1. Tayanch-xarakat apparatiining ahamiyati va vazifasi. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi va yosh xususiyatlari


Suyak tuzilishi, birikishi va uning yosh xususiyatlari


Download 368.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana24.12.2022
Hajmi368.6 Kb.
#1056120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4. MA’RUZA. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi.

 
Suyak tuzilishi, birikishi va uning yosh xususiyatlari.
Suyak tuzilishi. Suyaklar tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat. 
Suyakning organik moddasiga ossein deyilib, u suyak vaznining 1/3 qismini 
tashkil etadi, qolgan 2/3 qismi anorganik moddalardan iborat. Yosh kattalashgan 
sari suyaklar tarkibidagi anorganik moddalar miqdori ortib boradi. Shuning uchun 


keksalarning suyagi mo'rt bo'ladi. Kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar 
nisbati ham o'zgaradi. Kichik maktab yoshidagi bolalar suyagi tarkibida ko'proq 
kalsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagi tarkibida fosfor tuzlari ko'p 
bo'ladi. Suyaklarning tuzilishi va kimyoviy tarkibi o'zgarishi bilan ularning fizik 
xossalari ham o'zgaradi. Bolalarning suyagi, tog'aylari mayin, qayishqoq bo'ladi. 7 
yoshda naysimon suyaklarning tuzilishi katta odamlarnikiga o'xshashdir. Lekin 10-
12 yoshlarda suyakning g'ovak moddasi jadal o'zgaradi. Bolaning yoshi qancha 
kichik bo'lsa, suyak ust pardasi suyakning zich qavatiga shuncha yopishadi, 7 
yoshda suyak ust pardasi zich qavatdan ajralib turadi. 7 dan 10 yoshgacha 
naysimon suyaklarning ilik qismi o'sishi sekinlashadi, 11-12 yoshdan 18 
yoshgacha naysimon suyaklar to'la shakllanib bo'ladi. 
Suyaklarning 
birikishi. 
Suyaklarning 
harakatlanmaydigan, 
kam 
harakatlanadigan va harakatlanuvchi birikishlari yoki bug’unlari farqlanadi. 
Suyaklarning harakatlanmaydigan birikishi ularning o’sib bir-biriga birikib 
ketishi bilan yuz beradi. Bunday paytlarda harakat juda chegaralangan yoki 
umuman bo’lmaydi. Masalan, bosh miya qutisining harakatlanmasligiga uning 
ko’plab qirralarining ikkinchi suyakning shunga xos qirralarining chuqurchalariga 
kirib ketishi natijasida erishiladi. Suyaklarning bunday birikishi «tikish» - 
«tikilish» degan nom oldi.
Suyaklar orasidagi egiluvchan tog’ay yopg’ichlarning faoliyati tufayli, kam 
harakatlanuvchanlikga erishiladi. Bunday yopg’ichlar barcha umurtqa pog’onasi 
segmentlari orasida joylashgan bo’ladi. Muskullar qisqargan paytda bu yopg’ichlar 
siqiladi va umurtqa segmentlari bir-biriga yaqinlashadi. Yurganda, sakraganda va 
yugurganda bu yopg’ichlar ammortizator vazifasini o’taydi, bu bilan keskin 
harakatlarni yumshatadi va tanani silkinishidan saqlaydi.
Harakatlanuvchi birikishlar ko’proq uchraydi va ular haqiqiy bo’g’unlar 
bilan ta’min etiladi. Suyaklarning bo’g’inlarga bo’linuvchi uchlari 0,2-0,6 mm.ga 
teng bo’lgan gialinli tog’aylar bilan qoplangan bo’ladi. Bunday tog’aylar juda 
elastik, yuzasi silliq yarqirab turuvchi po’stloqga o’xshash bo’lib suyaklar 
orasidagi ishqalanishni kamaytiradi va shu bilan yurgan paytda uni 
yengillashtiradi. Suyaklarning bo’linadigan qismlari juda zich biriktiruvchi 
to’qimadan iborat bug’un xaltasi bilan (kapsula) o’ralgan bo’ladi. Xaltaning tashqi 
fibrozli qatlami mustahkam va bug’unlarga bo’linuvchi suyaklarni bir-biriga 
mustahkam bog’lab turadi. Xaltaning ichki qatlami, sinovial po’stloq bilan 
qoplangan bo’lib, bo’g’un bo’shlig’ida mavjud bo’lgan sinovial suyuqlik 
yog’lovchi sifatida ta’sir ko’rsatadi va ishqalanishni kamayishini ham ta’minlaydi. 
Bug’unlar tashqi tomondan bog’lovchilar bilan mustahkamlangan bo’ladi. 
Suyaklarning yosh xususiyatlari. Embrional rivojlanish davrida skelet xuddi 
biriktiruvchi to’qimalar singari hosil bo’la boshlaydilar. Bola tug’ilguniga qadar 
biriktiruvchi to’qimalar tog’aylar bilan almashinadi, shundan keyingina sekin-asta 
tog’aylarning parchalanishi boshlanadi va uning o’rniga suyak to’qimalari hosil 
bo’la boshlaydi. Suyaklanish jarayoni organizmning butun rivojlanishi davomida 
uzoq davom etadi. O’sayotgan organizmlarda uzun suyaklarning uchlari –epifizlar 
uzoq muddat tog’ayligicha qoladi.


Yosh-yangi suyaklar bo’yiga –uzunasiga ularning uchlari va tanalari orasida 
joylashgan tog’aylar hisobiga o’sadilar. Suyaklarning o’sishini oxiriga kelib 
tog’aylar to’liq suyak to’qimalari bilan almashadi. Bolalarning suyaklarini o’sishi 
davomida uning tarkibidagi suvning miqdori kamayadi, mineral moddalarning 
miqdori esa ortadi. Bu paytda organik moddalarning miqdori esa kamayadi.
Erkaklarda suyaklarning o’sishi 20-24 yoshga kelib tugaydi. Bu vaqtda 
suyaklarni bo’yiga o’sishi tamomlanadi va ularning tog’ayli qismlari to’liq suyak 
to’qimalariga aylanib bo’ladilar. Ayollarda skeletning rivojlanishi 2-3 yil oldin 
tamom bo’ladi. 

Download 368.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling