1· Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit, uning turlari va funksiyalari


Ba’zi davlatlarning kredit tizimi


Download 121.5 Kb.
bet4/4
Sana14.03.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1267603
1   2   3   4
Bog'liq
XALQARO KREDIT VA UNING TASHQI IQTISODIY MUNOSABATLARNING RIVOJLANISHIDAGI O’RNI

Ba’zi davlatlarning kredit tizimi
Ќar bir mamlakatning kredit tizimi markaziy va tijorat banklari, nobank va boshqa tashkilotlarni o’z ichiga oldi. Jumladan, Shvesariyada Davlat banki 40-ga yakin tijorat banki faoliyatini nazorat qiladi, AŠShda 13 minga yakin tijorat banklari mavjud. Shvesariyada xar 10 ming aholiga bittadan moliya muassasasi to’ђri keladi, Rossiyada 1995 yil boshiga Markaziy bank lisenziyasiga ega bo’lgan 2486 tijorat banki mavjud.
Barcha mamlakatlarda ham kreditlash munosabatlarida mijozning kreditga layoqatligini baholash muhim hisoblanadi.
Jumladan, AŠShda mijozning kreditga layoqatligini baholash va kredit xatarini minimallashtirish maqsadida 5 «S» usulidan foydalaniladi. Bu usul mijoz faoliyatini baholashning quyidagi mezonlarini o’z ichiga oladi.
1. Mijozning obro’si
2. Tulovga layokatligi
3. Kapital miqdori
4. Kreditni taminlanishi
5. Iqtisodiy holati va uning kelajagi
Angliya banklarida mijozning kreditga layoqatligini baholashda savollar varaђi mavjud. Ushbu javoblar bankka kredit berish qarorini qabul qilishga imkon beradi. Savollar varaђida:
1. Kreditni maqsadi, qonuniyligi, bank kredit siyosatiga to’ђri kelishi
2. Kredit so’mmasini hisoblashdagi aniqlik, tasdiqlovchi xujjat, so’ralgan so’mmani yetarli, kam yoki ko’pligi
3. Kreditni qaytarilishi – qachon va manbasi.
4. Kreditlanayotgan loyihaning realligi – qanchalik zarurligi, texnik iqtisodiy asoslanganligi, uni hisob varaђi va balansi baholanganligi.
5. Xatarlar – bank va kompaniya uchun xatarlar manbalarini mujassamlanganligi, uni oldini olish choralari
6. Taminlanganlik – taminlashni mavjudligi, garov qiymati, uni suђurtalanganligi va boshqalar
7. Foydalilik – shartnomada daromadni xarajatlarni qoplashi.
Kredit berishni hal qilishda nemis banklarini quyidagi muommalar qiziqtiradi.
1. Tadbirkorning shaxsiy xarakateri – xulqi, qiliђi, odati, odillik darajasi, yoshi, oilaviy xolati, mansabi, xobbisi va boshqalar
2. Malumoti – diplom nusxasi, malakasi, iqtisodga qiziqishi, rejalashtirish qobiliyati, xatarga qo’l urushi.
3. Texnik bilim saviyasi – maxsus bilim yurti, tajribasi, ishga ixtisoslashuvi.
4. Jismoniy holati – soђligi holati, sport bilan shuђullanishi.
5. Mulki – shaxsiy mulki, kuchmas mulkka egalik qilishi, daromad manbalari, qarzlari, soliq majburiyatlari, oila azolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki.
Ushbu savolarga javoblar bank bo’limida suhbat, telefon yoki anketa berish orqali aniqlanishi mumkin.
Nemis banklarida mijozning tulovga layoqatligini baholashda arizaning «Oylik daromad hisobi» bo’limi asosiy o’rinni egalaydi:
A. Oylik daromad
1. Solikdan tashqari maosh.
2. Bolalar uchun olinadigan nafaqalar.
3. Pensiya
4. Omonatlar va qimmatli qoђozlar bo’yicha foizlar
5. Boshqa daromadlar
A. Jami
B. Oylik xarajati
1. Joriy xarajatlar
2. Suђurta badallari
3. Oldingi kredit uchun to’lovlar
4. Kvartira to’lovlari
5. Boshqa xarajatlar
B. Jami
S. Ixtiyoridagi daromad (A-V)
Fransiya, Belgiya va Lyuksemburgda mijoz obro’sini baholashda kredit skoring (ochko, ball yiђish) yo’lidan ham foydalaniladi. Jumladan, Amerika iqtisodchisi D.Dyuran tomonidan 1940 yillar boshida ishlab chiqilgan skoring modelida quyidagi koeffisiyentlardan qullaniladi:
1. yoshi – 20 dan yuqori bo’lgan har bir yil uchun 0,1 ball (maks-0,3)
2. jinsi – ayol – 0,4, erkak – 0
3. yashash muddati – Ushbu joyda yashagan har bir yili uchun 0,042 (maksimum 0,42 ball)
4. kasbi – kichik riskdagi kasb uchun – 0,55, yuqori riskdagi kasb uchun, 0,16
5. Bandligi – 0.059 – bir korxonada ishlagan har bir yili uchun (maksimum 0,59)
6-8. moliyaviy ko’rsatkichlari - 0,45-bankdagi mablaђlari uchun, 0,35 kuchmas mulkka egaligi uchun, 0,19-xayoti suђurta polisi uchun.
Bu koefisiyentlarni qo’llash bilan Dyuran «Yaxshi» va «yomon» mijoz o’rtasidagi chegarani 1,25 bal deb oldi. 1,25 balldan yuqori balli mijozlar kreditga layoqatli deb, undan kamlari kreditga layoqatsiz deb topilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib turli mamlakatlarda kreditga layoqatlikni aniqlashda turlicha yondashuvlar bo’lishiga qaramasdan ularning asosiy maqsadi bank tomonidan beriladigan kreditlarning samarali ishlatilishi va ularning o’z vaqtida bankka qaytib kelishini ta’minlashdan iborat.
Turli mamlakatlarda ayrim xususiyatlar nafaqat mijozning kreditga layoqatligini aniqlash bo’yicha, balki kredit shartnomalarini qo’llash bo’yicha ham mavjud.
Jumladan, Yaponiyada kredit shartnomalar to’zish va ularni amalga oshirish sohasida bank yuristlari har doim advokat kontoralari bilan aloqa qiladilar va qiyin yuridik savollarga javob topadilar. Bank yuristlari bank xodimlarini yuridik jihatdan doimiy tarzda o’qitib turadilar.
AQSh da eng batafsil kredit shartnomasi kuyidagilarni o’z ichiga oladi:
- mijoz haqidagi umumiy ma’lumot
- shartnomaning asosiy parametrlari, so’mma, muddat va maqsadi
- tasdiklangan shartlar
- inkor etiladigan shartlar
- kreditni to’lash kafolatlari
- shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jazo choralari
- to’lovga layokatsiz va bankrot deb e’lon kilish mezonlari
- bankka qarzni tulamagan taqdirdagi bank xuquqlari
Germaniyada kredit shartnomasining tipik shakli quyidagi ko’rsatkichlarga ega:
- tomonlarning to’liq nomi va manzillari
- olingan va olinayotgan kreditlar to’ђrisida to’liq ma’lumotlar
- yangi kreditning maqsadi
- yangi kreditning shartlari
- kredit uchun hisoblangan va undiriladigan foiz so’mmalarini xisoblash tartibi
- kredit qaytarilishining kafoloti
- boshqa shartlar
- mas’ul shaxslarning muxrlari bilan tasdiqlangan imzolar
Germaniyada bank va korxona o’rtasidagi kredit shartnomasi 3 bosqichda to’ziladi:
- mijoz tomonidan kredit shartnomasi tarkibining shakllantirilishi
- uni bank tomonidan ko’rib chiqilishi va xulosa berilishi
- kredit shartnomasini imzolash
Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling