1. Tibbiy geografik tadqiqotlar
Download 196.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy landshaftshunoslikning va nozogeografiya
Mavzu. Amaliy landshaftshunoslikning va nozogeografiya. Reja 1. Tibbiy geografik tadqiqotlar 2. Geoekologik xolatni inson salomatligiga ta’siri. 3. Geosistemalarida ekologik vaziyat va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni matematik korrelyasion metod yordamida baholash. Amaliy landshaftshunoslikning asosiy tadqiqot uslublaridan biri tibiiy geografik tadqiqotlar xisoblanadi. Tibbiyot (meditsina) geografiyasi turli kasalliklari kelib chiqishini va tarqalishini geografik qonuniyatlarini ochib beradi. Kishilar salomatligi ko‘pincha tashqi muxit taosiri bilan boliqv bO‘ladi. Tabiiy muxit va uning asosiy xolatini belgilashda xavo iqlim, suv, tuproqning tarkibi etakchi omillar xisoblanadi. Ularning birontasini tarkibini O‘zgarishi (ifloslanishi, zaxarlanishi) kishilar salomatligiga salbiy taosir etishi mumkin. SHuning uchun tibbiyot geografiyasining asosiy vazifalari geografik muxitni kishilar salomatligiga taosirini majmuali o‘rganishdan iborat. Tabiiy muxitni kishilar salomatligiga taosirini majmuali O‘rganishda tibbiyot geografiyasi fiziologik, biokimyoviy, gigienik, epidemiologik, demografik maolumotlarga asoslanadi. Ijtimoiy va ekologik omillar esa ayrim kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishida asosiy manbalar eisoblanadi. Kishilar salomatligiga taosir etuvchi eng muxim tabiiy omil iqlimdir. Kishilar er yuzida turli xil iqlimiy sharoitlarda yashaydilar va ularda issiq yoki sovuqqa moslashuv (adayutatsiya) xosil bO‘ladi. Lekin xamma vaqt kishilar uchun qulay (optimal) iqlimiy sharoitga zaruriyat bO‘ladi. Qulay iqlimiy sharoit kishilar salomatligiga ijobiy taosir etibgina qolmasdan balki, jismoniy va aqliy faoliyatlarini xam rivojlantiradi. Xavo xaroratining 18-21 0 li va 40-60% li xavoning namligi kishilar uchun eng qulay iqlimiy xolat xisoblanadi. Xaroratning keskin kO‘tarilishi yoki pasayishi, namlikning ortishi yoki xavoning ortiqcha quruqlashuvi kishilar salomatligi uchun noqulay meteorologik sharoit xisoblanadi. Tog‘li o‘lkalar iqlimi xam kishilar salomatligiga turlicha taosir etishi mumkin. Tog‘lardagi 1000-2500 m gacha balandliklar turizm, dam olish va xordiq chiqarish uchun eng qulay xisoblanadi. Undan yuqori kO‘tarilgan sari xarorat va bosimni pasayishi, ulptrabinafsha va infra qizil nurlarning faoligi ortishi kuzatiladi. Bu xolat esa kishilar salomatligiga salbiy taosir etadi. Tabiiy sharoit va uni tashkil etgan omillar kishilar salomatligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taosir etadi. SHuning uchun tabiiy sharoitni tibbiy-geografik nuqtai-nazardan tadqiqi etish quyidagi vazifalarni O‘z ichiga oladi. - Tabiat komplekslarini va uni ayrim omillarini tibbiy ekologik O‘rganish; - Iqlim, suv, tuproqlarni kishilar salomatligiga taosiri va kasalliklarni kelib chiqish geografiyasini O‘rganish; - Turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tabiiy, landshaft ijtimoiy- iqtisodiy omillarni aniqlash va tibbiy geografik rayonlashtirish; - Axoli yashaydigan xududlardagi biogeokimyoviy xolatni O‘rganish; endemik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroelementlarni aniqlash; - Zoologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xayvonot dunyosi turlarini va ularni geografik tarqalishini aniqlash; - YUqumli kasalliklarni geografik tarqalishidagi qonuniyatlarni O‘rganish; Xozirgi vaqtda aksariyat kasalliklar tabiiy muxitning ifloslanishi tufayli yuzaga kelmoqda. Ayniqsa atmosfera xavosi, suv va tuproqning ifloslanishi kishilar salomatligiga jidiy xavf tudirmoqda. SHuning uchun turli muxitda zaxarli moddalarning tarqalishi, meoyori xaqidagi maolumotlar muxim axamiyatga egadir. Atrof-muxitni zaxarlovchi va kishilar salomatligiga salbiy taosir etuvchi moddalarning ruxsat etilgan meoyori (REM) dastlab 1939 yilda istemol qilinadigan suvga nisbatan tashkil etilgan. 1972 yilga kelib xO‘jalik, istemol, madaniy-maishiy va boshqa soxalar faoliyatida 420 dan ortiq moddalar uchun REM belgilandi. 1991 yilga kelib esa REM kO‘rsatgichlari aniqlanishi zarur bO‘lgan 1625 ta zaxarli moddalar qayd etildi. Endi tuproq xavo va suv tarkibiga turli yO‘llar bilan kelib qolgan oir metallarning insonlarga, O‘simlik va xayvon organizmlariga zararli taosiriga aloxida tO‘xtalib O‘tamiz. Simob- metilrutit deb nomlangan va O‘ta toksik xususiyatga ega bO‘lgan birikmani xosil qiladi. Buning xosil bO‘lishida sanoat korxonalarining chiqindilari suv xavzalariga tushganda noorganik simobni organik moddalar bilan birikishidan xosil bO‘ladi. Uning ikkinchi manbasi metilrutit bilan zamburularga qarshi ishlov berilgan don xisoblanadi. Bundan tashqari simob atmosfera xavosiga toshkO‘mir yoqilganda, iflos suv xavzalaridan suv bulanganda tuproq qoplamiga tushadi. Simobning kishi organizmiga yuqori dozada tushishi natijasida uyrakni ishdan chiqaradi, jigarni zaxarlaydi, miyani zaxarlab psixik jixatdan O‘ta yomon qo‘zg‘algan xolatga olib keladi, insonni nobud qiladi. 60-yillarda YAponiyada Minamata kasalligi metilrutit tufayli kelib chiqqan va 30 ming dan ortiq odamni xalok qilgan. QO‘rg‘oshinning turli vositalar orqali tuproqqa qO‘shilishi natijasida tuprov kuchli zaxarlanadi. Agar qO‘rg‘oshin miqdori 1 kg em-xashakda 100 mg bO‘lsa bu xayvonlar uchun O‘ta zararli xisoblanadi. QO‘rg‘oshinli tetraetil moddasi avtomobillar dvigatelini yaxshi ishlashi uchun benzinga aralashtiriladi. 1 litr benzin yonganda xavoga 200-400 mg qO‘rg‘oshin ajralib chiqadi. Xar yili 1 ta avtomobilp kamida 1 yilda O‘rtacha 1 kg qO‘rg‘oshinni xavoga chiqaradi. SHuning uchun katta magistral yO‘l yoqalarida etishtirilgan sabzavot va poliz maxsulotlarida simob miqdori boshqa joyda etishtirilganlariga qaraganda 5-10 marta kO‘p. Ayniqsa javdari O‘zida 5-8 marta, kartoshka 20 marta, qO‘lpunay-26 marta, karam va sabzi 4-7 marta kO‘p simob yiar ekan. Kadmiy- kichik dozada odam organizmi uchun zarur bO‘lib, qonni tarkibidagi qand miqdorini tartibga solib turadi. Agar uning meoyori ortib ketsa, suyaklarni mO‘rtlashtiradi, qon bosimini orttiradi jigar va buyrakda tO‘planib ularni kasallanishiga olib keladi. Bu element tuproqqa superfosfat bilan qO‘shilgan xolda tushadi, fungitsidlarni tarkibida xam uchraydi. Mishyak- tuproqqa qO‘mir yoqilganda chiqindi sifatida, mineral O‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonlari va metallurgiya korxonalari chiqindilari tarkibi orqali qO‘shiladi. Mishyak miqdorini tuproqda ortib ketishi ekinlar xosildorligiga zarar keltiradi. Tuproq tarkibidagi chuvalchang va boshqa foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi. Ftor- kO‘plab sanoat korxonalari neftni qayta ishlash zavodlari, ximiya, aviatsiya korxonalari, metallurgiya korxonalari chiqindisi sifatida atmosfera xavosiga kO‘plab chiqariladi. Ftor eng aktiv va reaksiyaga tez kirishuvchi element bO‘lib bu uning O‘ta toksik tomonini belgilaydi. Ftor moddasini odam organizmiga tushishi natijasida suyaklarni mO‘rt qilib qO‘yadi, tish emiriladi, qon tomirlari elastikligi yO‘qoladi. Ftor tuproqdagi mikroorganizmlarni, bakteriyalarni nobud qiladi. Tuproqdagi oziqlantiruvchi moddalar muvozanatini buzadi, xosildorlikka salbiy taosir qiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ekologik vaziyat turg‘un bo‘lmay, mintaqalar bo‘yicha farqlanishini va o‘zgarishlarga beriluvchanligi, bu o‘zgarishlar ko‘p tomondan atrof tabiiy muhitga bo‘layotgan antropogen ta’sirga bog‘liqligini hisobga olib, monitoring ma’lumotlari asosida atrof tabiiy muhitni kompleks baholash zarurati vujudga keladi. Bunday baholashga yondashuvlardan biri – Davtabiatqo‘m tomonidan (1998 yilda) ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi hududini ekologik rayonlashtirish – kompleks ekologik baholashni o‘tkazish uslubiyatidan foydalanish hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida milliy ma’ruza: 2009). Uslubiyatga muvofiq har bir hududiy birlikni baholash uchun atrof tabiiy muhit holatini, aholi yashash sharoitlarini, asosiy tabiiy resurslardan foydalanish xususiyatlarini baholash imkonini beradigan asosiy indikatorlar minimal ehtimoliy to‘plami qo‘llaniladi. Bunda asosiy talab – barchaekologik indikatorlar bo‘yicha kuzatuvlar butun mamlakat hududida yagona tizim bo‘yicha tizimli amalga oshirilishi shart. Respublika bo‘yicha 18 ta ekologik indikator tanlanib, ular ikki toifaga: juda xatarli va xatarli toifalarga bo‘lingan. O‘ta xatarlilar toifasiga quyidagilar kiritilgan: er usti suvlari ifloslanishi (SII); erosti suvlari ifloslanishi (EOSII); atmosfera havosi ifloslanishi (AII); tuproqning pestitsidlar bilan ifloslanishi (pestitsidlarni qo‘llash); iste’mol suvining GOST talablariga muvofiq emasligi;oziq-ovqat xom ashyosining GOST talablariga muvofiq emasligi; aholining umumiy kasallanishi; aholining umumiy o‘limi; bolalar kasallanishi (14 yoshgacha bo‘lgan bolalar); go‘daklar o‘limi (1 yoshgacha bolalar). Xatarlilar toifasiga kiritilgan: atmosfera ifloslanishi iqlimiy salohiyati (IIS); hududlarni suv bosishi; sug‘oriladigan erlar sho‘rlanishi sur’ati; yaylovlar tanazzulga uchrashi; 10 ming kishi aholiga shifoxona o‘rinlari soni; ehtimoliy xatarli ekologik ob’ektlar mavjudligi va aziyat. O‘zbekiston Respublikasi hududi mavjud ekologik vaziyatning murakkabligi darajasidan kelib chiqib (murakkablik darajasi ekologik indikatorlarning salbiy ta’sir chegarasidagi me’yorlar va ekologik talablardan chetga chiqish o‘lchamlari bo‘yicha belgilanadi) quyidagi zonalarga taqsimlangan: 0 zonasi – qulay ekologik vaziyatli; 1 zonasi – kritik ekologik vaziyatli; 2 zonasi – favqulodda ekologik vaziyatli; 3 zonasi – ekologik kulfat (halokatlar) zonasi. Ekologik me’yorlar keskin oshgan, lekin favqulodda tusga ega bo‘lmagan tabiiy ekologik tizimlar hamjamiyati tuzilmasining buzilishi, ular ekologik hajmining pasayishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi o‘sishi qayd qilingan ma’muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga bo‘ysungan shaharlar) kritik ekologik vaziyatli zona deb tan olinadi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti biosferaning resurslar-iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq bo‘lmagan va tabiiy resurslar tanazzulga uchrashi bilan ifodalanadigan tang, lekin tiklash imkoni bo‘lgan ekotizim holati kuzatiladigan ma’muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga bo‘ysungan shaharlar) favqulodda ekologik vaziyatli zona deb qayd qilinadi. Tabiiy muhit sifati qaytarib bo‘lmas darajada o‘zgargan, ekotizim buzilishi kuzatiladigan ma’muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga bo‘ysungan shaharlar) ekologik kulfat (falokatlar) zonasi deb tan olinadi. Qulay ekologik vaziyatli zona deb 1, 2 va 3-ekologik zonalarga kirmagan ma’muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga bo‘ysungan shaharlar) qayd qilinadi. Tanlangan indikatorlar bo‘yicha materiallarni umumlashtirish mintaqalar bo‘yicha ekologik vaziyatni baholash imkonini berdi va bunig natijalari quyida keltirilgan. Kompleks baholash ma’lumotlariga ko‘ra, ekologik kulfat zonasida O‘zbekiston Respublikasi hududining 8% joylashgan, unda mamlakat ahlining 0,1% yashaydi, favqulodda ekologik vaziyatli zonada 29% hudud joylashgan, unda aholining 12% yashaydi. Kritik ekologik vaziyatli zonada mamlakat hududining 37% joylashgan, unda aholining 41% yashaydi, qulay ekologik vaziyatli zonada esa mamlakat hududining 26% joylashgan, unda butun aholining 47% istiqomat qiladi. SHu tariqa tizimli kuzatuvlar olib boriladigan tanlangan ekologik indikatorlar bilan ekologik vaziyatni baholash yondashuvining qo‘llanilishi umuman mamlakat va unig alohida mintaqalari bo‘yicha ekologik vaziyatni yagona tizim bo‘yicha kompleks baholash, shunigdek respublikaning eng ekologik tang mintaqalarini (tang ekologik nuqtalarni) aniqlash imkonini berdi. Respublikaning janubi-sharqiy (tog‘oldi) zonasiga kiradigan Toshkent (shu jumladan, Toshkent sh.), Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida ekologik vaziyat umuman olganda eng qulay, lekin bu erda ham alohida ekologik tang mintaqalar mavjud. 13,8 mln. kishidan 55% qulay ekologik vaziyatli zonada, 34% kritik ekologik vaziyatli zonada va taxminan 5 foizga yaqinigina favqulodda ekologik vaziyatli zonada yashaydi. Ekologik kulfat zonasi mavjud emas. Bu zonaga kiradigan viloyatlardan Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida eng tang ekologik holat vujudga kelgan. Farg‘ona vodiysi hududining tabiiy va antropogen landshaftlarining hozirgi ekologik- geografik holati va ularni optimallashtirish masalalari bilan mahalliy geograf olimla YU.Sultonov, I.Abdug‘aniev, YU.Axmadaliev, K.Boymirzaev, A.Nazarov, O.Abdullaev, A.Hamidov, R.Xoliqov, O.Abdug‘aniev va boshqa ko‘plab olimlar shug‘ullanishgan. Farg‘ona vodiysining cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining turli landshaftlarida olib boriladigan tabiiy geografik, geoekologik va bioekologik tadqiqotlar natijasida hududni geoekologik holatini yaxshilash va uning tabiatidan oqilona foydalanish bo‘yicha yo‘nalishlar, chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan. Farg‘ona viloyati aholisining asosiy qismi (68%) kritik ekologik vaziyatli zonada, 19% favqulodda ekologik vaziyatli zonada va atigi 13% qulay ekologik vaziyatli zonada yashaydi. Favqulodda ekologik vaziyatli zonaga Rishton, Toshloq tumanlari va Farg‘ona sh. kirgan. Qulay ekologik vaziyatli zonada Dangari, Uchko‘pir va YOzyavon tumanlari joylashgan (1-jadvalga q.). 1-jadval Farg‘ona viloyatida ekologik vaziyatni kompleks baholash natijalari № Ekologik zonalar Hudud, ming ga sh.j. sug‘oriladigan erlar Aholi, ming kishi Ma’muriy birl. 1 0 zonasi – qulay ekologik vaziyatli 126,1 66,0 323,4 3 2 1 zonasi – kritik ekologik vaziyatli 510,0 245,3 1703,6 14 3 2 zonasi – favqulodda ekologik vaziyatli 101,6 46,7 472,5 3 4 3 zonasi – ekologik kulfat (halokatlar) zonasi - - - - Jami 737,7 358,0 2499,5 20 Farg‘ona viloyati uchun (ayniqsa favqulodda ekologik vaziyatli zona uchun) atmosfera ifloslanishining yuqori iqlimiy potensiali xosdir. Oxunboboev, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Quvasoy, Qo‘qon, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarida hududlar erishining yuqori darajasi (30-40% va undan ortiq), atmosfera havosi ifloslanishining yuqori darajasi kuzatiladi (AII 10-12 ni tashkil qiladi), tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanishi yuqori darajasi (Buvayda, Beshariq, Uchko‘pir, YOzyavon tumanlari va Qo‘qon shahridan tashqari), 50-85% iste’mol suvining standartlar talablariga muvofiq emasligi kuzatiladi. Andijon viloyatida kritik ekologik vaziyatli zonada Oltinko‘l, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlari va Qorasuv sh. joylashgan, bu erda viloyat aholisining 46% yashaydi, qulay ekologik vaziyatli zonada esa qolgan 9 ma’muriy tuman joylashgan, bu erda aholining 54% yashaydi (2-jadvalga q.). Andijon viloyati uchun atmosfera ifloslanishi iqlimiy salohiyatining yuqoriligi, hududlar erish darajasining yuqoriligi (30-40% va undan ortiq), tuproqlar pestitsidlar bilan ifloslanishining yuqori darajasi, Andijon, Buloqboshi, Ulug‘nor, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat tumanlarida iste’mol suvi sifati 30-40 foizga standartlar talablariga javob bermaydi. 2-jadval Andijon viloyatida ekologik vaziyatni kompleks baholash natijalari № Ekologik zonalar Hudud, Ming, ga sh.j. sug‘oriladigan erlar Aholi, ming kishi Ma’muriy birl. 1 0 zonasi – qulay ekologik vaziyatli 180,3 116,3 1108,1 10 2 1 zonasi – kritik ekologik vaziyatli 244,7 164,8 932,2 9 3 2 zonasi – favqulodda ekologik vaziyatli - - - - 4 3 zonasi – ekologik kulfat (halokatlar) zonasi - - - - Jami 425,0 281,1 2040,3 19 Namangan viloyatida kritik ekologik vaziyatli zonada Mingbuloq, Namangan, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan sh. joylashgan, bu erda viloyat ahlining 40% yashaydi, qolgan 13 ma’muriy tuman (shahar) qulay ekologik vaziyatli zonada joylashgan va bu erda aholining 60% yashaydi (3-jadvalga q.). Namagan viloyati uchun atmosfera ifloslanishining yuqori iqlimiy salohiyati (IIS 2,9-3,7), Mingbuloq, Namangan, Pop, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida hududlar erishining yuqori darajasi (40 foizdan ortiq), ishlov berilgan maydonlarda pestitsidlardan foydalanishning yuqori ulushi (15-19 kg/ga), Namangan, Uychi, Uchqo‘rg‘on tumanlari, Namangan va Uchqo‘rg‘on shaharlarida 30-40%, Namangan tumanida esa 100 foizga iste’mol suvi sifati standart talablariga javob bermaydi. Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishining keng miqyosda rivojlanayotganligi tufayli hududda bir-biri bilan bog‘liq geoekologik muammolar tarkib topmoqda. A.Qozoqov, K.Boymirzaev va boshq. (2003) ning uqtirishicha, keyingi yillarda Norin daryosi orqali To‘xtagul suv omboridan harorati juda (me’yordagidan 5-6 daraja) past suv kelayotganligi tufayli undan ekinlarni sug‘orishda foydalanish natijasida ularning vegetatsiyasi o‘rtacha 20-25 kunga (masalan, g‘o‘za) kechikmoqda, bu esa hosildorlikni 25-30 foizga kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Ekologik holatga aholi zichligi, tuproqlar sho‘rlanishi, tuproqning pestitsidlar bilan ifloslanishi, ichimlik suvining me’yorlarga to‘g‘ri kelmasligi kabi omillar ta’sirini o‘rgandik. Ekologik holatning belgilari sifatida 1000 kishiga odamlarning umumiy kasallanishi, o‘limlar soni va bir yoshgacha go‘daklar o‘limi olindi. 1.4-jadvaldagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi “Er resurslari bo‘yicha davlat qo‘mitasi”, “Gidrometerologiya Bosh boshqarmasi» yilliklari va “Respublika statistika boshqarmasi” to‘plamlaridan olindi.(1999-2008 yillardagi o‘rtacha ma’lumotlar). Namangan viloyatida ekologik vaziyatni kompleks baholash natijalari № Ekologik zonalar Hudud, Ming, ga sh.j. sug‘oriladigan erlar Aholi, ming kishi Ma’muriy birl. 1 0 zonasi – qulay ekologik vaziyatli 566,6 200,9 1064,3 13 2 1 zonasi – kritik ekologik vaziyatli 128,2 76,8 722,1 4 3 2 zonasi – favqulodda ekologik vaziyatli - - - - 4 3 zonasi – ekologik kulfat (halokatlar) zonasi - - - - Jami 694,8 277,7 1786,4 17 1.4-jadval O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha ekologik holat va aholi salomatligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar V il o y at la r v a Q o ra - qa lp og ‘i st on R esp u b li k as i T u p ro q la r sh o‘ rl an is h i, su g‘ or ila di ga n er ma y d o n ig a n is b at an , % T u p ro q la rn in g p es ti ts id la r b il an i fl o sl an is h i, R E M Er u st i v a gr u n t su v la ri n in g i fl o sl an is h i, % A h o li z ic h li g i, b ir g ek tar su g‘ or ila di ga n er g a n is b at an , k is h i/ g ek tar A h o li n in g u m u mi y k as al la n is h i, 1 0 0 0 k is h ig a n is b at an U m u mi y o ‘l im la r so n i, 1 0 0 0 k is h ig a n is b at an 1 y o sh g ac h a go ‘d ak la r o‘ lim i, 1 0 0 0 t a tu g‘ ilg an b o la la rg a n is b at an QQResp. 89,00 1,20 90,00 1,50 564,50 28,60 23,90 Andijon 34,00 3,10 50,00 5,60 460,80 22,00 18,30 Buxoro 86,00 1,00 86,00 3,60 501,80 24,00 19,30 Jizzax 78,00 0,90 79,00 2,20 407,50 21,60 19,00 Qashqadaryo 69,00 1,40 70,00 3,20 394,80 21,80 20,80 Navoiy 72,00 1,50 78,00 3,70 520,80 26,00 20,70 Namangan 35,00 2,50 50,00 4,30 482,20 22,00 19,40 Samarqand 40,00 1,30 48,00 5,20 347,50 22,00 17,30 Sirdaryo 75,00 1,60 82,00 1,40 455,50 25,00 20,20 Surxondaryo 64,00 1,50 75,00 4,20 322,40 21,00 20,00 Toshkent 25,00 1,70 52,00 3,60 417,30 20,00 20,50 Farg‘ona 74,00 3,60 75,00 5,30 483,40 22,00 22,30 Xorazm 83,00 2,60 87,00 3,60 500,20 26,00 22,40 Qurama va CHotqol tog‘ etaklarida keyingi yillarda katta er massivlari o‘zlashtirilib, sug‘orma erlar maydoni kengaytirildi, shuningdek, yangi suv omborlari va selxonalar (20 dan ortiq), 100 dan ziyod nasos stansiyalari, Katta Namangan va CHust kanallari ishga tushirildi. 1994-1995 yillardan e’tiboran YAngiqo‘rg‘on, Uychi CHortoq tumanlarining adirlar orasida joylashgan tekisliklarda grunt suvlari sathining ko‘tarilib ketayotganligi aniqlandi. Adirlar oralig‘i va ortidagi tekisliklarda grunt suvlari sathining ko‘tarilishi tuproq sho‘rlanishi va botqoqlanishiga olib kelmoqda. Bu gidromorfli jarayonni avtomorf sharoit o‘rnida vujudga kelayotganligi tuproq hosil bo‘lish va rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir etishi bilan izoxlanmoqda. Tabiatda hodisalar va jarayonlar uzviy bog‘lanish mavjud. Ulardan birining o‘zgarishi boshqalarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu bog‘lanishlar ikki sinfga bo‘linadi: funksional va korrellyasion yoki statistik bog‘lanishlar. Funksional bog‘lanishda bitta o‘zgaruvchining qiymatiga boshqa o‘zgaruvchining aniq bir qiymati to‘g‘ri keladi. Ekologik tadqiqotlarda funksional bog‘lanishni ajratish qiyin. Ekologik holat ko‘p omillar ta’siriga bog‘liq. Bunda birinchi belgining har bir qiymatiga ikkinchi belgining bitta qiymati emas ko‘p qiymatlari to‘g‘ri keladi. Bun-day bog‘lanishga korrelyasion bog‘lanish deyiladi. Korrelyasion bog‘lanish – bir belgining ikkinchisiga aniq bog‘lanishi bo‘lmay, bu bog‘lanish turli darajali bo‘lishi mumkin: batamom mustaqillikdan to‘la korrelyasiyagacha. Korrelyasion tahlil B.A.Dospexov (1979) bo‘yicha Excel dasturida bajarildi, natijalar jadvallarda va 1, 2, 3, 4 ilovalardagi chizmalarda ko‘rsatildi. Biz eng avvalo aholi zichligi va unga bog‘liq aholining umumiy kasallanishi, aholi o‘rtasida o‘limlar soni, 1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limi o‘rtasidagi bog‘liqlikni qarab chiqdik (1.5-jadval). Bog‘liqlik nazariy ko‘rsatgichda va amaldagi hisobda yaxshi ko‘ringan. Umuman olganda aholi zichligining oshishi bilan landshaftlarga antropogen yuk kuchayadi, tuproq, suv, havoning ifloslanishi oshadi. Hisoblar bo‘yicha bir kishi bir sutkada 0,95-1,45 kg, bir yilda 377-529 kg chiqindilar chiqarishi mumkin (Otaboev, Nabiev. 1995). Demak, aholi soni qancha ko‘paysa, maydon birligiga to‘g‘ri keladigan ifloslovchi moddalar miqdori ham shuncha ortib boradi. SHu bilan birga aholi soniga bog‘liq holda avtomashinalar, sanoat korxonalari, maishiy xizmat uylari ko‘payadi, oqibatda antropogen yuk kuchayadi. Aholi zichligi bilan aholi kasallanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik kuchsiz (r-0,29) va o‘rtachani (r-0,52) tashkil qiladi. Tuproqlar sho‘rligi inson organizmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydi, u ichmlik suvi, dehqonchilik mahsulotlari orqali ta’sir ko‘rsatadi (1.6-jadval). 1.6-jadval va 2-ilova: I.2.1, I.2.2, I.2.3-rasmlarda tuproqlar sho‘rlanishi bilan aholi kasallanishi va aholi o‘limi hatto go‘daklar o‘limi o‘rtasida bog‘liqlik (r-0.56) qariyb kuchli korrelyasion bog‘liqlikka yaqinlashgan. Bu bog‘liqliklar tuproqlarni 90 % dan ortiq sho‘rlangan Buxoro, Xorazm, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tekshirib ko‘rilishi lozim. Iste’mol uchun doimo sifatsiz, sho‘r suvdan foydalanish, tarkibida tuz zarrachalari mavjud havodan nafas immunitetni pasaytirib turli kasalliklarni, ayniqsa kamqonlikni keltirib chiqaradi. 1.6-jadvaldan tuproqlarning sho‘rlanishi va umumiy kasallanish bo‘yicha korrelyasion bog‘lanish mohiyatlikka yaqinligi, keyingi ikki holat uchun mohiyatli ekanligi ko‘rinib turibdi. Uchta holatda ham korrelyasion bog‘lanish chiziqli ko‘rinishga ega. Respublika vohalarining ko‘p qismida grunt suvlari iste’molga deyarli yaroqsiz bo‘lib qoldi. Buxoro, Qorako‘l, Xorazm, Qoraqalpog‘iston vohalarida grunt suvlari 90 % gacha ichishga yaroqsiz.Vohalarda ichimlik suvlari va umumiy kasallanish o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik o‘rtacha holatda (r=0,44), aholi o‘rtacha o‘limi va iste’mol qilinadigan suv o‘rtasidagi bog‘liqlik qariyib kuchli darajaga etgan (r=0,68), go‘daklar o‘limi esa o‘rtacha korrelyasion bog‘liqlikka ega (r=0,63). Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, turli omillar va inson salomatligi va o‘limlar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik mavjud bo‘lib, biz tahlil qilgan omillar ichida ichimlik suvi va kasalliklar, hamda aholi o‘rtasida o‘lim, bir yoshgacha go‘daklar o‘limi bo‘yicha korrelyasion bog‘liklari ancha kuchli ekan. Tarkibida turli tuzlar me’yordan ortiq suvni ichish organizmda mineral tuzlar balansini buzadi, natijada turli xil oshqozon-ichak, buyrak, qon tomirlar, yurak, kam qonlik, allergik va boshqa kasalliklar vujudga keladi. Ichimlik suvlarda tuzlar, suv qattiqligi, pestitsidlar, boshqa ifloslovchi moddalar bilan turli kasalliklar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar A.B Qurbanov (2002), G‘.A. Mambetkarimov (2004) va boshqalar ishlarida yoritilgan. A.B. Qurbonov ma’lumotlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv sho‘rligi bilan ba’zi kasalliklar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar quyidagicha: tug‘ma kamchilik -r=0,023 nefrit va nefroz – r=0,321; o‘tkir artroz –r=0,371; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi –r=0,151; yurak kasali –r=0,41. Suv qattiqligi bilan kasalliklar o‘rtasida korrelyasion bog‘lanish: tug‘ma kamchilik –r=0,151; nefrit va nefroz –r=0.132; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi – r=0,155; gipertonik kasalliklar r=0,375 va hokazo. Biz olgan natijalar ham yuqorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi misolida keltirilgan raqamlarga ancha yaqin. Biz ekologik vaziyatning alohida kasalliklarga ta’sirini emas, balki umumiy kasalliklar va o‘limlar soni bilan tahlil qildik. Bu Respublika miqyosida birinchi bajarilgan ishlardan hisoblanadi. Bu katta muammo alohida viloyatlar, yoki xududlar miqyosida o‘rganilsa aholi salomatligini aniqlash, tiklash va bashoratlash masalalarida katta ahamiyatga ega bo‘lar edi. Savol va topshiriqlar. 1. Tibbiyot geografiyasi qanday tadqiqotlarga asoslanadi. 1. Kishilar salomatligida tabiiy muxitning axamiyati qanday 2. Tibiyot geografiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 3. nima uchun tabiiy muxitni ifloslantiruvchi moddalarga REM belgilangan. Tuproqni ifloslantiruvchi moddalarning kishilar salomatligiga taosirini aytib bering. Download 196.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling