1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat bankining kapitali va uning tarkibi


Download 160.5 Kb.
bet10/11
Sana13.01.2023
Hajmi160.5 Kb.
#1090143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil ish pul va bank

Maxsus zaxiralar – «Standart», «Substandart», «SHubhali» va «Umidsiz» deb tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshha alohida muayyan aktivlar buyicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zahira tashkil qilinadi.
Taqsimlanmagan foyda – bu hisobvarag‘i bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismi hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan foyda bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi hisobraqamlarni oladi: yillik, sof foyda, boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo‘shimcha qiymat.
Bank omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bankning o‘z kapitalining asosiy funksiyasi bo‘lib xizmat qiladi. CHunki bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi. Bundan tashqari bank kapitali aksionerlar risklarini kamaytiradi.
Bankning o‘z kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitali ko‘rsatkichi yordamida davlat organlari bank faoliyatiga baho beradilar va nazorat qiladilar. Odatda bank o‘z kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar me’yori va boshqa bank aktivini sotib olish shartlari bo‘yicha talab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank tomonidan o‘rnatiltan iqtisodiy me’yorlar, asosan, bankning o‘z kapitali hajmidan kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funksiyaga kapitalni ssuda va investitsion operatsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish xam kiradi.
Bankning ustav fondini o‘zgarishi ustav fondi miqdorining oshirilishi va kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Bank ustav kapitali qshimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalarni nominal qiymatini ko‘tarish yo‘li bilan oshirilishi mumkin.
Aksiyalarni nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav fondini oshirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilgaii mumkin:
moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foydaning bir qismini yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;
aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymatini oshirilgan qismini to‘lanishi.
Bank amaliyotida o‘z kapitalning netto va brutto turlari farqlanadi. Bankning o‘z kapitali — brutto bankning barcha fondlari va balans bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi yig‘indisiga teng. Bankning o‘z kapitali netto — bu kapital bruttodan o‘z mablag‘laridan kapital harajatlarining oshgan qismini, yo‘l qo‘yilgan va potensial zararlar, sotib olingan xususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo‘lgan debitorlik qarzlarini chegirib tashlangandan qolgan summaga teng. SHunday qilib, kapital — netto naqd mavjud bo‘lgan bank o‘z kapitalini o‘zida aks ettiradi.
Tijorat bankning o‘z kapitali miqdori ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar sifatida quyidagilarni kыrsatish mumkin.

Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling