1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet23/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

3) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida taqdim etilayotgan BYuD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi.
Masalan, agar BYuD ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa BYuDning asosiy varag‘ida “1/3”; birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”; ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar BYuD qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYuD qog‘ozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYuD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYuDning 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYuDning to‘ldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim;
5) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuD taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;
(25-band 5-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
6) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada tovarlarni qabul qiluvchisi va importchisi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
(25-band 6-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-4, 29.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/2773-4/4091-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Agar tovarlarni importchisi ham, qabul qiluvchisi ham bir shaxs bo‘lsa:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili hamda telefon raqami haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(25-bandning 6-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Masalan:
“Kabirov Abdukarim Soliyevich
Samarqand viloyati, Samarqand shah., Sherdor ko‘ch., 6-uy, 8-xonadon, telefon: 8-366-999-99-99
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Trans group” MChJ
Toshkent shah., Yunusobod tumani, Uch terak ko‘ch., 3-uy, 19-xonadon, telefon: +99871-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Agar importchi va yukni qabul qiluvchi nomidan yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi qatnashayotgan bo‘lsa, tarkibiy tuzilmaning qisqacha nomi, joylashgan eri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), shuningdek yuridik shaxs to‘g‘risida yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Vodiy-Farg’ona” MChJ
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shah., Sanoat ko‘ch., 2-uy, telefon: 8-373-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz
“Vodiy” MChJning filiali
Andijon viloyati, Andijon shah., Bobur ko‘chasi, 597-uy, telefon: 8-374-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar importchi va yukni qabul qiluvchi turli shaxslar bo‘lsa, xususan qabul qiluvchi tovarni importchining topshirig‘iga asosan qabul qilib olayotgan yoxud shunga o‘xshash boshqa holatlarda grafada avval qabul qiluvchining qisqacha nomi, joylashgan eri (yuridik manzili) va telefon raqami, so‘ngra importchining (tovarni qabul qilib olish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Xolis” MChJ
Toshkent viloyati, Chinoz tumani, O‘qituvchilar ko‘ch., 17-uy, telefon: +998XX-XXX-XX-XX
“Ta’minot” AJ topshirig‘iga asosan, Toshkent shah., Shayxontohur tumani, A. Xodjayev ko‘ch., 310-uy.
BYuDning 9-grafasida importchi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladigan bo‘lsa, mazkur grafada qabul qiluvchidan keyin importchi xaqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi talab etilmaydi.
(25-band 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-4, 29.11.2019-y.) asosan o‘n sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/2773-4/4091-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning yuqori o‘ng burchagida “№” belgisidan so‘ng agar yukni qabul qiluvchilar:
(25-bandning 6-kichik bandi o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs — rezidentlar bo‘lsa — “00000001” kodi;
(25-bandning 6-kichik bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs — norezidentlar bo‘lsa — “00000002” kodi;
(25-bandning 6-kichik bandi yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tashkilot bo‘lsa — “00000003” kodi;
(25-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan yigirma yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari bo‘lsa “99999999” kodi;
xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlarining iqtisodiy, texnik hamkorlik, gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha vakolatxonalari, doimiy muassasalar bo‘lsa “88888888” kodi ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur kichik bandning yigirma to‘rtinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilmagan shaxslar bo‘lsa, ma’lumot ko‘rsatilmaydi.
(25-band 6-kichik bandining o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan so‘ng yukni qabul qiluvchining STIRi, yukni qabul qiluvchi nomidan uning tarkibiy tuzilmasi ishtirok etayotgan holatlarda tarkibiy tuzilmaning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi), so‘ngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq ko‘rsatiladi. STIR yoki JShShIRga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi ko‘rsatiladi.
(25-band 6-kichik bandining o‘ttiz birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Tovarlarni qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda qo‘shimcha varaqlarda grafa to‘ldirilmaydi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling