3-amaliy mashg’ulot bolalar va o‘smirlar faol diqqatini yoshga qarab o‘zgarishini aniqlash


Download 51.03 Kb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi51.03 Kb.
#1112780
1   2   3
Bog'liq
3-amaliy

Ishning rasmiylashtirilishi: Daftarga xar bitta bolani o‘rtacha sarflangan vaqti yoziladi va yosh guruhi bo‘yicha sarflangan o‘rtacha vaqt chiqariladi. Xudi shunday qilib boshqa yosh guruxlardagi sarflangan vaqt xisoblanadi. Oxirida yosh guruxlar orasidagi sarflangan vaqt aniqlandi va solishtiriladi.
Savollar

  1. Shartli reflekslarni hosil bo‘lishi uchun qanday sharoitlar talab etiladi?

  2. Shartli reflekslarning tezligi va turg‘unligi qanday kechadi?

  3. Shartli tormozlanish qanday ahamiyatga ega?

Birinchi va ikkinchi signal tizimlari o‘zaro qanday ta’sirga ega?

KO‘Z O‘TKIRLIGINI ANIQLASH
Darsning maqsadi: Insonlar ko‘zining o‘tkirligi, ko‘rish maydoni va ko‘r dog‘ini aniqlash. Darsni fiziologik o‘rgangan holda ko‘zning gigiyenik qoidalariga rioya etish.
Ko‘ruv reseptorlari organi bu ko‘zlar hisoblanadi. Ko‘zning ko‘rish mexanizmi to‘r pardada joylashgan sezuvchi reseptorlar yorug‘lik nurlarini bir fokusga keltirib , narsalarning kichraygan va aniq tasviri to‘r pardada hosil qilgan optik tizim orqali amalga oshadi.

  1. Ish. Ko‘rish o‘tkirligini Galovin jadvali yordamida aniqlash

Kerakli jihozlar. Galovin jadvali, metr.
Ishning bajarilishi. Golovin jadvali turli kattalikda bo‘lgan raqamlar yoki harflar ketma-ketligidan iborat. Harflar ketma-ketligi yuqoridan pastga tomon kichrayib boradi. Jadvalning chap tomonida ko‘rsatilgan alfavit harflarini o‘qish uchun masofa berilgan, o‘ng tomonida ko‘zning o‘tkirlik darajasini aniqlovchi sonlar ko‘rsatilgan.
Tekshiruvchi odamni turli masofadan o‘tqizib harflarni ko‘rsatish noqulay bo‘lganligi uchun 5 m naridan o‘qiy oladigan qator normal ko‘z o‘tkirligi deb qabul qilingan. Shuni inobatga olib belgilangan masofada o‘tiradi yoki tik turgan holda yorug‘lik yaxshi tushadigan devorga osilgan jadvaldagi harflar bir ko‘z yopilgan tarzda jadvalning yuqorisidan pastga tomon tekshiruvchi ko‘rsatgan harflarni o‘qiydi. Tekshirilayotgan odam o‘qiyotganida ma’lum qatorga kelib hato qilsa, o‘sha joyda to‘xtatiladi va yuqoridagi qatorni to‘g‘ri o‘qigan bo‘ladi.
Bu quyidagi formula bilan hisoblanadi.

Bunda, K – ko‘zning o‘tkirlik darajasi, A – tekshirilayotgan odam turgan masofa, B – o‘qilishi mukin bo‘lgan masofa.
Masalan, 50 m uzoqlikdan o‘qiydigan qatorni tekshiruvchi odam 5 metrdan o‘qisa.

bu ko‘rsatgich normadan 10 marta kam hisoblanadi. Agar 5 metrli masofadan qatorni 5 m naridan o‘qisa ko‘z o‘tkirligi

ga teng bo‘ladi, bu esa normal holat bo‘lib hisoblanadi. Binobarin 5 metrdan o‘qiydigan masofani 4 m dan o‘qisa ko‘z o‘tkirligi

normadan ortiq hisoblanadi.

Download 51.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling