1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi
Download 24.07 Kb.
|
Mavzu Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat-fayllar.org
Mavzu: Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat Mavzu: Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat. Reja. 1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi 2. Til madaniyati va nutq madaniyati 1. Tilga xos xususiyatlar. 2. Nutqqa xos xususiyatlar 3. Xulosa. Til va nutq bir-biriga bog`liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarab bo`lmaydi. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So`z, moro’ema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq yaratish jarayonida ma`lum tovush to`plamida namoyon bo`ladigan so`z shakllari moro’emalar, tovushlar moddiy materialdir. Bunday til bir tomondan, moddiy hodisa bo`lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko`rsatadi. Uning moddiyligini esa nutq jarayonida yuzaga keluvchi mavjud real tovushlar belgilaydi. Biz xotiramizda saqlangan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so`zlar va grammatik ma`no tashuvchi morfemalardan so`z shakllarini va gaplarni hosil qilamiz. Masalan, miyamizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug`ildi, deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz. Sen kitobni qayerdan olding? Bunda biz sen, kitob, qayer, ol leksemalardan: -ni, -dan, -da, -ng morfemalaridan va so`roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida mofemalarnn qabul qilib, so`z shakllaridan aylandi va yuqoridagicha tartibni egalladi. Til ruhiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saqlanadigan va hamma vaqt haqiqatga aylanishga tayyor turgan so`z, fonema, tufayli lisoniy qoidalar, gapning modellari tilga tegishlidir. Chegaralangan narsalar miqdoridadir, nutq esa cheksizdir. Tilda paydo bo`lgan narsalar dastlab ayrim shaxslar nutqida ko`rinadi, so`ng asta- sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Nutq tildagi mavjud ifoda vositalardan foydalangan holda mavjudlikka aylangan fikrdir. Nutq nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo`ladi. Ruhiy hodisa bo`lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o`tgach, haqiqatga aylanadi. Til bilan nutq orasidagi munosabatga dialektik nuqtai nazardan yondashilgandagina u haqdagi tasavvur bilimlarimiz to`laqonli bo`ladi, mukammallashadi. Til bilan nutqning o`zaro munosabatini yaxish anglamoq uchun avvalo, tilning o`zini, uning qanday qurilma ekanligini aniq his etmoq kerak. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi: Birinchi bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlatilgan til vositalarining ma`nosi va vazifasini anglashda ko`rinadi. Ya`ni tinglovchi tinglagan va o`qigan narsalarinp tushunadi. Bunday shaxs o`zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o`zining nutqi tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum qilmoq bo`ladi. Ikkinchi bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarining katta qismini chuqur o`zlashtirishdan ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning nutqi ravon, boy, obrazli, o`rindi bo`ladi. Birinchi bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e`tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi haqida nimalarni bilasiz? 2. Til madaniyati va nutq madaniyati tushunchasini qanday izohlaysiz? 3. Tilga xos bo’lgan xususiyatlar haqida so`zlang . 4. Nutqqa xos bo`lgan xususiyatlar qaysilar? 5. Nutq madaniyati nima? 6. Nutq va uning turlari. 7. Nutq madaniyati lingvistik soh 8. Nutq madaniyati muammolari. Nutq madaniyati fani hozirgi davr tilshunoslik fanining aktual muammolaridan biridir. Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar. Nutq madaniyati esa biror tilda to`g`ri so`zlash va yozish, o`sha tilda o’ikri qisqa va aniq, sodda va obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir. Tinglovchida kuchli taassurot qoldirish va kishining nutqi noaniq bo`lmasligi uchun dastlab til qoidalarini puxta bilish lozim. Nutq turli shaklga ega bo`lib, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Nutq, ko`pincha, ovoz chiqarmasdan, o`ylash protsessida ham ifodalanadi. Bunday odam ichida gapiradigan, ya`ni passiv nutqdir. Bunday ichki nutqda ikkinchi kishiniig bo`lishi shart emas. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida muhim o`rin tutadi. Nutq Ichki nutq нутq Таshqи nutq Passiv nutq Аktiv nutq Оg’zaki nutq Yozma nutq Моnоlоgik нутq Дialogik nutq
amalga oshiriladi. Odatda, tovushli so`zlashuv protsessiga og`zaki nutq deyiladi. Bundan
va
madaniyati terminlariii ifodalovchi tushunchalarning aloqador va farqli xususiyatlarini aniqlash zarur. 4.Nutq madaniyati tushunchasining, bir tomondon, ilmiy muammo sifatida va ikkinchi tomondan, lingvistik soha sifatida mazmunini belgilash kerak. 5. Nutq madaniyati muammosini ilmiy tadqiq etish aspektlari aniqlanishi lozim. 6. Nutq madaniyati sohasi bilan tnlshunoslikning boshqa bo`limlari orasidagi munosabat, ulardagi o`zaro o`xshashlik aloqadorlik farqli tomonlar belgilanishi shart. 7. Nutq madaniyati sohasining nazariy muammolari, unga kiruvchi masalalar aniqlanishi zarur. 8. Nutq madaniyatining amaliy muammolari unga kiruvchi masalalarni aniqlanishi kerak. 9. Nutq madaniyati va individual nutq masalasi. 10. Nutq madaniyati va ommaviy nutq muammosi nimaligi aniqlanishi zarur. Yuqorida qayd qilingan tushuicha va muammolarni talqin qilish va javob topishga intilish o`zbek tilshunosligi o’anining dolzarb masalalaridan biridir. Mustahkamlash uchun savollar. 1.Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz? 2.Nutq va uning turlari haqida gapiring. 3.Og`zaki nutqning o`ziga xos xususiyatlari haqida so`zlang. 4.Yozma nutqqa qo`yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat? Mavzu bo`yicha tayanch iboralar: 1,2,14,15,16,17,21,22. Mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari. 1. Nutqning to`griligi. 2. Nugqning aniқligi. 3.Nutқning tozaligi. 4.Nutqiing mantiqiyligi. 5. Nutqiing ifodaliligi. Adabiyotlar: 1. Qo’ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.- Toshkent,1992. 2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent, 2001. 3. Yo. Tojiyev., N. Xasanova. X. Tojimatov., O. Yo`ldosheva. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.- Toshkent, 1994. Matn. Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta bu yo`llangan nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi uchun o`z oldiga ma`lum talablarni qo`yadi. Bu talablar nutqning asosiy
xususiyatlari
yuritiladi. Ular nutqning to`g`riligi, mantiqiyligi, ta`sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi, va maqsadga muvofiqligidir. 1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi». Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta. Grammatik normaga rioya qilish deganda
gap tuzish qoidalaridan to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarni ularga bog’lanish qonuniyatlari tushuniladi. 2. Nutqning aniqligi - bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida қadimdan ma`lum. G’arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bo`lsa, u
erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovuz «Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlag’anda ma`noli
bu notiqlikning alomatidir.
gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi. Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. 3. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik
chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri
nutq
ifodalash uchun
tanlangan lug`aviy birlik ham matiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib
ba`zan
anglashilmasligiga olib keladi.
tuzishdagi e`tiborsizlik natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e`tibor qiling
jonkuyarlari olti
davlatga sut sotish planlarini muddatidan oldin bajaradilar (gazetadadan)» Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti. Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo`lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq tuzilishi esa, bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko`rinsa-da, aslida
emas. Badiiy
xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng
tasvir
ana
tuzishni
qiladi.
putur
bunday
Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan,
kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo`lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A. Til boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet) 5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq ta`sirchan sanaladi». Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo`yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini taklif qilib, gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so’zlash muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi. So`zlovchining o`z nutqiga
ham
chunki,
bo`lgandagina
rasmiyatchilikdan qochish bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchilar o`rtasida aloqa yaxshi
Notiq
o`zi
tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida
harakat
mavzuga doir
fikr mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va
bo`ladi. O`qituvchi nutqining to`g`riligi. Nutqning to`g`riligi uning adabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til normalari ko`p tarmoqli bo`lgani uchun nutqning to`g`riligi ham bir qancha shartlarni o`zida qamraydi. To`g`ri, nutq o`zida adabiy tilning, fonetik, talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi, grammatik (morfologik, sintaktik), uslubiy normalarini mujassamlashtirgan bo`lishi lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to`g`ri nutq bo`la olmaydi. Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to`g`ri bulmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g`ri bo`lmaganda, uning mantiqiyligi, aniqligi, o`rinliligi kabilar haqida gapirib bo`lmaydi. To`g`ri nutq tuzish uchun so`zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan bo`lmog`i lozim. Bu esa juda murakkab, sermashaqqat ishdir. http://fayllar.org Download 24.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling