1. Tаshqi fоydаlаnuvchilаr uchun sеgmеntаr hisоbоtni tuzish qоidаlаri
Download 19.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqBilet № 10
chiziqli-funksional tuzilmasidan foydalanishadi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo‘limlar asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ya’ni mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishadi. Ixtisoslashtirilgan funksional bo‘limlar esa asosiy bo‘limlar tomonidan vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Bunday vaziyatda boshqaruvning ixtisoslashuvi ta’minlanadi, boshqaruv qarorlarining asosli tarzda qabul qilinish imkoni keskin oshadi, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini bir tizim sifatida kompleks boshqarish va pirovard natijada katta iqtisodiy samaralarga erishi mumkin bo‘ladi. Javobgarlik markazlari faoliyatini matritsali boshqarish shaklida tashkil qilish – bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida uning amaldagi funksional bo‘limlari bilan birga muayyan vazifalarni yechish maqsadida maxsus ishchi organlarini (loyihalashtirish guruhlari) shakllantirishni nazarda tutadi. Bunday guruhlar turli daraja va malakaga ega bo‘lgan alohida funksional bo‘limlar mutaxassislaridan tashkil qilinadi. Javobgarlik markazlarini bu shaklda tashkil qilishning afzalligi shundaki – u xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida vujudga kelgan muammo va tizimli kamchiliklarni obyektiv tarzda tahlil qilish va tezkor tarzda bartaraf etish imkoniyatini yaratadi. Keyingi paytlarda amaliyotda samarali tarzda qo‘llanilib kelayotgan funksional-qiymat tahlilining vujudga kelishi ham aynan mana shu mas’uliyat markazi shaklining kengayishi bilan bevosita bog‘liqdir. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda imkon qadar maksimal tarzdagi natijaga erishishdan iborat. Javobgarlik markazi faoliyatini matritsali shaklda tashkil qilish rahbar va mutaxassis-xodimlarning hamjihatlikda faoliyat olib borishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, har bir rahbar va mutaxassis-xodimga shaxsiy qobiliyatlarini namoyish qilish imkonini yaratadi, ijodiy muhit yaratadi.
Buхgаltеriya hisоbining rеspublikаmizdа rivоjlаnish yo’nаlishlаri Download 19.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling