Texnik xususiyalari – dastakka ma’lum texnik xususiyatlar beruvchi va ish davomiyligini ta’minlovchi vositalar
Bosimni boshqarish.
Podshipnik turlari.
Turbina dastagi rotorining hajmi.
4. Mikromotor dastaklar.
Shetkali elektrik mikromotor.
Mikromotorning aylanuvchi qismi – rotor simsimon aylanmaga ega bo‘lib, undan o‘zgaruvchan tok o‘tadi. Rotorda magnit maydon yuzaga kelib, mikromotorda o‘rnatilgan doimiy magnit bilan o‘zaro aloqasi hisobiga dastakni harakatga keltiradi. Aylanuvchi rotorga tok rotor kollektori bilan aloqa qiluvchi burchakli shetkalar yordamida uzatiladi. Faoliyat jarayonida bu shetkalar ediriladi, shuning uchun ularni almashtirib turish lozim. shetkalarni emirilish darajasi – 30% ni tashkil etadi.
Agarda shetkalar o‘z vaqtida almashtirilmasa kollektorning ishdan chiqishiga olib keladi, shuningdek moyni kollektorga tushishini oldini olish lozim.
Moy kollektor va shetkalarning o‘zaro aloqasini buzadi, natijada motor ishdan chiqadi.
Shetkasiz elektrik mikromotor (kollektorsiz).
Aylanuvchi qismiga – tomonlari S va N bo‘lgan doimiy magnit o‘rna-tilgan. O‘zgaruvchan magnit maydoni aylanma sim yordamida yuzaga keladi. Bu sim mikromotor ichida joylashgani uchun xarakatchan aloqaning keragi yo‘q.
Dastakka harakat shkiv yordamida uzatiladi.
Havoli mikromotor.
Harakat mikromotorda joylashgan havoli rotor yordamida amalaga oshadi.
Rotorning hajmi, turbinali dastaknikidan katta bo‘lgani uchun aylanish
quvvati oshirilganda bu dastakda aylanish tezligi past bo‘ladi.
Havoli mikromotorda tezlanishni boshqaruvchi halqalari mavjuddir.
Dastakka xarakat shkiv yordamida uzatiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan dastaklarning ekspluatatsion xususiyatlari.
Elektrik mikromotor xususiyatlari:
1. Ijobiy tarafi
● tezlik diapozoni 1000 – 40.000 ayl⁄daqiqa
● yuqori kesmi kuchiga egaligi
● tezlikni aniq boshqara bilishi (havoli mikromotorga nisbatan)
2. Salbiy tarafi
● burchakli shetkalarni emirilishi 30% dan ortmasligi (tez-tez almash-
tirib turilishi lozim)
●qimmatligi
● Dastak moyini mikromotor ichiga tushmasligini doimo nazorat qilib
turish
● to‘xtab-to‘xtab ishlash (qizib ketishning oldini olish maqsadida)
Do'stlaringiz bilan baham: |