1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet69/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

24) 32-grafa. “Tovar №”.
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
Bitta nomdagi tovar deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa, grafada “1” raqami ko‘rsatiladi;
25) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod bo‘sh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
26) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada BYuDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “brutto” og‘irligi ko‘rsatiladi. “Brutto” og‘irlik deganda tovarning umumiy og‘irligi, shu jumladan tovar muomalaga kiritilgunga qadar holatini o‘zgarmasligini ta’minlab turish uchun zarur bo‘lgan uning barcha turdagi o‘ramlari (konteyner va boshqa transport uskunalari bundan mustasno) bilan birgalikdagi umumiy og‘irligi tushuniladi.
Brutto vazn matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi uchinchi raqamgacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir kilogrammdan kam bo‘lsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir grammdan kam bo‘lsa, tovar vazni verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Quvur transporti bilan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning umumiy og‘irligi ko‘rsatiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘ldirilmaydi;
27) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafada tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish protsedurasining yetti belgili kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud bo‘lmasa “00” ko‘rsatiladi;
oxirgi uchta raqam — Tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib o‘tish xususiyati kodi. Agar tovarlarni olib o‘tish xususiyati belgilanmagan bo‘lsa “000” ko‘rsatiladi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling