1. Taxeometrik s’yomka va uning mohiyati. Taxeometr yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoqlariga bog‘lash


Download 114.45 Kb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi114.45 Kb.
#1780437
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza


2-MAVZU: TAXEOMETRIK S’YOMKA MOHIYATI VA UNING MOHIYATI. ZAMONAVIY ELEKTRON TAXEOMETRLARNING TUZILISHLARI. TAFSILOT VA RELYEFNI SYOMKA QILISH. TAXEOMETRIK SYOMKADA DALA O‘LCHASH NATIJALARINI MATEMATIK ISHLAB CHIQISH
Reja:
1.Taxeometrik s’yomka va uning mohiyati.
2.Taxeometr yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoqlariga bog‘lash.
3.Zamonaviy elektron taxeometrlar tuzilishlari.
4.Joyning topografik planini tuzish va rasmiylashtirish


1.Taxeometrik s’yomka va uning mohiyati.
Taxeometrik s’yomkani bir sistemada olib borish uchun taxeo­metrik yo‘l s’yomka joyiga yaqin bo‘lgan tayanch punktlarga boshi va oxirida planiy va balandlik bo‘yicha bog‘lanadi. Tayanch punktlar orasida olinadigan geodezek yo‘l s’yomka yo‘li deyiladi; s’yomka yo‘li, aniqligiga qarab, teodolit – nivelir yo‘li bilan teodolit taxeometr yo‘liga bo‘linadi.
Teodolit–nivelir yo‘lida masofa lenta yoki aniq dalnomer bilan, burchaklar teodolit bilan o‘lchanadi, nisbiy balandliklar geometrik nivelirlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Teodolit – taxeometr yo‘lida burchak teodolit bilan, tomonlar uzunligi G.400 aniqlikda dalnomer bilan o‘lchanadi. Ver­tikal burchak to‘g‘ri va teskari qarab o‘lchanadi, bunda ikki o‘lchash farqi 2t dan oshmasligi kerak; bu yerda t– sanoq aniqligi. To‘g‘ri va teskari nisbiy balandliklar farqi 100 m da ±0,06 m dan oshmasligi kerak. Taxeometrik yo‘l va tomon uzunliklari

s’emka masshtabisa. qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, masshtab 1:1000 bo‘lganda yo‘l uzunligi 400 m atrofida, tomon uzunligi 150 m gacha bo‘ladi.


Taxeometrik yo‘l joy situatsiyasi va relefini s’yomka qilish­da asos bo‘ladi. Asbob o‘rnatiladigan stansiyalar nomerlanib, avoyda mahkamlanadi.
Taxeometrik s’yomka chizig‘iy inshoot yo‘nalishi bo‘yicha olib bobo-rilsa, marshrut s’yomka, malum maydon yuzasi bo‘yicha olib borilsa, maydon s’yomkasi deyiladi. Marshrut s’yomkada taxeomet­rik yo‘l ikki punktga (boshda va oxirda) bog‘lanadi. Maydon syomkasida yopnk poligon holida olib boriladi, lekin poligonning bir nuqtasi (stansiyasi) punktga bog‘lanadi.

Download 114.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling