1. Temur va uning sulolasi davrida O’rta asr haqiqiy me’morchiligi O’rta Osiyo san’atining yangi bosqichi


O’rta Osiyo san’atining yangi bosqichi


Download 20.6 Kb.
bet3/4
Sana02.02.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1147878
1   2   3   4
Bog'liq
Amir Temur davri me’morchiligi.

3.O’rta Osiyo san’atining yangi bosqichi
O’rta Osiyo san’atining yangi bosqichi temuriy Sulton Abu Said nomi bilan bog’liq. U 1451 yili mamlakatdagi notinchliklardan foydalanib qattiq kurashlarda hokimiyatni o’z qo’liga oladi. 1456 yili esa u poytaxtni Samarqanddan Hirotga ko’chirdi. Natijada Movarunnahrda yashab ijod etgan san’atkor va davlat arboblarini shu yangi joyga ko’chib o’tishlariga sabab bo’ldi. Temuriylar davri san’ati va madaniyati shu yerda o’z rivojini yangi bosqichini boshladi. Temuriyzoda Husayn Bayqaro 40 yildan ortiq hukumronligi davrida mamlakatda kattagina obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu ishlarda davrning buyuk mutafakkiri, o’zbek she’riyatining yulduzi Alisher Navoiyning xizmatlari katta bo’ldi. Uning rahnamoligida yirik inshootlar, machit va madrasalar qad ko’tardi. Shu yerda O’rta Sharq miniatyura maktabi o’zining eng yuksak cho’qqisiga erishdi.
Temuriylar va shayboniylar davri tasviriy san’atining yirik vakillaridan biri Kamoliddin Behzod bo’lib, Hirotda dunyoga keldi. Ota-onasidan juda erta judo bo’lgan Behzod Alisher Navoiy homiyligida kamol topdi. Shu yerda dastlab xattot va musavvir Mirak naqqosh qo’lida tarbiyalanib, undan tasviriyot va xattotlik sirlarini o’rgandi. So’ngra buxorolik musavvir Usta Jahongirning shogirdi Pir Sayyid Tabriziy qo’lida o’qishini davom ettirdi hamda tezda mohir san’atkor naqqosh va musavvir sifatida tanildi. U o’z davrigacha bo’lgan tasviriy san’at sohasida erishilgan yutuqlarni mukammal egalladi. Musavvirlikda yuksak insoniy fikrlar va boshqa ilg’or g’oyalar bilan sug’orilgan hayotiy tasvirlari bilan shuhrati orta bordi. Behzod dastlab Alisher Navoiy, biroz keyinroq Husayn Bayqaro kutobxonasida ishladi.
Shu davrdan Behzod she’riy munozara va ijodiy majlislarda, anjuman va yig’ilishlarda qatnashdi, ishlagan tasvirlarini namoyish etib fikr mulohazalarni eshitdi. Behzod Shayx Sa’diyning “Bo’ston”(1475,1488), “Guliston”(1495), Alisher Navoiyning “Xamsa”(1485), Amir Xisrav Dehlaviyning “Xamsa”(1485), “Layli va Majnun”(1495), Ali Yazdiyning “Zafarnoma” (1490 yillar) asarlariga chizgan suratlari bor. Ularda turli voqealar - maishiy hayot, jang va ov voqealari, shahzoda hamda malikalarning rasmlari ishlangan.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling