIY QISM: o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash. O’quvchilarni diqqatini darsga jalb qilish.


2. O’TGAN MAVZUNI TAKRORLASH:
Savollar:
1. Huquqiy demokratik davlatning bosh alomati… -davlat hokimiyati organlarini umumxalq saylovi yo’li bilan shakllantirishdir.
2. Muqobil saylov nimadan iborat?- Bir qancha nomzodlar tavsiya etiladi-kamida ikki kishi, ulardan eng munosibi saylanadi.
3. Fuqarolar qaysi yoshdan Oliy Majlisga deputatlarini saylashga haqli? -18 yoshdan.


DARS NATIJASIDA: qonunlarni ijro etilishi ustidan nazorat qilish borasida prokuror qonun himoyachisi ekanligini bilib olasiz. Prokuratura organlari tizimini ayta olasiz. Har-bir inson prokuratura organlari yordamida qay yo’sinda oz huquqlarini himoya qilishini amalda qo’llay olasiz.


3. DARS MUNDARIJASI: 1. Prokuror – qonun himoyachisi.
2. Prokuratura organlari tuzilmasi.
3. Prokuratura organlari faoliyatining xususiyatlari


4. DARS MUNDARIJASINI RO’YOBGA CHIQARISH.
Lotincha “prokuror” so’zining tarjimasi “g’amho’rlik qilmoq”ni anglatadi. Ushbu holda esa davlatning barcha qonunlariga aniq va so’zsiz rioya etilishi borasida g’amho’rlik qilish ma’nosida qo’llanadi.


Prokuratura organlari sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir. Sud majlisida ishtirok etish asnosida prokuror nazoratni amalgam oshiradi, yani sudlarning haraktlarida qonun buzilishiga yo’l qo’yilmaganligi yoki aksinchaligini aniqlaydi.
Jinoyat ishlari ko’rib chiqilayotganda prokuror sudda davlat ayblovchisi sifatida ish ko’radi-qonunga muvofiq sudlanuvchiga nisbatan jazo chorasini belgilaydi. Sud tomonidan qonunga mos bo’lmagan qaror qabul qilingan holda esa prokuror yuqori turuvchi sudga protest bilan, yani sudning ana shu qarorini qonunga muvofiq bo’lmagan tariqasida ko’rib chiqish talabi bilan murojaat qiladi.
Hatto sud qarori kuchga kirganidan keyin ham prokuratura organlari qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari ularni qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan nazorat qiladi.




DARSDAGI ISH YAKUNLARINI CHIQARISH:

1. O’qituvchi ta’lim oluvchilarga dars boshida qo’yilgan maqsadni eslatadi va o’quvchilar bilan birgalikda bu maqsadga erishganligini hal qiladi.


2. Baholarni e’lon qilish.
UYGA TOPSHIRIQLAR:

1. O’rganilgan paragraf savolariga javoblar tayorlash.


2. “O’zbekiston Respublikasida moliya va kredit” mavzusi mundarijasi bilan tanishish.

Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling