Tennodinamikaning ikkinchi qonuni energiyaning bir turdan boshqa turga aylanadigan shart-sharoitlami o’rganadi. Bu qonun fizikaviy jismlarda issiqlikning o’z-o’zicha tarqalish jarayonlari uchun muayyan miqdoriy nisbatlarni belgilab beradi.
Termodinamika ikkinchi qonunining juda ko’p ta׳riflari bor, lekin uning mohiyati, asosan, quyidagilardan iborat:
I. Issiqlikni mexanikaviy ishga aylantirish uchun issiqlik manbai va harorati shu manba haroratidan pastroq bo’lgan sovitkich bo’lishi, ya׳ni haroratlar farqi bo’lishi zarur.
II. Dvigatelga Keltirilgan issiqlikning hammasini butunlay ishga aylantirib bo’lmaydi. Bu issiqlikning bir qismi harorati pastroq bo’lgan tashqi jismlarga o’tadi.
III. Issiqlik kamroq qizigan jismdan ko’proq qizigan jismga tashqi ish sarflamay turib o’z-o’zicha o’ta olmaydi.
Dastlabki ikki ta׳rif issiqlik ishga aylantiriladigan dvigatellarga taaluqlidir. Masalan, bu-kuch qurilmasida yoqilining yonish mahsulotlari issiqlik manbai hisoblanadi, ular o’z issiqligini ish jismiga beradi. Bu qozonida olingan bu turbinaning ish parraklariga o’tadi. Bu erda u kengayib ish bajaradi va soviydi. Ishlab bo’lgan bu kondensatorga yuboriladi va u erda u qolgan issiqligini sovituvchi suvga (sovitkichga) beradi. Ichki yonuv dvigatellarida yondirilgan yoqilining issiqligi yonish mahsulotlariga (ish jismiga) o’tadi. Ishlab bo’lgan gaz ancha past haroratda atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Ikkinchi qonunning uchinchi ta׳rifi bevosita sovitish qurilmalariga taaluqlidir. Sovitkich ichida tevarak muhit haroratiga nisbatan past harorat hosil qilish uchun muayyan miqdorda energiya sarflash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |