1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat bankining kapitali va uning tarkibi


Download 160.5 Kb.
bet11/11
Sana13.01.2023
Hajmi160.5 Kb.
#1090143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil ish pul va bank

Birinchidan, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, bankning o‘z kapitali hajmi uning aktiv operatsiyalarini chegaraviy hajmini belgilab beradi. SHuning uchun ma’lum miqdor mijozlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bank (misol uchun, tarmoq banki) belgilangan normativlarga rioya qilgan holda, o‘zlik kapitalining shunday miqdoriga egalik qilishlari kerakki, o‘z doimiy mijozlarining asoslangan qarz mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirishlari lozim.
Ikkinchidan, bank uchun zarur bыlgan o‘zlik kapitalining miqdorining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mayda, lekin son jihatdan ko‘pchilikni yirik kredit oluvchi korxonalarni tashkil qiluvchi bankda o‘z mablag‘lari nisbatan ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. CHunki yirik mijozlarga xizmat qiluvchi banklarda kreditning qaytarilmaslik riski katta bo‘ladi.
Uchinchidan, tijorat bankining o‘z kapitali miqdori, uning aktiv operatsiyalari xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Bank olib borayotgan operatsiyalari katta risklar bilan bog‘liq bo‘lishi, o‘z mablag‘larining nisbatan kыp bo‘lishini taqozo etadi. Bu hol, xususan, innovatsion banklarga tegishlidir. Agar bankning kredit depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan majburiy zahiralar shaklida ifodalanadi.
Banklarning o‘z mablag‘lari miqdorini oshirishda 2-usul ishlatilishi mumkin:
qo‘shimcha aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirish yoki
chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini oshirish. Birinchi usul bilan foydani jamg‘arish bankning rezerv va boshqa fondlarini jadallashtirilgan tarzda shakllantirish va ularni keyinchalik kapitalga aylantirish shaklida ro‘y beradi. Bunda yil oxirigacha foydaning bir qismi to‘g‘ri kapitalga aylanishi ham mumkin. Bu usul ancha arzon, yangi paychilar jalb qilish yoki aksiya chiqarish borasidagi qo‘shimcha harajatlarni talab etmaydi.
Lekin foydani jamg‘arish joriy yilda aksionerlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini kamayishiga olib keladi. Bu esa bankning bozorda tutgan mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Bank ustav kapitali miqdorini o‘zgarishi va o‘zgarishni ro‘yxatga olish tartibi Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Banklarni ustav kapitalining minimal miqdorini belgilanishi banklarni har xil risklardan saqlash maqsadida belgilanadi. CHunki bank ustav fondi qancha katta bo‘lsa, uning resurslari ham ko‘p bo‘ladi.Bankning tashkiliy shakliga qarab, ustav kapitali oshishi mumkin.
Aksionerlik jamiyati ko‘rinishidagi tijorat banklar o‘z ustav kapitalini oshirishlari uchun o‘shimcha miqdorda aksiyalar chiqarishlari va ularni yuridik va jismoniy shaxslar orasida tarqatishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishda bu banklarga o‘z qarz majburiyatlari — obligatsiyalar chiqarish huquqi berilgan.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida tashkil topgan banklar o‘zlarining ustav kapitallarini yoki qo‘shimcha ishtirokchilarni ulushini oshirish orqali ko‘paytirishlari mumkin.Har yili har bir bank aksioneri (ishtirokchisi) o‘zining ustav kapitalidagi ulushiga mos ravishda bank foydasining bir qismini dividend ko‘rinishida oladi.
Banklarda mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga qarab bank resurslari o‘z resurslariga va qarz (sotib olingan) resurslarga bo‘linadi.
Bu holda banklar resurslariga bank kapitalidan tashqari ma’lum vaqt davomida bank ixtiyorida bo‘lgan jalb qilingan depozitlarni, boshqa banklarning depozitidan va vakillik hisobraqamidan qoldiqlarni, forvard valyuta kursi va kliring bo‘yicha qoldiqlarni va boshqa depozitlar va qoldiqlarni ham kiritish mumkin.
Undan tashqari, bankning ixtiyorida mavjud bo‘lgan resurolar uning amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun etarli bo‘lmasa, zarur miqdordagi mablag‘larni Markaziy bankdan nobyudjet fondlardan pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin.
SHunday qilib, bankning o‘z mablag‘lari va qarzga olingan yoki sotib olingan mablag‘lari yig‘indisi tijorat banklarining resurs bazasini tashkil g‘iladi.Doimiy g‘oldig‘ini aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‘lmog‘i lozim.
Bank tizimining resurs bazasini mustaxkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida banklarning jami kapitali 2011 yilda 30,1 foizga o‘sib, 2012 yil 1 yanvar xolatiga 5,3 trln. so‘mni tashkil etdi
Bugungi kunda 17 ta tijorat banki aktsiyalari "Toshkent" fond birjasi listingiga kiritilgan bo‘lib, ushbu kimmatli kog‘ozlarning kotirovkasi birjada muntazam ravishda amalga oshirilib, ommaviy axborot vositalari orkali e’lon kilinib borilmokda.
2012 yil davomida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar davom ettirildi.
Xususan, aksiyadorlik-tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 2012 yil davomida 500 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar chiqarildi.
Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo‘lmagan qismi “Toshkent” respublika fond birjasi orqali birlamchi ochiq savdolarda joylashtirildi.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 17 ta tijorat bankining aksiyalari “Toshkent” respublika fond birjasi listingiga kiritilgan bo‘lib, ushbu banklarning qimmatli qog‘ozlari muntazam ravishda birjada kotirovka qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borilmoqda.
Natijada tijorat banklarining jami kapitali 2012 yilda 24,3 foizga oshib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling