1. Texnologik qism Mahsulot nomenklaturasi
Download 0.69 Mb.
|
asadbek aparat
1.Texnologik qism
1.1. Mahsulot nomenklaturasi Turli buyum va konsttruksiyalarni tayorlash usulidan aynan birini tanlash o’sha usulning turli texnologik o’ziga xosligi va ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’ladi. Shu bilan birga aynan bir buyumni ishlab chiqarishda texnik iqtisodiy kursatkichlarni hisobga olish ham ahamiyatlidir. Egiluvchan temir beton elementlarga plitalar va to’sinlar kiradi. Ular mustaqil holda yoki murakkab konstruksiya va inshootlar tarkibida bo’lishi, qovurg’ali orayopmalar, karkasli inshootlar elementlari ham bo’lishi mumkin. To’sinlar deb, ko’ndalang kesim o’lchovlari uning uzinligidan ancha kam bo’lgan bo’ylama konstruksiyalarga aytiladi. Oldindan zo’riqtirilmagan armaturali temir beton to’sinlarning ko’ndalang kesimi to’g’riburchakli, tavrli va trapesiya ko’rinishli bo’lishi mumkin.Oldindan zo’riqtirilgan armaturali to’sinlar uchun tavr va ikki tavrli kesimi xarakterlidir. Tasir qiladigan kuch va kuchlanilishiga qarab to’sinlar balandligi uzunligining 1/8 dan 1/15 gacha o’zgarishi mumkin. Oldindan zo’riqtirilgan armaturali to’sinlar balandligi uzunlikning 1/25 qismi bo’lishi mumkin. Elementlar balandligini tenglashtirish maqsadida ularning 50mm qoldiqsiz bo’linadiganvakatta balandlikdagilarni 100mm ga qoldiqsiz bo’linadigan qilib loyixalashtiriladi. To’sin enini (0,3……0,5) h deb qabul qilinadi. To’sinlarni bo’ylama ishchi ko’ndalang armatura va montajlovchi sterjinlar bilan o’zaro karkaslar bilan armaturalanadi. To’sinlarni payvandlangan va to’qilgan armatura karkaslari bilan armaturalashni 1.1 rasmda ko’rsatilgan. 1.1-rasim. To’qilgan (е-к) va payvandlangan (а-д) armature elementlarining ko’ndalang kesimidajoylashganligi. To’sinning bo’ylama ishchi va montajlovchi armature diametrini 12 mm dankam bo’lmagan holda qabul qilinadi. Bo’ylama konstruktiv armatura, shuningdek bo’ylama montajlovchi yig’ma to’sinlar montajlovchi payvandlangan sterjenli karkaslar uchun sterjenlarning kichikroq diametrlilarini qo’llash mumkin. Imkoni boricha bo’ylama ishchi armaturalarni bir xil diametrli 10-40mm sterjenlarni qo’llash kerak. Yengil betondan tayyorlangan konstruksiyalar uchun armatura sterjenlarining diametri 18 mm gacha qo’llash mumkin. Ishchi bo’ylama armaturalarni to’sinlarning ko’ndalang kesimining kengligi bo’yicha bir me’yorda bir yoki ikki va undan ortiqqator qilib joylashtiriladi. Elementlarning ko’ndalang kesimining o’lchov va qolipi ko’rinishi, shuningdek sterjenlararo minimal masofa va betonning talab qilinadigan himoya qatlami armatura joylashishiga tasir qiladigan asosiy faktorlardir. Beton joylashtirishni qulay bo’lishi uchun alohida sterjenlar oralig’i katta bo’lmagan sterjen diametridan kichik bo’lmagan va pastki armatura uchun 25 mm dan kam bo’lmagan, yuqorigi armaturalar uchun 30mm dan bo’lishi kerak. Pastki armaturalarni joylashtirishda balandligi bo’yicha ikki qatordan sterjenlar oraligi uchinchi va keyingi qatorlarda 50mm ga oshirib boriladi. Betonlashda bunday shartlar bilan armaturalarni joylashtirishda yirik to’ldiruvchilarning armatura sterjenlari orasida erkin o’tishini taminlash zarur. Ko’ndalang armaturalash ishchi va konstruktiv armaturalar bilan bajariladi. Ishchi ko’ndalang armaturani ko’ndalang kuch tasirini hisobiga moslab to’singa taqab joylashtiriladi. Konstruktiv ko’ndalang armatura ishchi bo’ylama armaturaning loyixaviy holatini taminlaydi. Bukilgan armaturalar bo’lmagan to’sinlarda ko’ndalang sterjenlarning o’zaro oralig’i umumiy oraliqning1/4 qismi deb qabul qilinadi. Agar to’sin kesimining balandligi 450mm dan oshmasa, ko’ndalang sterjenlar oralig’ini kesim balandligining yarmidan ortik bo’lmasligi kerak, lekin 150mm dan ortiq bo’lmasligi kerak, to’sin kesim balandligi 450 mm ortik bo’lganda esa, kesim balandligining uchdan bir qismi deb qabul qilinadi, lekin 500mm dan ortiq bo’lmagan miqdor qabul qilinadi. Ko’ndalang armaturalardagi oralig’idagi masofa 3/4 h dan oshmasligi kerak. Bu yerda h-kesim balandligi. Egiluvchan temirbeton elementlarini normal kesim bo’yicha mustahkamligini hisoblashni tashqi kuchlarning ta’siriga konstruksiyani hisoblashda olingan ko’rsatkichga asoslanib bajariladi. Hisoblash formulalarini element mustahkamligining chegaraviy holatiga bog’liq sharoitda chiqariladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling