1. Temirbeton elementlarida kuchlanish va deformasiyalanish holati


Download 303.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi303.2 Kb.
#1632415
  1   2   3   4
Bog'liq
Pages from temir1-Copy



1. Temirbeton elementlarida kuchlanish va 
deformasiyalanish holati
Betonda kuchlanish bilan deformasiya orasidagi bog'lanish chiziqli 
emas. Beton tarkibiga arm atura qo'shilgan taqdirda ham bu bogManish 
chiziqsizligicha qolaveradi. Shu sababdan elastik materiallar qarshiligi 
nazariyasi temirbeton uchun yaroqsizdir. Ayni bir paytda beton va 
tem irbetonning tob tashlash (polzuchest), kirishish (usadka), issiqlikga 
bo 'lgan ta'siri ham da, cho'zilish zonasida hosil bo'ladigan yoriqlar 
tem irbeton konstruksiyalarining kuchlanish-deformasiyalanish holatiga 
kuchli darajada ta'sir etadi. Bulardan tashqari, ana shu xossalar beton 
va armaturaning turiga, yukning ta'sir etish muddatiga bog'liq ekanligi 
e’tiborga olinsa, tem irbeton qarshiligining m ukam m al nazariyasini 
yaratish naqadar murakkab masala ekanligi yanada oydinlashadi.
T em irbeton elem en tlarning yuk k o 'tarish qobiliyati b o 'y ic h a
hisoblash nazariyasi o'zining rivojlanish va takom illashish jarayonida 
uch asosiy davrni bosib o'tdi. Birinchi — dastlabki davrda tem irbeton 
elem entlarni hisoblashda elastik temirbeton (ruxsat etilgan kuchla­
nishlar bo'yicha hisoblash) nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya 
m ateriallar qarshiligi fanidagi formulalarga asoslangan edi.
Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning 
ilm iy ishlaridan olingan (1931 y.) muhim xulosalardan boshlanadi. 
Bu xulosalar asosida buzilish bosqichi bo'yicha hisoblash usuli yarati- 
ladi. M azkur usul bo'yicha ishlab chiqilgan tem irbeton konstruksiya- 
larni hisoblash norm alari va texnik shartlari 1938 yildan 1955 yilga 
qadar qo'llanishda bo'lgan.
Rivojlanishning uchinchi davrida (1955 y.) yangi usul — chegaraviy 
holatlar bo'yicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham 
qo'llanishda bo'lib, davr talabi bo'yicha yil sayin takomillashib bormoqda.

Download 303.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling