1. Texnologik qism Mahsulot nomenklaturasi


Egiluvchi elementlarning normal kesimi bo’yicha kuchlanganlik deformasiyalanish bosqichlari


Download 0.69 Mb.
bet3/9
Sana26.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1298376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
asadbek aparat

Egiluvchi elementlarning normal kesimi bo’yicha kuchlanganlik deformasiyalanish bosqichlari.

Temirbeton elementlarning normal kesimi bo’yicha kuch oshirilganda zo’riqish holati beton va armatura hususiyatlarining farqi hisobiga ro’y beradi va asosan uchta bosqichlarga mos holatda o’zgaradi. (rasm 1.2).





1.2-rasim. Egiluvchi elementlar narmal xolatdagi kesimida kuchlanganlik defarmativ xolati.а-в - zo’riqtirilgan armature bilan ; г-д – oldindan zo’riqtirilgan armature bilan.


Birinchi bosqich betonning elastik ishi bilan xarakterlanadi. Betonning siqilgan va cho’zilgan zonalaridagi normal kuchlanish epyuralari uchburchakli bo’ladi. Cho’zilgan betonda kuch ortishi bilan noelastik deformasiya rivojlanadi, kuchlanish yuqori egri chiziqli bo’lib qoladi, cho’zilishda kuchlanish betonning chegaraviy mustahkamligiga teng bo’ladi. (bosqich I a)
Ikkinchi bosqich cho’zilgan zonada yoriqning hosil bo’lishidan keyin boshlanadi. Yoriqlar hosil bo’lgan joylarda beton cho’zilish ishi to’xtaydi va ichki cho’ziluvchi kuch armatura va yoriq oralig’ida cho’zilgan zona betoniga o’tadi. Betonning siqilgan zonasida betonning plastik deformasiyasi rivojlanadi va normal kuchlanish epyurasi egri chiziq ko’rinishiga o’tadi.
Uchinchi bosqich – bu kesimning buzilishi bosqichidir. Armaturaning soni va turiga ko’ra buzilishni ikki holatga ko’riladi. Birinchi holat normal armaturalangan to’siqlar uchun xarakterlidir.Buzilish cho’zilgan armaturada boshlanadi va siqilgan zonasida betonning bo’laklarga bo’linishi bilan tugaydi. Ikkinchi holat kesim ortiqcha armaturalanganxolatda ko’riladi. Betonning siqilgan zonasida buzilish boshlanadi, cho’zilgan armaturadagi kuchlanish esa, chegaraviy holatga yetmaydi. Oldindan zo’riqtirilgan armaturalarda kuchlanish o’zini chegaraviy xolatiga o’tmaydi. (rasm 1.2.g,d).
Normal armaturalanganda buzilish cho’zilgan armaturaning oquvchanligidan boshlanadi. Kesimda plastik sharnir hosil bo’ladi, yoriqlar juda katta ochiladi, egilish shiddat bilan kuchayadi, va shundan keyingina betonning siqilgan zonasida buzilish boshlanadi. Bunday holat uchun hisoblash formulasi muvozanat sharoitidan kelib chiqariladi. Ortiqcha armaturalanganda, buzilish betonning siqilgan zonasida boshlanadi. Armaturaning mustahkamligi kerakligiga foydalanilmaydi, cho’zilgan armaturadagi kuchlanish oquvchanlik chegarasiga yetmaydi. Bunday holatlarda hisoblash formulasi muvozanat sharoitida hisoblash mumkin emas.
Kesim mustahkamligini hisoblashda siqilgan zonaning balandligi (x) va kesimning ishchi balandligi h0 (ya’ni kesimda cho’ziluvchan armaturadan betonning eng siqiluvchi zonasigacha bo’lgan masofa), qiymati juda ahamiyatga ega. Ikki xolat orasidagi chegara xolati egiladigan elementdagi chegaraviy mustahkamlikni hisoblashda siqilgan zonaning nisbiy balandligi ξ=x/h0bilanbelgilanadi. Armaturada oquvchanlik boshlanganda, ya’ni cho’zilgan armaturadagi kuchlanish σs hisobiy qarshilikka yetadi Rs, ξr-bilan belgilanadi, ξ ni chegaraviy qiymat) agar ξ≤ξr, bunda 1 xolat bo’ladi, agar ξ≥ξr, bo’lsa, ikkinchi xolat bo’ladi. Chegaraviy qiymat ξrni emperik formula yordamida aniqlanadi.1
Temir-beton buyumlarning yuzdan ortiq turlari mavjud. Ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish uchun ularning turini imkon qadar kamaytirish lozim.
Yuqorida aytilgandek, temir-beton buyumlari quyidagi xususiyatlariga ko’ra bo’linadi: qaysi yo’nalishda ishlatilishiga ko’ra: sanoat, uy, fuqaro qurilishi uchun: bino va inshootda ishlatilish o’rniga ko’ra: fundament tom qoplamasi, devor va xonalar uchun ; geometrik shakliga ko’ra; ustunsimon plitali blokli panjarali ko’ndalang kesimning shakli va xususiyatiga ko’ra; uzluksiz g’ovak qovurg’ali qat-qat armatura qo’yilishiga ko’ra; betonli, temir-betonli, beton turiga ko’ra; og’ir, yengil, yacheykali beton.
Tayorlash texnologiyasini tanlash buyumning shakli o’lchamlari og’irligi beton turi va armaturani qo’yilish usuliga ko’ra tanlanadi.


1 Акрамов Х.А. “Корхонада тайёрланган қурилиш конструкциялари” Ўқув қўлланма, ( Акрамов Х.А., Тошкент, ТАҚИ, 2014 й ).

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling