Mavzu: O'zbekistonning bojxona tarixi


Download 9.66 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi9.66 Kb.
#1509054
Bog'liq
Reja Markaziy Osiyoda bojxona ishi-fayllar.org


Reja Markaziy Osiyoda bojxona ishi

Mavzu: O'zbekistonning bojxona tarixi


Kirish.
Reja:.1.Markaziy Osiyoda bojxona ishi.
.2.O'zbekistonda bojxona ishining tashkil topish bosqichlari.
.3.O'zbekistonning logistik faoliyati indeksi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Xulosa.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.
1.Markaziy Osiyoda bojxona ishi. Amir Temur rahnamoligi ostida tarkibiga solingan soliqlar va bojlarni undirish xam kiradigan moliyaviy-iqtisodiy tizimning puxta faoliyat kursatishi xar qanday tuzumda davlat mavjud bo’lishining iqtisodiy asosi xisoblagan .Akademik B.Axmedovning fikriga kura bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda Qadim zamonlardan boshlab mavjud bo'lgan.
Chunki ko'p ming yillab Sharqni G'arb bilan bog'lagan Buyuk Ipak yo'li Markaziy Osiyo xududidan o'tgan. O'rta dengizidagi Suriyaning Antioxiya (yoki Antalya) porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat kilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yuli orqali Xitoy va Yaponiyaga yul olganlar.
Buyuk Ipak yo'lidagi boj yig'imlari xaqidagi dastlabki yozma eslatmalar VIII asrdagi arab manbalaridan ma‘lum. Ko'p asrlar davomida boj miqdori o'zgarishsiz bo'lib keldi. U tovar qiymatining 2 foizini tashkil etgan (Bunday boj XIX asrgacha saqlanib qoldi. Buxoro, Kukon va Xivadan Rossiyaga katnovchi karvonlardan 2,5 foiz miqdorida boj olinardi). Bu barchani qoniqtiruvchi maqbul variant deyish mumkin edi.
Temuriylar davrida ulkan saltanatda yullar ancha yaxshi xolatda saklangan. Yulning xar bir kunlik masofasida karvonsaroylar bulib, ularda savdogarlarni yarog osgan otlik kurikchilar otryadi kutib olar, ular savdogarlarni keyingi dam olish joyiga kuzatib kuyishga shay turishar edi.
XV asr boshida Amir Temur saroyida bulgan Kastiliyaning elchisi Ryui Gonzales de Klavixo uzining Samarkndga kilgan turt oylik sayoxatida «butun mamlakat Temur xukmronligi ostida tinch yashaydi», deb kayd etgan.
«Ofisi» uzoq vaqt Sultoniyada bo'lgan vatikanlik arxiepiskop Ioann Amir Temur tomonidan savdogarlarga berilgan imtiyozlarni qayd qiladi: «Ioan xorijiy savdogarlarga berilgan imtiyozlarni qayd qiladi: «Temur xorijiy savdogarlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bular va butun saltanatida ularga qulay sharoitlar va xavfsizlikni yaratib bergan... Agar unga qarashli yerlarda qaysidir savdogarni tunashsa, o'sha yerning xukmdori savdogarga yo'qotgan narsasini ikki baravar qilib qaytarib berar, bundan tashqari ushbu summani Temurga besh baravar miqdorda to'lardi».
Tovarlar (manufaktura, kerosin, gugurt, qand-shakar) ko'zdan kechirish uchun Samarqand ombor bojxonasiga taqdim etilishi kerak bo'lgan. Bu yerda tovarlarga maxsus tamg'alar bosilar va tavarlar savdogarlar tomonidan Afgoniston-Buxoro chegarasida joylashgan Karki, Kalif, Chushkaguzar, Termiz, Ayvoj, Saroy va Chebekdagi chegara bojxonalari orqali olib otilardi. Bu yerda bojxonachilar tamg'a bosilgan joylarni ko'zdan kechirishar, tamg'ani olib qo'yishar va tovarni chet elga chiqarishar edi.
2.O'zbekiston bojxona ishining tashkil bo’lish bosqichlari. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston okrugi o'shalardan biri bo’ldi. Turkiston okrugidan 16 ta bojxona organi mavjud edi.
1895 yilda Termiz shaxrida Pattakesar bojxonasi tashkil etildi. Unda asosan Afg'onistondan keltiriladigan tovarlardan boj undirilgan. Xar yili ushbu bojxona posti orqali 2500 dan ziyod sayoxatchi o'tardi. U paytlari Afg'oniston xududi orqali Markaziy Osiyoga ko'plab kontrabanda tovari xam o'tkazilgan.
1917 yildan keyin ichki va tashqi savdo xalq Komissarligida 8 ta bojxona okrugidan iborat bojxona boshqarmasi tashkil etilib, Turkiston okrugi shulardan biri edi. 1925 yilda bojxona boshqarmasi Bojxona bosh boshqarmasiga aylantirildi. Uning tarkibida bojxonaning 11 ta inspektorlik organlari va 266 ta bojxona bo'lib, ularda 5710 nafar xodim ishlar edi. O'sha yili Termiz shaxridagi Pattakesar bojxonasi Termiz bojxonasiga aylantirildi. Xalq komissarliklari vazirliklarga aylantirilgandan keyin Bojxona bosh boshqarmasi Tashqi savdo vazirlik tarkibida qoldi.
Toshkent shaxri sobiq SSSR ning janubiy darvozasi xisoblanib, xorijdan uchib kelgan samolyotlar Toshkentda to'xtab o'tar edi. Yangi xavo yo'llari ochilishi munosabati bilan 1959 yil 14 aprelda Toshkent aeroportida Termiz bojxonasiga bo'ysunuvchi bojxona posti tashkil etildi. Toshkent postida xammasi bolib 3 ta xodim ishlagan. Ularga V.N.Novikov raxbarlik qilardi.
1988-89 yillarda Samarkand, Buxoro, Namangan, Andijon, Karshi, Guliston, Jizzax, Qo'qon, Navoiy, Urganch, Chirchiq, Olmaliqda bojxona postlari ishga tushdi. 1990 yil oxiri va 1991 yil boshida Samarkand, Farg'ona va Nukus postlari bojxonalarga aylantirildi va O’zbekiston Respublikasi Bojxona boshqarmasiga bo'ysundirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10-avgustdagi Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xuzuridagi Tovar moddiy boyliklar olib chiqib ketilishi ustidan nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasi negizida Davlat bojxona qo'mitasi tashkil etildi. 1277 kishidan iborat xodimlar shtati belgilandi. U.A.Abdug'aniev qo'mita raisi etib tayinlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 -yil 18 yanvardagi Farmoni bilan bojxona organlari vazifalari va funktsiyalari aniqlashtirilgandan keyin Bojxona qo'mitasi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Bojxona bosh boshqarmasiga aylantirildi. S.A.Alimboev DSK raisisning o'rinbosari va Bojxona bosh boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasini tashkil etish to'g'risida»gi 1997 yil 8 iyuldagi Farmoni Respublika bojxona ishi tarixidagi muxim xujjat bo’ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, DSK ning Bojxona bosh boshqarmasi negizida Davlat bojxona qo'mitasi tuzildi. Tarixda birinchi marta bojxona organlariga xuquqni muxofaza qilish tashkiloti xuquqi berildi.
Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1997 yil 30 iyulda qabul qilingan qarorda Davlat bojxona qo'mitasi xuzurida O’quv markazi tashkil etilishi xaqida so'z boradi. Bu bojxona tarixidagi birinchi qaror bulib, bojxona kadrlarini tayyorlashda ushbu qarorning ahamiyati katta.
3-Reja.
1.1-chizmaga kora.2016-2018 yillarda Jahon bankining logistika samaradorligi indeksi (LPI) milliy va xalqaro miqyosda tovarlarni yetkazib berish qulayligi va savdo logistikasi holatini o'rgandi. Jahon banki 2012 yildan beri har ikki yilda eng yaxshi savdo logistikasiga ega mamlakatlami aniqlaydi.
Bu ko'rsatkich quyidagicha bo'ldi ya'ni: 1-o'rinni Germaniya 98 Kambodja,99 O'zbekiston, 100-o'rinni Bangladesh egalladi. Bu chizmada O'zbekistonning
o'rnini yuqorilaganini ko'rishimiz mumkin yani:
2016-yilda bu natija 118bo'lsa, 2018da 99-o'ringa chiqib oldi.
2.1-chizmaga ko'ra O'zbekistonning 2020-2021-yillarda tashqi savdo aylanmasining ko'p qismi MDH davlatlariga to'g'ri keldi.Unga ko'ra:(foizda) 1.Rossiya 16.8.,2.Xitoy 15.9, Qozog'iston 7.7 qolgan qismi esa Germaniya, Turkiya. Janubiy Korea, Afg'onistonga to'g'ri keladi.
80%
50%
10%
30%
70%
50%
3.1-jadvalga ko'ra: O'zbekistonning Yirik hamkor davlatlar bilan tashqi savdoaylanmasi reytinggi ko'rsatilgan(2020-2021-yillarda) unga ko'ra 1-Xitoy
2-Rossiya. 3-Qozog'iston. 4-Turkiya. 5-Janubiy Korea. 6-Qirg'iziston. 7-Germaniya.
8-Turkmaniston. 9-Ukraina. 10-Afg'oniston keltirib o'tilgan.
Xulosa qilib aytganda hayotimizning har jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida aholi farovonligini taʼminlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksaltirish kabi bir qator ezgu gʻoyalar mujassam. Bu bojxona tizimidagi oʻzgarish va yangilanishlarda ham namoyon boʻladi.
Biroq, tahlillar ilgʻor raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish mumkinligini koʻrsatmoqda.
Joriy yilning 10-sentyabr kuni qabul qilingan “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ayni maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Bojxona kodeksi (1997)
2.Bojxona tarifi to'g'risidagi qonun.(1997)
3.Arxiv.uz
4.Stat.uz
5.O'zbekistonning eng yangi tarixi
6.WCO.com
E'tiboringiz uchun raxmat!
http://fayllar.org
Download 9.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling