1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet33/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

27) 32-grafa. “Tovar №”.
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
Bitta nomdagi tovar deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa, grafada “1” raqami ko‘rsatiladi;
28) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod bo‘sh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
29) 34-grafa. “Kelib chiqish mamlakati kodi”.
Grafaning chap bo‘lmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni kelib chiqish mamlakatining Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lsa, “000” kodi qo‘yiladi.
Agar tovarni kelib chiqish sertifikatida Yevropa ittifoqining aniq mamlakati ko‘rsatilmagan bo‘lib, tovarning kelib chiqish mamlakati sifatida Yevropa ittifoqi ko‘rsatilgan bo‘lsa, lotin harflari bilan ikki harfdan iborat “EU” kodi qo‘yiladi;
30) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada BYuDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “brutto” og‘irligi ko‘rsatiladi. “Brutto” og‘irlik deganda tovarning umumiy og‘irligi, shu jumladan, tovar muomalaga kiritilgunga qadar holatini o‘zgarmasligini ta’minlab turish uchun zarur bo‘lgan uning barcha turdagi o‘ramlari (konteyner va boshqa transport uskunalari bundan mustasno) bilan birgalikdagi og‘irligi tushuniladi.
Brutto vazn matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi uchinchi raqamgacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir kilogrammdan kam bo‘lsa, brutto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir grammdan kam bo‘lsa, brutto vazn verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Quvur transporti bilan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning umumiy og‘irligi ko‘rsatiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘ldirilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 31-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling