1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
[OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi] [TSZ: 1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari] O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qarori Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2773] O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan kuchga kiradi. Rais Z. DUSANOV Toshkent sh., 2016-yil 29-fevral, 01-02/15-07-son O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qaroriga ILOVA Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA Oldingi tahrirga qarang. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) to‘ldirish tartibini belgilaydi. (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Oldingi tahrirga qarang. jo‘natuvchi — tovarlarni o‘z nomidan tashish uchun tashuvchiga taqdim etuvchi va u haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlarida ko‘rsatilgan shaxs; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son) Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling