3-amaliy mashg’ulot bolalar va o‘smirlar faol diqqatini yoshga qarab o‘zgarishini aniqlash


Download 51.03 Kb.
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi51.03 Kb.
#1112780
  1   2   3
Bog'liq
3-amaliy


3-AMALIY MASHG’ULOT
BOLALAR VA O‘SMIRLAR FAOL DIQQATINI YOSHGA QARAB O‘ZGARISHINI ANIQLASH
Faol diqqatni davomiyligi bolalarni yoshiga bog‘lik, bo‘ladi. Bola qancha yosh bo‘lsa bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonlari sust bo‘lib quzg‘alishni tarqalishi tez yuzaga keladi. Faol diqqatni davomiyligi 7-8 yoshda 15 minutni, 9-10 yoshda - 20 min, 11-12 yoshda - 25 min, 13-14 yoshda 30 min, 15-16 yoshda - 40 min va katta yoshlilarda - 55 -60 minutni tashkil- qiladi.
Agar aqliy ish faoliyat faol diqqatga nisbatan ko‘proq, davom yesa, u vaqtda tormozlanish susayadi va bolalarda harakatlanish paydo bo‘ladi hamda aqliy faoliyat aniqligi pasayadi, keyin katta yarim sharlarda qo‘zg‘aluvchanlik ham pasayadi bu esa shartli reflekslar hosil bo‘lishini susayatiradi va aqliy ish faoliyat tezligi pasayadi. Shunga ko‘ra, dars davomida aqliy faoliyat turlarini bir necha marta o‘zgartirib turish kerak, toki uning davomiyligi faol diqqat vaqtidan oshib ketmasin.
Faol diqqat qancha yaxshi jamlangan bo‘lsa aqliy ish shuncha tez va aniq bajariladi. Faol diqqatni jamlanishi bo‘yicha 4- jadvaldagi raqamlarni topishga sarflangan vaqtda qarab mulohaza qilish mumkin. Jadvaldagi 1 dan to 25 gacha bo‘lgan raqamni (raqamlar tartibsiz yozilgan) topish uchun 30-45 soniya sarflansa faol diqqatni jamlanishi yaxshi, 45-60 soniya qanoatli va 1 minutdan ko‘p bo‘lsa qanoasiz deb xisoblanadi.
Ishning maqsadi: Raqamlarni izlash usuli yordamida turli yoshdagi bolalarda faol diqqatni jamlanishini o‘rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar: 1 dan to 25 gacha yozilgan 40x40 hajmdagi 4 ta jadval, sekundomer yoki strelkali soat hamda kursatgich. Ish 7-8. 11-12 va 15-16 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladi.
Ishning bajarilishi: Bolaga 1-2 soniya davomida jadval ko‘rsatiladi va shu yerdan 1 dan to 25 gacha bo‘lgan raqamlarni tartibi bilan ko‘rsatgich tayoqchasi orqali ko‘rsatilishi aytiladi. Keyin tajriba boshlanadi, bunda 70-100 sm masofadan 1- chi jadval ko‘rsatilib «Boshladik» degan komanda beriladi va shu zaxoti sekundomer ishga tushiriladi. Bola birorta raqam yo‘qligi xaqida aytsa xammasi borligini aytish kerak.
Agar bola xatoga yo‘l quysa qaytadan usha raqamni aytishni talab qilish shart. 25 - raqamni ko‘rsatib aytib bo‘lgandan keyin sekundomer ham to‘xtatiladi va vaqt yozib olinadi. Xuddi shunday qilib 2,3,4 jadvallar ham ko‘rsatilib sarflangan vaqt yozib olinadi. Tajriba tugagandan keyin 4 ta jadval bo‘yicha olingan vaqt qo‘shiladi va 4 ga bo‘linadi, shunda o‘rtacha sarflangan vaqt chiqadi.

Download 51.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling