1. Test / 5-test To’g’ri javob variantiga yumaloq belgi qo’ying! (5-bal)


Download 30.15 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi30.15 Kb.
#1454496
  1   2
Bog'liq
Jahon bank nechinchi yilda




1. Test / 5-test To’g’ri javob variantiga yumaloq belgi qo’ying! (5-bal)

  1. Jahon bank nechinchi yilda o’z faoliyatini boshlagan?

A) 1940 B) 1942 C) 1944 D) 1945


  1. Pul emissiyasi……?

  1. Pul bosib chiqarish C) Pul massasini muvofiqlashtirish

  2. Pul kredit siyosati D) Pul massasiga ta’sir o’tkazish



  1. Ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz?

  1. Derivativlar

  2. Fyuchers

  3. Forvard

  4. Opsionlar



  1. The Big Mac indeksi bevosita ....... ga bog’liqdir?

  1. Inflyatsiya B) PPP C) Markaziy bank faoliyati D) Ishsizlik darjasi





  1. Moliya bozori ishtirokchilari keltirilgan javoblarni belgilang

  1. Hokimiyat organlari 2. Sug’urta tashkilotlari 3. Bandlikka ko’maklashish markazlari

4. Tijorat banklari 5. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar 6. Baholovchi firmalar


  1. 1,2,5 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 2,4,6


2. Atamalar izohi / Fanga doir 5-ta atamalar izohi. Ushbu so’zlarni izohini yozib bering! (5-bal)
Spekulyantlar-cheklangan axborotga ega xabarsiz ommani ehtimoldagi iqtisodiy oʻzgarishlarga ishontirish yoʻli bilan mahsulot, xizmat yoki kapital narxlarini sunʼiy oshirishga qaratilgan xatti-harakatlar.
Fyuchers (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qogʻozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda F. bitimlari tovarni uzil-kesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga naqd tovarni gʻamlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish hisobidan foyda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari boʻyicha oldi-sotdi bitishuvlarini ham F. deb atash mumkin. F. to muddati kelguniga qadar birjalarda maklerlar tomonidan koʻp marta qayta sotiladi va sotib olinadi.

Treyder Bugungi kunda odamlar orasida yangi-yangi biznes turlari rivojlanmoqda. Odamlar an’anaviy karmonlar o‘rniga, allaqachon elektron hisob raqamlar bilan dunyo bozorlarida savdo qilmoqda. Endi biror narsa xarid qilish yoki badavlat insonga aylanish uchun ko‘chaga chiqish, oftob tagida terga botib ishlash shart emas. Bugun hayotimizga birja, Forex, kriptovalyuta kabi yangi terminlar kirib kelgan. Xo‘sh, bular nima? Uning ortidan topiladigan foyda va boy beriladigan zarar qancha? Bular haqida Bluesky konsalting kompaniyasi rahbari Karina Nuriddinova bilan suhbatlashdik. Ushbu intervyu kim uchundir koni foyda bo‘lsa, yana kim uchun hayotda o‘z yo‘lini topishida motivatsiya berishiga ishonamiz. 


Qahramonimiz o‘z faoliyatini boshlaganiga 7 yil bo‘lgan. Zarar ko‘rmasdan foyda topib bo‘lmasligini ko‘p ta’kidlagan holda, tavakkal qilishdan qo‘rqmaslikni maslahat beradi
Inflyatsion targetlash Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi.
O'z navbatida, ushbu rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin.
Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishadi.

Veksellar (nem. Wechsel — ayirboshlash) — koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz. U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda toʻlov majburiyati; qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi; banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita; banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olishda beradigan garov) tarzida keng qoʻllaniladi. V.ning asosan oddiy V. (qarzdor tomonidan muayyan summani belgilangan muddatda qaytarish haqida qarz beruvchi oldidagi majburiyat), oʻtkazma V. (qarz beruvchining qarzni V.ni taqdim etuvchiga yoki hujjatda koʻrsatilgan shaxsga toʻlash haqidagi buyrugʻi), xazina V. (oʻz harajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan chiqariladi), moliya V. (bir bank boshqa bankka qarz puli olish uchun beradi), tijorat V. (tovar egasiga garov tarzida beriladi) va b. turlari bor[1].


V. hisob vositasi va ayirboshlash hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-asrda shakllandi. 19-asrning oxiridan boshlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda V. muomalasini keng yoʻlga qoʻygan. Sobiq Ittifoqda, shu jumladan Oʻzbekistonda V. yangi iqtisodiy siyosat davrida (davlat hamda kooperativ korxonalar oʻrtasidagi munosabatlarda) ham ishlatilgan. 1930—32 y.lardagi kredit islohotida bevosita maqsadli bank orqali kreditlashga oʻtilishi bilan mamlakat ichida V. muomalasi tugatilgan. Boshqa koʻpgina davlatlarda V. muomalalari 1930 y. Jenevada qabul qilin-gan "Veksel toʻgʻrisida"gi konvensiyaga muvofiq olib boriladi. Unda V.ning kuyidagi majburiy unsurlari boʻlishi qatiy belgilangan: V. belgisi — "Veksel" yozuvi; V.da koʻrsatilgan summani soʻzsiz toʻlash majburiyati; qarz toʻlovchi va birinchi V. egasining nomi; remitent nomi; toʻlov muddati va joyi; V. toʻldirilgan sana va manzil; V. beruvchining imzosi.
V. ni amal qilish muddatini choʻzish (V. prolongatsiyasi) qonunga muvofiq yoki trassant va trassatning oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
OʻzRning 1993 y. 2 sent.dagi "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq 1994 y.dan boshlab Oʻzbekistonda V.lar muomalaga kiritildi. V.lar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllaniladi.


Download 30.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling