1. Tashqi galaktkalar. Galaktkalarning sinflari va spektrlari. Radiogalaktkalar. Kvazarlar


Download 52.2 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi52.2 Kb.
#1605511
  1   2   3
Bog'liq
16-mavzu

16-Mavzu: Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari. Koinotning kengayishi. Habbl qonuni. Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi.

Reja:

1. Tashqi galaktkalar. Galaktkalarning sinflari va spektrlari.

2. Radiogalaktkalar. Kvazarlar.

3. Galaktkalarni koinotda taqsimlanishi.

Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari

Galaktikamizdan tashqi astronomiyaning shakllanishi, yuqorida eslatilganidek, XX asrning 20-yillarida, yulduz turkumlarida proyeksiyalangan ayrim tumanliklarni, Galaktikamizdan tashqarida yotuvchi, biznikiga o'xshash tashqi galaktikalar ekanligi aniqlanishi bilan boshlandi.

Ulkan tashqi galaktikalardan biri Andromeda yulduz turkumida proyeksiyalanib ko'rinadi va shu yulduz turkumining nomi bilan Andromeda galaktikasi (ba'zan Andromeda tumanligi) deb yuritiladi. Andromeda tumanligi bizdan 2 million yorug'lik yiliga teng masofada yotadi. Havo tiniq bo'lgan tog'lik rayonlarda tunda uni oddiy ko'z bilan ko'rsa bo'ladi. U osmonda xira tuman dog’ shaklida ko'rinadi.

Galaktikalar Koinotda keng tarqalgan bo'lib, bizga qo'shni boshqa shunday galaktika M-51 nomi bilan mashhur. Ungacha masofa 1,8 million yorug'lik yilini tashkil qiladi. Osmonning Janubiy yarim sharida joylashgan noto'g'ri formadagi bizga qo'shni galaktikalar Katta va Kichik Magellan bulutlari deb nom olgan.

Tashqi galaktikalar o'z o'lchamlariga ko'ra, turlicha kattaliklarda uchrab, eng yiriklari milliardlab, mittilari esa bir necha millionlab yulduzni o'z ichiga oladi. Gigant galaktikalarning o'lchamlari 50 ming parsekkacha (ya'ni diametri 150 ming yiligacha)

Noto'g'ri galaktikalarda yadro bor-yo'qligi bilinmaydi. Shuningdek, ular aylanma simmetriyali strukturaga ega emas. Bun-day galaktikalarga misol qilib Katta Magellan Bulutini (KMB), Kichik Magellan Bulutini (KichMB) (ular Somon Yo'li atroflda kuzatiladi) keltirish mumkin. Noto'g'ri galaktikalarga, shuning-dek, pekulyar galaktikalar ham kiradi. Bunday galaktikalar uchun umumiy ko'rinish strukturasi mavjud bo'lmay, ularning har biri o'zicha noyob ko'rinishga ega bo'ladi.


Download 52.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling