1. Tashqi qurilmalarni tavsiflash. Kataloglarni o‘qish


Download 50.82 Kb.
bet4/11
Sana19.06.2023
Hajmi50.82 Kb.
#1604469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ma\'ruza-7

Fayl nomi va yo’l nomi.
Har bir fayl ajratib olish uchun biror nomlanadi va fayl nomining uzunligi maksimal 256 ta belgidan iborat bo’ladi. Bu nomlar katta-kichik harflar, belgilar, raqamlardan iborat bo’lishi mumkin.
Quidagi belgilar fayl nomlashda ishlatilmaydi.

! @ # $ % ^ & * ( ) [ ] { } ‘ ” \ / | ; ‘




Yo’l nomi(pathname).
Siz buyruqlar satrida yo’l nomi kerakli kataloglarga murojat qilishingiz mumkin. Yo’l nomidan foydalanish uchun, siz avval Linux fayl strukturasi haqida tushunchaga ega bo’lishingiz lozim. Linuxda eng yuqori darajali katalog ildiz katalog hisoblanadi va slesh(/) orqali ifodalanadi.
Ildiz catalog ichida yuqori darajali kataloglar joylashgan va ularning ichida sub-kataloglar joylashgan.


Linux fayl tizimining fayl strukturasi.
Yo’l nomi 2 xil bo’ladi: absalyut va releativ. Bu ikkala usuldan foydalanib siz kataloglarda “Sayr” qilishingiz mumkin. “Releative” yo’l nomi sizning joriy katalogingizdan boshlanadi. Masalan, siz uy katalogdan shu katalog ichida turgan musics katalogga o’tmoqchisiz:
cd musics
Relativ yo’l nomini fayl yoki catalog nomi bilan boshlash mumkin, yoki maxsus belgilar nuqta (.) – bu joriy katalogni bildiradi, (..) – ota catalog joriy catalog ota catalog ichida joylashgan bo’ladi, lekin uning oldidan (/) belgi qo’yilmaydi.
Linux fayl tizimida oddiy misollar.
Absalyut yo’l nomi root katalogdan (/) boshlab to’liq nomni ko’rsatadi. Masalan, quidagi buyruq sizga joriy katalogdan ko’rsatilgan katalogga o’tishingizni ta’minlaydi.
cd /usr/applic
Fayl va papkalarga oid buyruqlar:
mkdir — papka(katalog) ochish. Kerakli joyda papka ochib beradi.
mkdir oracle — oracle nomli papkani, «tekuщiy» adresda ochib beradi.
mkdir /tmp/akmx — «tmp» papka ichida, akmx nomli papka ochish.
mkdir /tmp/akmx -p — «p» kalit harf bilan papka ochilsa, agar papka ochilayotgan adresda shu nomli papka bo‘lsa, ustiga yangisini ochib beradi, hech qanday xatolik haqidagi axborot ekranga chiqmaydi.
cd — papkadan papkaga o‘tish buyruqsi. Biror adresda, boshqa bir adresga ko‘chish vazifasini bajaradi.
cd /home/user — birdaniga «/home/user» nomli katalogga sakrab o‘tish.
cd .. — holatni, bitta tepa holatiga o‘tkazish, misol uchun hozirgi holat /home/user bo‘lsa, cd .. buyruqsidan keyin /home holatiga o‘tiladi.
cd / — «kornevoy»(dastlabki) holatga o‘tish.
cd ~user — «user» nomli foydalanuvchi papkasiga o‘tish.
pwd — qaysi holatdaligini bilish. Misol uchun, siz biror buyruqni ma’lum bir katalog ichidan ishga tushirishingiz kerak, lekin terminal qaysi holatda(qaysi katalog ichida) turganini bilmaysiz, shunda «pwd» buyruqsi orqali holatni aniqlab olasiz.
ls — biror adresda qanday fayl va papkalar mavjudligini ekranga chiqarib beradi.
ls -al /home/oracle — «/home/oracle» adresida, qanday fayl va papkalar mavjudligini ro‘yhatini chiqarib, u haqida to‘liq ma’lumot beradi.
rm — o‘chirish buyruqsi.
rm akmx.txt — akmx.txt nomli faylni o‘chirish.
rm -r akmx — akmx nomli papka bo‘sh bo‘lsa, bu papkani o‘chiradi.
rm -rf akmx — akmx nomli papkani ichidagi fayllari bilan birga o‘chirish.
cp — nusxa olish.
cp file1.txt file2.txt — file1.txt nomli faylni shu katalogga file2.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp file1.txt /home/user/test.txt — file1.txt faylini ko‘rsatilgan papka ichiga test.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp -r test /home/test2 — test nomli papkani ko‘rsatilgan adresga test2 nomga o‘zgartirib nusxasini olish.

Download 50.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling