1. Temuriylar davlati hukm surgan davr to‘ri yozilgan qatorni aniqlang


Download 212.5 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi212.5 Kb.
#216251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O'AT javoblar

3-ma’ruza mashg‘uloti yuzasidan testlar
Atoyi va Sakkokiy ijodi
1“Ey orazi shamsu qamarim, netti, ne bo’ldi?

V-ey tishlari durru guharim, netti, ne bo’ldi?”

Ushbu g’azalning radifini aniqlang.

A) “bo’ldi?”

B)+ “netti, ne bo’ldi?”

C) “ne bo’ldi?”

D) “guharim, netti, ne bo’ldi?”
2. “Kel, ey dilbar, ki bo’ston vaqti bo’ldi...”

Baytning ikkinchi misrasini toping.

A) CHu bulbullar g’a afg’on vaqti bo’ldi.

B)+ Gul ochildi, guliston vaqti bo’ldi.

C) Bo’lub sarxush, gul afshon vaqti bo’ldi.

D) Hazoron nav’i ilhon vaqti bo’ldi.


3. Jamoling ravzai bog’i jinondur,

Labing sarchashmai ruhi ravondur,

Soching sunbul, yuzung sarvu sanubar,

Ko’zung nargis, yanog’ing arg’uvondur.

Beling, og’zing so’zi har qayda bo’lsa,

Xayoli nozuku ramze nihondur.

Atoiy qalamiga mansub ushbu baytlarda qanday badiiy san’at qo’llangan?

A) Kinoya

B) Tajohulu orif

C) Tamsil

D)+ Laf va nashr
4. Atoiy devonida g’azallar soni nechta?

A) +260 ta

B) 628 ta

C) 585 ta

D) 2600 ta
5. Atoiyning qabri qaerda joylashgan?

A) Hamadonda

B) Turkistonda

C) Dehikanorda

D)+ Balxda

6. Sakkokiyni “turk shoirlarining mujtahidi (g’ayratlisi)” deb ta’riflagan shoir kim?

A) Navoiy

B) Jomiy


C) +Yaqiniy

D) Xondamir


7. Salotin dunyoda ko’p keldiyu kechti, seningtek bir,

Falakning gar tili bo’lsa, ayitsunkim, qachon keldi?

Sakkokiy qasidasidan olingan ushbu baytda qaysi hukmdor madh etilgan?

A) +Mirzo Ulug’bek

B) Xalil Sulton

C) Husayn Boyqaro

D) Muhammad Xojabek
8. Og’zing, ko’zingga pistau bodom o’zini tutsa teng,

Og’zini sindur pistaning, yor o’rtadin bodomni.

Baytda qo’llanilgan badiiy san’atni toping.

A) Tamsil

B) Tashbeh

C) +Laf va nashr

D) Tajnis
9. Sakkokiy Mirzo Ulug’bekka bag’ishlab nechta qasida yozgan?

A) 1 ta


B)+ 4 ta

C) 7 ta


D) 2 ta
10. Navoiyning qaysi asarlarida Sakkokiy haqida ma’lumotlar berilgan?

A)+ “Majolis un-nafois”, “Xutbai davovin”.

B) “Nasoyim ul-muhabbat”, “Muhokamat ul-lug’atayn”.

C) “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”.

D) “Xazoyin ul-maoniy”, “Vaqfiya”.
11. “... Samarqand ahli anga ko’p mu’taqiddurlar va bag’oyat ta’rifin qilurlar... Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi so’zi aningdurkim, o’g’urlab o’z otig’a qilubdur. Ul yerlarda bu nav’ o’xshashi yo’q, mazasiz mukobaralar gohi voqi’ bo’lur...”

“Majolis un-nafois”dan olingan ushbu parchada qaysi shoir haqida so’z yuritilgan?

A) Lutfiy

B) Atoyi


C) Jomiy

D) +Sakkokiy


12. «Mavlono kup turkona aytar erdi» deganda Navoiy kimni nazarda tutgan?

A) +Atoyi

B) Sakkokiy

C) Lutfiy

D) Osafiy
13. Navoiy: «Mavlono… Ismoil ota farzandlaridindir, darveshvash, xushxulq, munbasit kishi erdi». Kim nazarda tutilyapti?

A) Sakkokiy

B) Lutfiy

C) Gadoiy

D)+ Atoiy
14. “Saxy etar zohid meni jannatning eski bogina,

Men borurmenmu yuzungdek navbahorimdin yiroq”.

Atoyining ushbu bayti qanday xarakterda bitilgan?

A)+ Tasavvufiy

B) Ishqiy

C) Dunyoviy

D) Falsaiy-ta’limiy
15.” Jamoling vasfini qfldim chamanda,

Qizardi gul uyatdin anjumanda”.

Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.

Sifatlash

Mubolag‘a

Kitobat


D)+ Tashxis
16. “Tamanno qilgali la’lingni ko’nglum,

Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?”

Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.

A)+ Tajohuli orifona

B) Kitobat

C) Tashxis

D) Laff va nashr
17.” Sollib borma meni, ey Yusufi husn,

Bukun Ya’qubtek baytul xazanda”.

Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.

A.Tashbeh

B.Tazod

C) +Talmeh

D) Tashxis
18. “Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngilni,

Ayog’ing qanda bo’lsa boshim anda”.

Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.

A.Tajohuli orifona

B)+ Iyhom

C) Tashbeh

D) Istiora
19. “Dasht elidln hoji Tarhonga yetushsa bu g’azal,

Tark etar har baytiga osuda dunyosin Saroy”.

Ushbu she’riy bayt-faxriya muallifi kim?

A.Lutfiy


B.Atoiy

C.Husayniy

D) +Sakkokiy
20. 1996 yil nashr etilgan «Temuriylar davri o’zbek adabiyoti» kitobining muallifi kim?

A)+ Abduqodir Hayitmetov

B) Ibrohim Haqqul

C) Aziz Qayumov

D) Nasimxon Rahmonov
21. “Falak yillar kerak aylansa-yu keltursa ilkiga,

Meningdek shoiri turk-u seningdek shohi dononi”.

Ushbu she’riy bayt-faxriya qaysi asarda keltirilgan?

Alisher Navoiyning “Hiloliya” qasidasida

B)+ Sakkokiyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan qasidasida

C) Sakkokiyning Xalil Sultonga bag‘ishlangan qasidasida

D) Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida
22. “Agar qoshimda o’shal guluzor bo’lsa edi,….”.

Ushbu she’riy baytning ikkinchi misrasi to‘g‘ri yozilgan qatorni toping

Oti tuyoqidin uchqon g’ubor bo’lsa edi

Agar ko’ngulga muvofiq nigor bo’lsa edi.

Agar ko’ngul bila ul yor, yor bo’lsa erdi.

D) +G’ame yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi.


23. “Yuzungni qilur toza ko’zum yoshi-yu ohim,

Gul toza bo’lur topsa, vale ob-u havoni”

Sakkokiy qalamiga mansub g‘azalning “Gul toza bo’lur topsa, vale ob-u havoni” misrasida qo‘llangan badiiy san’atni toping.

A) +Husni ta’lil

B) Irsoli masal

C) Talmeh

D) Laff va nashr
24. “Yuzungni qilur toza ko’zum yoshi-yu ohim,

Gul toza bo’lur topsa, vale ob-u havoni”.

Ushbu she’riy bayt mazmuni to‘g‘ri ifodalangan qatorni toping.

Yomg’ir va mayin shabada yor yuzini yanada tozaroq, go‘zalroq qiladi.

Yomg’ir va mayin shabada gulni tozalab, uning tusini, «chehra»sini ochmaydi, chunki yor yuzining yanada tozaroq, go’zalroq bo‘lishga ehtiyoji yo‘q.

C)+ Yomg’ir va mayin shabada gulni tozalab, uning tusini, «chehra»sini ochgani kabi, oshiqning ko’z yoshi va ohi yor yuzini yanada tozaroq, go’zalroq qiladi.

D) Yomg’ir va mayin shabada gulni tozalab, uning tusini, «chehra»sini ochgani kabi, yorning ko’z yoshi va ohi oshiq yuzini yanada tozaroq, go’zalroq qiladi.
25. “Jahondin к yetti tashvish-u mabodiyi omon keldi,

Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.

Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo’q,

Bihamdilloh, o’g’on fazli bila ul tanga jon keldi…”

Sakkokiyning ushbu qasidasida qaysi temuriy hukmdor madh etilgan?

Xalil Sulton

B) +Mirzo Ulug‘bek

C) Shohrux Mirzo

D) Husayn Boyqaro



Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling