1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat bankining kapitali va uning tarkibi
Download 160.5 Kb.
|
Mustaqil ish pul va bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depozit va ularning turlari
Bu quyidagi normativlar:
kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi. Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar), o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar) banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: depozitlar; nodepozit resurslar. Keng ma’noda passivlarni boshqarish omonatchilar va boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb va mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog‘liq faoliyatdir. Tor ma’noda esa passivlar operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga ko‘ra qarz mablag‘larini faol ravishda topish yo‘li bilan likvidlika bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi. Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Depozit va ularning turlari Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi. Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir. Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi. Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi. Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar. Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga omonat qo‘yishi mumkin. Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin. Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin: a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari; b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar; v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi. Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi. SHartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi. Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi. Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga egadirlar. Download 160.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling