1. Temuriylar davlati hukm surgan davr to‘ri yozilgan qatorni aniqlang


-ma’ruza yuzasidan test topshiriqlari


Download 212.5 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi212.5 Kb.
#216251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O'AT javoblar

6-ma’ruza yuzasidan test topshiriqlari

1.Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zi “Boburnoma” asarini qanday atagan?

A. +“Vaqoyi’”

B. "Voqeoti Boburiy"

C. "Tuzuki Boburiy"

D. "Boburiya"


2.Bu olam aro ajab alamlar kurdum,

Olam elidin turfa sitamlar kurdum.

Har kim bu "Vaqoyi’” ni o‘qur, bilgaykim.

Ne ranju, ne mehnatu, ne g‘amlar ko‘rdum.

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga mansub ushbu she’r janrini aniqlang.

Qit’a

Tuyuq


+Ruboiy

Muammo
3."Ravon savodi bor edi. "Xamsatayn" va masnaviy kitoblarni o‘qub

edi. Aksar "SHohnoma" o‘qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale parvo qilmas

edi. Bisyor saxovati bor edi. Xulqi dag‘i bor erdi, xushxulq va harrof va fasiq va shirinzabon kishi erdi, shujo’ va mardona kishi edi”.

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qaysi tarixiy shaxsga ta’rif berilgan?

Husayn Boyqaro

Shayboniyxon

Sultoh Ahmad

+Umarshayx Mirzo
4."Karimut - tarafayn edi… Xarrof va xushxulq kishi edi…Ba’zi baytlari yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur... Hech kun yo‘q edikim, namoz peshindin so‘ng ichmagay, vale hargiz sabuhiy qilmas edi, o‘glonlari va jami’ sipohiga va shahriga bu hol edi. Ifrot bila aysh va fisq qilurlar edi".

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qaysi tarixiy shaxsga ta’rif berilgan?

+Husayn Boyqaro

Shayboniyxon

Sulton Ahmad Mirzo

Umarshayx Mirzo


5.“Boburnoma” asarining bodh qahramoni kim?

A. +Zahiriddin Muhammad Bobur

B. Alisher Navoiy

C. Husayn Boyqaro

D. Humoyun Mirzo
6.O‘zbekistonda birinchi marta “Boburnoma” asaridan parchalar nechanchi yili nashr etilgan?

+1928 yil

1948-49 yillar

1960 yil


1989 yil
7.Boburshunos olim to‘g‘ri yozilgan qatorni aniqlang.

Abduqodir Hayitmetov

Suyima G‘aniyeva

Ibrohim Haqqulov

+Saidbek Hasanov
8."Zulm va fisqqa ko‘p mashg‘ul edi. Mutaassib, chog‘ir ichar edi... tab’i nazmi bor edi, devon tartib qilib edi, vale she’ri bisyor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin aytmog‘on yaxshiroqdur. Bad e’tiqod kishi edi... Badkalom edi".

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qaysi tarixiy shaxsga ta’rif berilgan?

Husayn Boyqaro

Shayboniyxon

Sulton Ahmad Mirzo

+Sulton Mahmud Mirzo


9."Agarchi saharxez edi va har vaqt namozni tark qilmas edi, qiroat ilmini tavre bilur edi, vale mundoq go‘lona, ablaxona va kofirona ahvol va af’ol andin bisyor sodir bo‘lur edi".

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qaysi tarixiy shaxsga ta’rif berilgan?

Husayn Boyqaro

+Shayboniyxon

Sulton Ahmad Mirzo

Xusravshoh


10. "Tab’ida xeyli diqqat birla choshni bor... SHayboniyxon otig‘a bir turkiy masnaviy bitibtur. Ramali musaddasi maxbun vaznidakim, "Subha" vazni bo‘lg‘ay, bisyor sust va furuddur, ani o‘qug‘on kishi … she’ridin bee’tiqod bo‘lur".

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qaysi shoir ijodiga baho berilgan?

Shayboniyxon

Binoiy


+Muhammad Solih

H7-ma’ruza yuzasidan test topshiriqlari

1.Xoja (Ibodulla Sayyid Podshoxoja binni Abdulvaxxobxoja) qachon tavallud topgan?

+1480 yil

1483 yil

1455 yil


1441 yil
2.Xoja hayoti va ijodi yuzasidan tadqiqot olib brogan olim kim?

S. G‘aniyeva

S. Hasanov

+M. Mirzaahmedova

I. Haqqulov
3.Kichik hikoyalardan iborat "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" nomli asarlarning muallifi kim?

+Xoja


Muhammad Solih

Ubaydiy


Shayboniyxon
4.Xojaning "Maqsad ul-atvor" dostoni qachon yozilgan?

+1528 yil

1539-40 yil

1556 yil


1499 yil
5."Miftoh ul-adl" asarida keltirilgan "Iskandar va CHin hoqoni" hikoyatida qanday illat qoralanadi?

Ochko‘zlik va xasislik

Qo‘rqoqlik va xoinlik

+Boylik uchun behuda qon to‘kish

Zulm va zolimlik
6.Ubaydiy hayoti va ijodi yuzasidan fan nomzodligi dissertatsiyasini himoya qilgan olim kim?

M.Mirzaahmedova

V. Zohidov

+M. Abdullayev

S. Hasanov

7.Ubaydiy tavallud topgan sanani aniqlang.

1480 yil

+1487 yil

1455 yil

1441 yil
8.1511-1512 yillarda Movarounnahrni qayta egallashida uch ming kishilik qo‘shin bilan Eronliklarning 60 ming qo‘shiniga qarshi jang qilib g’alabaga erishgan sarkarda kim?

Bobur

Muhammad Solih



Shayboniyxon

+Ubaydiy
9.Ubaydulloxon (Ubaydiy) nechanchi yil Buxoroda xonlik taxtiga o‘tirdi?

+1533 yil

1511 yil


1540 yil

1510
10. Buxoro shahridagi mash’hur “Mir Arab” madarasasini qurdirgan hukmdor?

Shayboniyxon

Mahmud Sulton

+Ubaydulloxon

Bobur
11. Ubaydulloxon davridagi Buxoro madaniy hayotiga "Buxoro Hirot va Husayn Boyqaro zamonini eslatadi" deya juda yuqori baho berilgan, Ubaydiyning "barcha fazilatlar bilan bezangan” shaxs ekanligi e’tirof etilgan tarixiy manbani aniqlang.

Zayniddin Vosifiyning "Badoe’ ul-vaqoe’"

+ Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy"

Mirmuhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"

Xofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma"


Ubaydiyning turk, fors, arab tillarida yaratgan asarlari jamlanmasi qanday nomlanadi?

“Munshaot”

“Maktubot”

“Gulzor”


+"Kulliyot"
Ubaydiyning "Omonatnoma", "SHavqnoma", G’ayratnoma", "Sabrnoma” deb nomlangan asarlari qanday shaklda yozilgan?

+Masnaviy

G‘azal

To‘rtlik


Nasr

Ubaydiyning turkiy tildagi g‘azallari soni nechta?

+310 dan ortiq

250 ga yaqin

900 dan ortiq

650 ta
O‘zbek mumtoz adabiyotida eng ko‘p – 900 dan ortiq ruboiy ijod qilgan shoir kim?

Navoiy

Bobur


+Ubaydiy

Lutfiy
Ahmad Yassaviyga izdoshlik qilgan, uning uslubida hikmat yozgan shoirni aniqlang.

Xoja

+Ubaydiy


Navoiy

Atoiy
Turdi Farog‘iy nechanchi asrda yashab ijod etgan?

XV asrda

XVI asrda

+XVII asrda

XVIII asrda


«Maorif va o‘qitg‘uvchi» jumalining 1925 yil 9-10-sonlarida «0‘zbek shoiri Turdi» maqolasini hamda o‘zi topgan she’rlarini e’lon qilgan olim kim?

Abdurauf Fitrat

Abdulhamid Cho‘lpon

Abdurahmon Sa’diy

+Abdulhamid Majidiy
«Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari haqida hajviya» nomi bilan atalib kelinuvchi, o‘zbek adabiyotida yaratilgan birinchi hajviy muxammas-doston muallifi kim?

Boborahim Mashrab

+Turdi Farog‘iy

So‘fi Olloyor

Xoja
“Tor ko ‘ngulluk beklar man-man demang, kenglik qiling,

To ‘qson ikki bovli o ‘zbek yurtidir, tenglik qiling.

Bimi qipchoqu xitoyu, bimi yuz , nayman demang,

Qirqu yuz , ming son bo ‘lib, bir jon oyinlik qiling”.

Millatni birlik va birdamlikka chorlovchi she’r muallifini aniqlang.

Boborahim Mashrab

+Turdi Farog‘iy

So‘fi Olloyor

Ubaydiy
“SHe’rda Yassaviy maktabi bu davrda saroygacha ko’tariladir…” Qaysi davr adabiyoti haqida gap ketmoqda ?.. Ushbu ilmiy xulosa qaysi olimga tegishli?

XII asr adabiyoti, A.Fitrat

+ XVI asr adabiyoti, A. Fitrat

C. XIX asr adabiyoti, A. Cho‘lpon

D. XV asr adabiyoti, A. Sa’diy
22. “Ubaydullanoma” asarining muallifi kim?

A.+ Xofiz Tanish Buxoriy

B. Mirzo Haydar.

C. Mirmuhammad Buxoriy.

D. Qul Ubaydiy


Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling