1. Tebranish tizimi va elektr zanjirlaridagi rezonans hodisalari. Unsurlar ketma–ket ulangan zanjirda rezonans. Kuchlanishlar rezonansi


Download 30.09 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi30.09 Kb.
#1396434
Bog'liq
Rezonans haqida


Rezonans haqida.Kuchlanishlar rezonansi.

Reja:

1. Tebranish tizimi va elektr zanjirlaridagi rezonans hodisalari.
2. Unsurlar ketma–ket ulangan zanjirda rezonans.
3. Kuchlanishlar rezonansi
4. Adabiyotlar


1.Tebranish tizimi va elektr zanjirlaridagi rezonans hodisalari.
Elektrotexnikada zanjirning aloxida qismdagi qarshilik va oʼtkazuvchanliklar ham musbat ham manfiy kattaliklarga ega boʼlishi mumkin va bu kattaliklar bir–birini oʼzaro kompensatsiyalashi mumkin. Oqibatda amalda shunday holatlar mavjud boʼladiki, qachonki, zanjirda reaktiv unsurlar (induktivlik va sigʼim) mavjud boʼlishiga qaramasdan kirishdagi toʼliq zanjirning reaktiv qarshiligi yoki reaktiv oʼtkazuvchanligi nolga teng boʼladi. Bu kabi hususiy holatda kirishdagi tok va kuchlanish faza boʼyicha ustma–ust tushadi. Hamda toʼliq zanjirning ekvivalent qarshiligi aktiv boʼladi. Mazkur hodisani rezonansli deb ataladi.
Zanjirda induktivlik va sigʼimli unsurlar mavjud boʼlgan holda (mos ravishda magnit va elektr maydon energiyalarini yigʼuvchilar) tebranuvchi tizim haqida gapirish mumkin boʼladi. Reaktiv unsurlardagi elektromagnit maydon energiyasi asta–syokin issiqlik energiyasiga aylanadi.
Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq ushbu hodisani sodir boʼlishi muqarrardir.
Zanjirlarda qismlar ketma–ket yoki parallel ulangan holatda ham rezonansli hodisalar kelib chiqishi mumkin. Keyingi bayonlarda har bir holat uchun aloxida, batafsil toʼxtaymiz.
Unsurlar ketma–ket ulangan zanjirda rezonans.
1–rasmda r, L va C qismlari ketma–ket ulangan sxema tasvirlangan.
Mazkur zanjirning kompleks qarshiligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Z =r + jωL + 1/jωC = r + j(ωL –1/ωC) = r + jk = ze (1)

1 –rasm


bunda:
qaralayotgan konturda, agarda φ=0 boʼlsa rezonans boʼladi.
X =ωL –1/ωC =0 (2)
ωL =1/ωC va ω2LC =1 (3)
Oqibatda, rezonansga erishish uchun zanjirga ulangan kuchlanishning yoki chastotaniyoki gʼaltakning induktivligini,yoki kondensatorlarning sigʼimini oʼzgartirib erishiladi.
Rezonans kuzatilganida (paydo boʼlganida) burchakli chastotaning induktivlik va sigʼimning qiymatlari quyidagi ifodalardan topiladi:
; ; (4)
Bunda burchakli chastota ω0 rezonansli chastota deb ataladi. Zanjirning ulanish nuqtasidagi U kuchlanish oʼzgarmas boʼlganida va rezonans holatida zanjirdagi tok oʼzining maksimal qiymatiga erishadi. Chunki Om qonuniga muvofiq I=U/r, va reaktiv qarshiliklarning qiymatlariga bogʼliq emas. 2–rasmda rezonans holatidagi vektorli diagramma tasvirlangan. XL =Xc shartda va reaktiv qarshiliklar qiymati boʼyicha r aktiv qarshilikdan katta boʼlgan holatda shunday oniy vaqt paydo boʼladiki, bu vaqtda reaktiv gʼaltak va kondensatorlarning ulanish nuqtasidagi kuchlanish zanjirningning ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortib ketadi.

3. Kuchlanishlar rezonansi.
R, L va C lar ketma–ket ulangan holatdagi rezonansni kuchlanishlar rezonansi deb ataladi.
Elektr zanjirida reaktiv unsurlardagi kuchlanishni taʼminot ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortib ketishi quyidagi shart qanoatlantirganida oʼrinli boʼladi:
(5)
 orqali ifodalangan (5.1.5) dagi kattalik qarshilik oʼlchov birligi bilan ulchanadi, hamda konturning tulqinli qarshiligi deb ataladi.

2-rasm.
Quyidagi munosabatni yozamiz:
(6)
Mazkur ifoda (5.1.6) induktivli va sigʼimli qarshiliklarga ulanish nuqtasidagi kuchlanishni toʼliq zanjirning taʼminoti ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortish karraligini ifodalaydi. Q ga teskari boʼlgan hamda rezonansli xossalarni tavsiflovchi quyidagi kattalik:
(7)
konturning soʼnishi deb ataladi.
Аdabiyotlar

1. Idelьchik V.I. Elektricheskie sistemы i seti. - M. Energoatomizdat, 1989, 592 s.


2. Elektricheskie sistemы. Elektricheskie seti: Uchebnoe posobie dlya vuzov/Pod red. А.V.Venikova i V.А.Stroeva. – M.: Vыsshaya shkola. 1998. – 512 s.
3. Blok V.M. Elektricheskie seti i sistemы. - M.: Vыsshaya shkola, 1986, 430 s.
4. Gʼoyibov T.Sh. Elektr tarmoqlari va tizimlari. Misol va masalalar toʼplami. Gʼ Toshkent.: ToshDTU, 2006.
Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling