1. Tezlikning silindrik truba kesimi bo’yicha taqsimlanishi


Truba uzunligi bo’yicha bosimning pasayishi, Puazeyl formulasi


Download 42.76 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi42.76 Kb.
#1838895
1   2
Bog'liq
Laminar va Turbulent oqimlar

2. Truba uzunligi bo’yicha bosimning pasayishi, Puazeyl formulasi.

Trubalardagi oqayotgan suyuqlik energiyasining ishqalanishni Еngishga sarflanishini ko’rib chiqamiz. Avval truba kesimi bo’yicha ishqalanish kuchining taqsimlanishini ko’ramiz. Buning uchun Nyuton qonuni formulasiga tezlik formulasi (8.3) ni qo’yamiz.


U holda,
(.8)
Bu formuladan ko’rinib turibdiki, ishqalanish kuchi truba o’qida nolga teng bo’lib, uning o’qidan devorlariga qarab chiziqli ortib boradi va devor sirtida eng katta qiymatga erishadi (8.1-rasm).
(9)
(8.9) tenglamada silindrik trubadagi uzunlik bo’yicha gidravlik yo’qotishni ishqalanish kuchi orqali berilgan. Endi bu formulaga (8.8) munosabatni qo’ysak.

Kesimlardagi bosim farqi (p1–p2) ni (8.6) formuladan o’rtacha tezlik orqali ifodalasak:



va gidravlik yo’qotish formulasiga qo’ysak, quyidagi munosabatni olamiz:

(10)
U holda gidravlik qiyalik uchun formula chiqarish qiyin emas. Buning uchun (8.10) ning ikki tomonini l ga bo’lamiz:
(11)
va oxirgi tenglikni quyidagicha yozamiz:


Silindrik trubalar uchun Reynolds soni

Ko’rinishda yozilgani uchun

Demak, laminar harakat vaqtida gidravlik qiyalik va bosimning pasayishi Reynolds soniga bog’liq ekan. ko’rinishdagi miqdorni gidravlikada λ bilan belgilanadi:
(12)
va ishqalanish koeffisienti deb ataladi. U holda energiyaning yo’qolishi va gidravlik qiyalik uchun quyidagicha Darsi-Veysbax formulasini olamiz:
(13)
SHunday qilib, laminar harakat vaqtida truba uzunligi bo’yicha bosimning pasayishi va gidravlik qiyalik solishtirma kinetik energiyaga chiziqli bog’liq ekan.
3. Oqimning boshlang’ich bo’lagi.

Yuqorda aytib o’tilgan harakat qonunlari trubadagi barqarorlashgan laminar oqimlar uchun to’g’ridir. Haqiqatda esa, trubaga endi kirgan suyuqlik boshlang’ich kesimdan boshlab ma‘lum masofa o’tgandan keyingina laminar harakatga doir bo’lgan parabolik qonun bo’yicha taqsimlangan bo’ladi.
Laminar harakatning trubada rivojlanishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Hajmi juda katta idishdan suyuqlik trubaga kirsin va truba kirish qismining chekkalari yaxshilab dumaloqlangan bo’lsin. Bu holda boshlang’ich kesimda tezlik deyarli o’zgarmas bo’ladi. Bu qonun faqat chegara qatlam deb ataluvchi devor ustidagi yupqa qavatdagina bo’ziladi. Bu qavatda suyuqlikning devorga yopishishi natijasida tezlik keskin kamayib, devorda nolga tenglashadi. Shuning uchun kirish qismida tezlik chizig’i to’g’ri chiziq kesmasi (8.2-rasm) bilan aniq ifodalanadi.
Kirish qismdan o’zoqlashgan sari devorlardagi ishqalanish kuchi ta‘sirida chegara qatlamiga yaqin qavatlarda harakat sekinlashib boradi va natijada bu qatlamning qalinligi oshib boradi. Oqimning ishqalanish kuchi hali ta‘sir qilmagan markaziy qismi esa bir butun harakat qilishni davom ettiradi, ya‘ni boshqacha aytganda markaziy qavatlarda tezlik deyarli bir xil bo’lgan holda chegara qatlamda tezlik kamaygani sababli yadroda tezlik oshadi.
Shunday qilib, trubaning o’rta qismida tezlik oshib boradi, devor yaqinida usib boruvchi chegara qatlamda kamayadi. Bu jarayon chegara qatlam oqim kesimini butunlay egallab olmaguncha va yadro butunlay yo’q bo’lib ketguncha davom etadi (8.3-rasm).


3-rasm. Laminar harakatning trubada rivojlanib borishiga doir chizma.
Shundan keyin oqimning rivojlanishi tugab, tezlik chizig’i odatdagi laminar oqimga xos parabolik shaklni qabul qiladi. Trubaning boshlang’ich kesimidan doimiy parabolik tezlik vujudga kelguncha bo’lgan bo’lagi laminar harakatning boshlang’ich bo’lagi deb ataladi. Bu bo’lakning uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Lбош=0,028 ReD
Bu formuladan ko’rinib turibdiki, boshlang’ich bo’lak Reynolds soniga va trubaning diametriga proporsional ekan.


ADABIYOTLAR



  1. K. Sh. Latipov «Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar» T.: «O’qituvchi» 1992 y

  2. M. Ye. Deychi i dr. «Gidrogazodinamika» M.: Energoatomizdat. 1984 g

  3. I. L. Povx. «Texnicheskaya gidromexanika» L.: Mashinostroeniya 1986 g.

  4. B. T. Yemtsev. «Texnicheskaya gidromexAniqa» L.: Mashinostroeniya 1986 g.

Download 42.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling