1. Tayanch-xarakat apparatiining ahamiyati va vazifasi. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi va yosh xususiyatlari


Download 368.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana24.12.2022
Hajmi368.6 Kb.
#1056120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
4. MA’RUZA. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi.

 
Muskullaming rivojlanishi.  
Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida tabaqalanib borib, sut 
emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar 
mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo‘ladi. Bunda avval 
Imyot uchun eng zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‘alararo, so'ngra qo‘l, 
gavda va oyoq muskullari rivojlanadi.
Bola tug‘ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo‘ladi. U lar 
bolaning hayoti davom ida rivojlana borib, 25 yoshda to‘liq shakllanadi. 
Muskullaming rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining 
shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola muskullarining vazni tanasi 
vaznining 23,3% ni, 8 yoshda - 27,2% ni, 12 yoshda - 29,4% ni, 15 yoshda - 32,6% 
ni, 18 yoshda - 44,2% ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo‘l muskullari 


yaxshi rivojlangan bo'ladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, 
dumba muskullari tez o'sadi, 6-7 yoshdan boshlab qo‘l panjasining muskullari tez 
rivojlanadi. Bolalarda bukuvchi muskullaming taranghgi yuqoriroq bo‘lib, 
yozuvchi muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun 
zarur muskullar rivojlanadi. Yosh ortib borishi bilan muskullaming kimyoviy 
tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar muskulida suv ko‘p bo’ladi. Muskullarning 
rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta 
odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar sust rivojlanadi. Keksayganda vazni 15-
20% kamayadi.
Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta’siri natijasida 
muskullar qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab 
turadi, boshqacha aytganda, skelet muskullarining uyg‘unlashgan harakatini 
vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli boiadi. Skelet 
muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga borliq. Muskul asosan muskul 
tolalaridan tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko‘ndalang yo’lli muskullar 
va silliq muskullarga bo‘linadi.
To‘qimaning ma’lum vaqt ichida ta’skni juda ko‘p qabul qilib, yangi ta’sirga 
tayyorlanishi labillik, ya’ni funktsnonal harakatchanlik deb aytiladi. Skelet 
muskullari ta’sirga qancha tez javob qaytarsa, vaqt birligida undan shuncha ko‘p 
ko‘zg‘alish o'tadi va labilligi shuncha yaiqori bo‘ladi. Aksincha muskul ta’sirga 
qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo‘ladi. Bola yoshining ortishi 
bilan labillik ham orta boradi. 14-15 yoshda labillik kattalarnikidek bo’lib qoladi. 
Bir butun organizmda mioskullarga juda ko‘p impulslar ketma-ket kehb turadi. 
Muskullar ana shu impulslarga javoban uzoq qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-
tez kelib turganidan muskullaming shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya’ni 
tetanus deb ataladi.
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog’liq. Muskul kuchi shu muskul 
tolalari yig’indisining ko‘ndalang kesigi diametriga to‘g‘ri proporsionaldir. 
Boshqacha aytganda, muskul ko‘ndalang kesigining diametri qancha katta bo’lsa, 
muskul shuncha kuchli bo’ladi. Muskul ishi yuk ogirligi yetarli boiganda juda 
yuqori bo’lsa, yuk me’yoridan og’irlashganda esa muskulning ish qobihyati 
pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanib turilganda muskul 
tolalarining yo‘g‘onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez 
ortasa, 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O‘smirlarda balog‘atga 
yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka 
va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa 
barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq 
qilishga, jinsga bogiiq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam boiadi. Mashqlar 
ta’sirida muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar 
(yurak, o‘pka, me’da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organizm yaxshi 
o‘sadi va rivojlanadi. 

Download 368.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling