4. MA’RUZA. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va
gigienasi.
Reja:
1. Tayanch-xarakat apparatiining ahamiyati va vazifasi.
2. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi va yosh xususiyatlari.
3. Suyak tuzilishi, birikishi, va uning yosh xususiyatlari.
4. Umurtqa pog’onasi va ko‘krak qafasi skeletining shakllanishi.
5. Bosh va qo’l-oyoq skeletining o’sishi va rivojlanishi.
6. Muskul sistemasi. Muskullarning dinamik va statik ishi.
7. Muskullaming rivojlanishi.
8. Turli yosh davrda muskullar kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamligi.
9. CHarchash uning fiziologik mexanizmi.
10. Qaddi-qomat va uning kamchiliklari.
11. Skolioz, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish.
12. Yassioyoqlik, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish.
Tayanch so’z va iboralar. Odam skeleti, tog`aylar va boylamlar, naysimon
suyaklar, yassi suyaklar, suyak tuzilishi, suyaklarning birikishi, umurtqa pog’onasi,
ko‘krak qafasi skeleti, bosh skeleti. qo’l skeleti,
oyoq skeleti, muskul sistemasi,
muskullarning ishi, muskul kuchi,
chaqqonlik, chidamlik, charchash,
qad-qomat,
kifotik qad-qomat, lordotik qad qomat, skoliotik qad-qomat, yassioyoqlik.
Tayanch-xarakat apparatining ahamiyati va vazifasi.
Harakat organlari tizimiga suyaklar (skelet), bog’lar, bug’unlar va muskullar
kiradi. Suyaklar, bog’lar va bug’unlar harakat organlarining passiv elementlari
hisoblanadi. Harakat apparatining faol qismi bo’lib muskullar hisoblanadi.
Harakat organlari tizimi – yaxlitdir; har bir organ va uning qismlari bir-biri
bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi.
Skelet har bir organni va butun tananing tayanchi va himoyachisi bo’lib
xizmat qiladi, ko’plab suyaklar esa tana va uning qismlari tomonidan bajariladigan
murakkab harakatlarning kuchli ko’targichi ham hisoblanadi.
Muskullar barcha
suyakli ko’targichlarning harakatini ta’minlaydi. Skelet tananing tuzilish asosini
tashkil etadi va jiddiy darajada uning o’lchami va shaklini aniqlaydi. Skeletning
miya qutisi, ko’krak
qafasi va chanoq, umurtqa pog’onasi tanasi kabi qismlari,
miya, o’pka, yurak, ichaklar kabi hayotiy muhim organlarni joylashadigan joyi va
himoyachisi bo’lib hisoblanadi.
Yaqin vaqtlargacha odamlar organizmidagi skeletning roli, tananing tayanch
va harakat faoliyatidagi ishtiroki bilan uning funksiyasi chegaralangan deb
hisoblanardi. Ana shundan «tayanch-harakat apparatlari»
degan atama yuzaga
kelgan. Hozirda skeletni funksiyasi juda keng ekanligi aniqlangan.
Skelet moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, aynan qonning mineral
tarkibini ma’lum darajada ushlab turilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari suyaklar
tarkibiga kiruvchi qator moddalar (kalsiy, fosfor, limon kislotasi va boshq.) zarur
bo’lgan paytlarda almashinuv reaksiyalariga yengil qo’shiladi.
Ko’pchilik muskullar suyaklarga tutashgan bo’ladi.
Muskullar skelet
suyaklarini harakatga keltiradi va ish bajaradi. Ko’plab muskullar, tana bo’shlig’ini
o’rab ichki organlarni himoya qiladi.